Gʻarbiy Sahroi Kabir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (10) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil (5), -a.da → -asrda (3) using AWB
Qator 3:
Relyefi tekislik boʻlib, qad. Afrika platformasining Al-Ayyun bukilmasida joylashgan. Eng baland joyi shim.-sharqida, Atlas togʻi etaklarida. Gʻ.S.K. tabiat resurslariga boy. Foydali qazilmalardan fosforit, temir, mis rudalari, neft, kaliy tuzi, simob, marganets, uran konlari bor. Iqlimi katta qismida tro-pik choʻl, sohil qismida birmuncha yumshoq dengizboʻyi iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 17—20°dan 25—30° gacha. Yillik yogʻin 50–200 mm. Daryolari mavsumiy. Oʻsimliklari buta va oʻtlardan iborat. Vohalarda akatsiya, palma, fikus oʻsadi. Hayvonlardan tuyoqlilar, sudraluvchi va mayda kemiruvchi koʻp. Yirtqichlardan gepard, chiyaboʻri, sirtlon yashaydi. Qirgʻoqqa yaqin suvlari baliqqa boy. Aholi, asosan, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tuya, qoʻy va echki boqiladi. Arpa, bugʻdoy, sabzavot ekinlari ekiladi.
 
Qadimda Gʻ.S.K.da Afrika shim.dan kelgan barbar qabilalari yashagan. 7-a.daasrda hududni arablar egallagan. 9—11-a.lardaasrlarda Gʻ.S.K. Gana imperiyasi, 11 —12a.larda Al-Moraviylar davlati tarkibida boʻlgan. Yevropaliklar hududga ilk bor 15-a.asr oxirlarida kelib oʻrnasha boshlaganlar. 1887 yilda Ispaniya Riode-Oroni oʻz taʼsir doirasidagi hudud deb eʼlon qildi. 1904 va 1912 yillardagi Fransiya—Ispaniya bitimlariga koʻra, Sagiyet al-Hamrani ham oʻz mulkiga qoʻshib oldi. 1959 yilda Gʻ.S.K. Ispaniyaning "dengiz orti provinsiyasi" deb eʼlon qilindi. Mahalliy xalq ozodlik uchun faol kurash olib bordi. 1970 yilda Al-Ayyunda mustamla-kachilarga qarshi katta ommaviy chiqishlar boʻldi. 1973 yilda Sagiyet al-Hamra va Rio-de-Oroni ozod qilish fronti — POLISARIO tashkil topdi (Bosh kotibi Muhammad Abdulaziz). Gʻ.S.K.da mustamlakachilik tuzumini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala BMTda 1966 yildan boshlab bir necha bor muhokama qilindi. 1975 y.yil 14 noyabrda Madridda imzolangan Shart-nomaga muvofiq Ispaniya 1976 y.yil fevr. oyida oʻz mustamlakasini Marokash va Mavritaniya ixtiyoriga oʻtkazishini eʼlon qildi. 1976 y.yil boshida Ispaniya qoʻshinlari Gʻ.S.K.dan chiqib ketdi. 1976 y.yil 27 fevralda POLISARIO fronti Gʻ.S.K.da Sahroi Kabir Arab Demokratik Respublikasi (SKADR) tuzilganligini eʼlon qildi. 1976 y.yil 26—30 avg .da SKADR Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1984 yilda SKADR Afrika Birligi tashkilotiga aʼzo boʻldi, uni 70 davlat tan oldi. 1979 yilda Mavritaniya Gʻ.S.K.ga nisbatan hududiy daʼvosidan voz kechdi. marokash Mavritaniya nazorati ostidagi hududni ham egallab oldi. BMT Bosh Assambleyasi va Afrika Birligi tashkiloti Gʻ.S.K. muammosini hal etish maqsadida Marokash va POLISARIO fronti oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlarni toʻxtatish boʻyicha bitimlar tuzish va Gʻ.S.K.da oʻz taqdirini oʻzi belgilash masalasi boʻyicha referen-dum oʻtkazishni tashkil etishni yoqlab chiqdi. Biroq Marokash hukumati POLISARIO fronti bilan bevosita kelishib olishga qarshi. 1991 yilda BMTning Xavfsizlik kengashi Gʻ.S.K.da referendum oʻtkazish boʻyicha BMT Missiyasi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Missiya xalqni oʻz taqdirini oʻzi belgilash masalasi boʻyicha referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni nazorat qilishi lozim. Biroq tomonlarning kelish-movchiligi tufayli referendum oʻtka-zish ortga surilmoqda. 1996 yilda marokash bilan POLISARIO oʻrtasida oʻzaro aloqalarning yangilanishi munosabati bilan BMT Missiya mandatini choʻzishga qaror qildi.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->