Hamid Olimjon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, y.lar → yillar (3), va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 6 y. → 6 yil (2) using AWB
Qator 9:
H.O. ijodining 1-davrida hikoyalar yozgan boʻlsa-da, uning isteʼdodi koʻproq lirik sheʼriyat tabiati bilan uygʻun boʻlgan. Dastlabki sheʼrlarida yangi adabiyot va yangi adabiy shakllar yaratish gʻoyasi hukmronlik qilgan. 30-yillarning oʻrtalariga kelib, hayotiy va ijodiy tajribasi oshishi bilan H.O. ona-yurt tabiatidan, jamiyat va xalq hayotidan olgan boy taassurotlarini lirik sheʼr doirasida yorqin badiiy ifodalash sanʼatini egallay boshlagan ("Kuychining xayoli", "Ofeliyaning oʻlimi", "Holbuki, tun...", "Ishim bordir oʻsha ohuda" va boshqalar). 2-jahon urushigacha boʻlgan ijodida 20 asr oʻzbek lirikasining yaxshi namunalari hisoblangan "Oʻrik gullaganda", "Sevgi desam...", "Tinim-sizdir yolgʻiz shabboda...", "Shodlikni kuylaganimning sababi", "Oʻzbekiston" singari lirik sheʼrlarini yozgan. Bu sheʼrlar gʻoyaviy mundarijasi, shakli, goʻzal tili va uslubi bilan eʼtibor qozongan.
 
1916 y.yil Jizzax qoʻzgʻolonining shafqatsizlik bilan bostirilganini koʻrgan shoir 30-yillarda sovet mamlakatida olib borilgan qurilishlar, roʻy bergan iqtisodiy va madaniy oʻzgarishlarni koʻrib, kelajakka katta umid bilan qaragan. H.O. qalbi va shuurini egallagan shunday nekbin tuygʻu va xayollar uning ijodida romantik tasvir metodining shakllanishiga sababchi boʻlgan. Shoir faqat lirik sheʼrlaridagina emas, balki shu davrda yaratgan "Ikki qizning hikoyasi" (1937), ayniqsa, "Zaynab va Omon" (1938) dostonlarida ham voqelikni shu metod yordamida tasvir etishga intilgan.
 
H.O. "Oygul bilan Baxtiyor" (1937) hamda "Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod" (1939) dostonlarini xalq ertaklari motivlari asosida yaratgan. Bu asarlar erksevarlik gʻoyalari, oʻz taqdirini xalq va mamlakat taqdiri bilan bogʻlagan qahramonlari hamda badiiy jozibasi bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. 2-jahon urushining dastlabki yillarida H.O. oʻzbek folklori uchun xarakterli boʻlgan ona va oʻgʻil obrazlaridan, shuningdek, xalq ogʻzaki ijodiga xos tasvir usuli va vositalaridan yana ham keng foydalanib xalqni kurashga, mardlik va jasoratga ilhomlantiruvchi sheʼrlar yozgan ("Qoʻlingga qurol ol!", "Sharqdan Gʻarbga ketayotgan doʻstga", "Qamal qilingan shahar tepasidagi oy" va boshqalar). Ayni paytda u romantik tasvir usulidan foydalangan holda "Sevgi", "Sen tugʻilgan kun", "Jangchi Tursun", "Roksananing koʻz yoshlari" singari sheʼr va balladalarini yaratgan. Pogodin, Uygʻun va Sobir Abdulla bilan hamkorlikda "Oʻzbekiston qilichi" (1942) dramasini yozgan, front safari (1943 y.yil, fevral) taassurotlari asosida esa publitsistik maqola va ocherklarini eʼlon qilgan.
 
H.O.ning "Muqanna" (1943) trage-diyasi ham urush davrining ijti-moiy buyurtmasi asosida maydonga kelgan. H.O. ushbu asarning markaziy qahramonlari — Muqanna, uning sevgilisi Guloyin va boshqa qahramonlar obrazlari orqali har bir mamlakatning mustaqilligi masalasi xalq taqdiri, shu xalqning ozodligi, farovonligi va kelajagi bilan bogʻliq gʻoyat muhim ijtimoiy va siyosiy masala ekanligini koʻrsatib bergan.