197 605
ta tahrir
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi, y.lar → yillar (4), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB) |
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.da → -asrda (2) using AWB) |
||
'''Hikoya''' — badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida H. qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda H. folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida H.chilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), OTenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) H. janrining asoschilari hisoblanadi. Yev-ropa adabiyotida H. novella deb ham ataladi.
Oʻzbek adabiyotida H. juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻu-zmyning "Qisasi Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi H.ning yaxshi namunalari bor. Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir H.lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-
Oʻzbek adabiyotida realistik H. janri 20-
"H." atamasi kengroq maʼnoda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. Soʻzlab berilgan bunday voqelik oʻz qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr maʼnosida tushunilmaydi. Mas, Oʻ.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olaboʻji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi oʻzbek H.chiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.Aʼzamov, N.Eshonqu-lov, Sh. Boʻtayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.
|