Hayot: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.da → -asrda using AWB
Qator 8:
H.ga moddalar almashinuvi jarayoni sifatida qarash oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan, lekin bu qarashlar yangi maʼlumotlar bilan boyib bormoqda.
 
Moddalar almashinuvi — hayot uchun zarur boʻlgan tuzilmalarning saqlanib turishi va hosil boʻlishining zurur sharti sifatida har bir organizm turi uchun oʻziga xos boʻladi. H.ning zamonaviy tavsifiga koʻra, uning asosiy xossalariga modddlar almashinuvi bilan bir qatorda oʻz-oʻzini yaratish (repro-duksiya), irsiylanish va oʻzgaruvchanlik namoyon qilish, oʻsish va rivojlanish, taʼsirlanish va taʼsirga javob berish, oʻz-oʻzidan boshqarilish, ritmlilik, energiyaga muh-tojlik va boshqa xususiyatlar ham kiradi. Muayyan tuzilgan strukturalarning buzilishi bilan H. ham toʻxtaydi. Struk-turalarning oʻziga xos xususiyatlari matritsa usulida koʻpayadigan genetik programmada mavjud boʻlgan axborot bilan bogʻliq. Matritsa sintezi jarayonida genetik programmadan xato nusxa olinishi (mutatsiya) mumkin. Buning natijasida olingan programma nus-xalar oʻrtasida farq (konvariant replikatsiya) paydo boʻladi. Mutatsiyalarning asosiy qismi evolyutsiyaning dastlabki davrlarida sodir boʻladigan reparatsiya mexanizmlari orqali yoʻqotiladi, lekin saqlanib qolgan irsiy oʻzgarishlarning oʻzi organizmlarning xilma-xil boʻlishi va ularda tashqi muhit sharoitiga har xil moslanishlar vujudga kelishi uchun yetarli boʻladi. Organizmlar belgilarining xilma-xilligi tabiiy tanlanish uchun shart-sharoit yaratadi; bu esa, oʻz navbatida. yashash sharoitiga qarab organizmlarning mukammalla-shuvi (progress) ga yoki ular tuzili-shining soddalashuvi (refess)ga olib keladi. Shunday qilib, H. oʻz mohiyatiga koʻra oʻz-oʻzini yaratadigan jarayon sifatida evolyutsiyaning shart-sharoitlarini belgilab beradi. Yer yuzasida H. molekulyar, hujayra, organizm, populyatsiya, tur, biogeotsenez (ekosistema) va biosfera darajalarida namoyon boʻladi. Biologiya fanlarining 20-a.daasrda erishgan yutuqlari asosida ishlab chiqilgan H.ning zamonaviy tavsiflari uni tabiatan moddiy emasligi toʻgʻrisidagi gʻayri-tabiiy nazariyalarga oʻrin qoldirmaydi. Shuning bilan birga bu tavsiflar H.ni faqat fizik-kimyoviy qonuniyatlar bilan boglab qoʻyishga imkon bermaydi. Moddalar almashinuvi asosida amalga oshiriladigan matri-sa sintezi va undan kelib chiqadigan biologik evolyutsiya notirik tabiat uchun xos boʻlmaydi. Mohiyatiga koʻra H. notirik tabiatga nisbatan materiya harakatining ancha yuksak dara-jadagi shakli xisoblanadi.
 
Ld.: Engelgardt V.A., Poznaniye yavleniy jizni. M., 1984; Yugay G.A. Obshaya georiyajizni, M., 1985;Gibor G. Jizn i yeye proisxojdeniye, per. s vengerskogo, M.. 1984; Umumiy biologiya, T., 2004;Mavlonov O., Biologiya, T., 2003.