Janubiy Amerika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (4), hoz. → hozirgi, Mayd. → Maydoni (2), y.da → yilda (10), va b.) → va boshqalar) (5), va b. → va boshqa (5) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, -a.da → -asrda (2), bal. 5 → balandligi 5 using AWB
Qator 16:
}}
'''Shimoliy Amerika''' — Yerning gʻarbiy yarimsharida joylashgan [[qitʼa]].
'''Janubiy amerika''' - Gʻarbiy yarim sharqning jan. qismidagi materik, Amerika qitʼasining jan. yarmi. Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean oʻrab turadi. 12°25’ sh.shahri k. (Galinas burni) bilan 53°54’ j. k. (Frouerd burni) va 8G20’ gʻ. u. (Parinyas burni) bilan 34°46’ gʻ. u. (Kabu-Branku burni) oraligida. Shim.da Panama boʻyni orqali Shim. Amerika bilan tutash, jan. da Dreyk boʻgʻozi orqali Antarktidadan ajralib turadi. Materikning eng uzun joyi 7150 km, eng keng joyi 5100 km. J. A. tarkibiga Shamolsiz o.lar, Trinidad o., Folklend, Olovli Yer va Chili arxipelaglari, Galapagos o.lari kiradi. Maydoni (orollar bilan birga) 18,28 mln. km².
 
Tabiati. J. A.ning qirgʻoqlari kam parchalangan. Shim.da Venesuela qoʻltigʻi, gʻarbida Guayakil, jan.-gʻarbida fordlar, jan.-sharqida La-Plata, San-Xorxe va boshqa qoʻltiqlari bor.
 
Relyefi va geologik tuzili sh i . J. A.ning sharqida oʻrtacha balandlikdagi yassitogʻliklar, baland tekisliklar, payet tekisliklar, gʻarbida materikni gʻarb va shimol tomondan oʻrab turgan And togʻlari (oʻrtacha bal.balandligi 5000–6000 m, eng baland joyi — 6960 m, Akonkagua togʻi) joylashgan. And togʻlari sharqida Jan. Amerika platformasining Gviana yassitogʻligi (Neblin togʻi, 3014 m) va Braziliya yassitogʻligi (Bandeyra togʻi, 2200 m) bor. And togʻlari va yassitogʻliklar oralarida uchlamchi va toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan Orinoko, Amazonka, La-Plata payettekisliklari va Ichki tekisliklar (Pampa, Gran-Chako, Ikki daryo oraligʻi va boshqalar) joylashgan. Materikning chekka jan.-sharqida mezokaynozoy choʻkindi jinslari va muz keltirgan yotqiziklar bilan qoplangan qad. Patagoniya platformasi bor.
 
J. A. materigi 2 asosiy strukturali boʻlak — markaziy qismidagi Jan. Amerika platformasi va materikni shim., gʻarb va jan.dan oʻrab turgan And burmali togʻ mintaqasidan iborat.
Qator 42:
Hayvonot dunyosi neotropik oblastga mansub. Bu oblast J. A.da materikning shim. katta qismini oʻz ichiga olgan Gviana-Braziliya kichik oblasti va jan. tekisliklar hamda And togʻlarini (Ekvadorgacha) oʻz ichiga olgan Patagoniya-And kichik oblastiga boʻlinadi. Endemik hayvonlar (nandu tuyaqushi va boshqalar) koʻp. Qalin oʻrmonlarda keng burunli maymunlar, yalqov, chumolixoʻr, daraxt jayrasi (koendu), xaltali kalamush (opossum), kinkaju ayigʻi, koʻrshapalaklar va boshqa yashaydi. Yerda yashovchi hayvonlardan qalqondor, tapir, yaguar, qora choʻchqa, oʻrmon iti, hozirgi zamondagi eng yirik kemiruvchi — suv choʻchqasi (kapibara) bor. Daryolarida dare delfini (iniya), timsoh, baliqlarning 2000 tacha turi va daraxt baqalari yashaydi. Qushlar (toʻtilar, kolibri, kondor va boshqalar) hamda sudralib yuruvchilar (zaharli va boʻgʻma ilonlar, kaltakesaklar) koʻp. Endemik xasharotlar (ulkan kapalaklar, chumolilar), savannalarda kiyik, nandu tuyaqushi, kemiruvchilar bor. Materikning jan. qismidagi ochiq dasht va chala choʻllarda puma, kiyik, pampa mushugi va tulkisi, magellan iti, yoldor boʻri; kemiruvchilardan vidra, botqoq nutriyasi, mara, tuko-tuko, qushlardan burgut, palamedeya va boshqa yashaydi.
 
Geografik tadqiqotlar tarixi. 11-a.daasrda Abu Rayhon Beruniy Gʻarbiy yarim sharda, yaʼni Atlantika okeanining ortida katta quruqlik boʻlishi kerak deb bashorat qilgan. Amerikaning yevropaliklarga rasman kashf qilinishi Hindistonga, yaʼni Sharqiy va Jan. Osiyoga gʻarbdan suv yoʻli orqali borishni maqsad qilgan X. Kolumb ekspeditsiyasidan boshlandi. 1498 yilda X. Kolumb Trinidad o. va J. A.ning Orinoko daryosi deltasi atrofidagi sohilini, 1499—1501 yillarda A. Nino (A. Oxeda va A. Vespuchchi bilan birga) va R. Bastidas boshchiligidagi ispan ekspeditsiyalari materikning butun shim. sohillarini, 1500 yilda ispanlardan V. Ya. Pinson va D. Lepe boshliq ekspeditsiyalar hamda portugal P. Ya. Kabral ekspeditsiyasi sharqiy sohilini kashf etdi. 1507 yilda lotaringiyalik haritashunos M. Valdzemyuller jan. materikni florensiyalik Amerigo Vespuchchi sharafiga Amerika deb atashni taklif qildi. 1541 yildan keyin bu nom Shim. Amerika uchun ham rayem boʻldi.
 
1516 yilda ispan dengizchisi X. D. Solis Urugvay va Parana daryolarining quyi oqimidagi yerlarni oʻrgandi. 1520 yilda F. Magellan boshliq ispan ekspeditsiyasi yana ham janubroqqa suzib bordi va Patagoniya (hozirgi Magellan) boʻgʻozi orqali oʻtib Tinch okeanga chiqdi. Boʻgʻozning jan. sohilini Magellan Olovli Yer deb atadi. J. A.ning Tinch okean sohillarini ham 1522—58 yillarda ispan dengiz ekspeditsiyalari oʻrgandi. 1578 yilda ingliz F. Dreyk Olovli Yerning arxipelag ekanligini aniqladi. 1592 yilda ingliz D. Deyvis Atlantika okeanining 52° j. k.da "Deva Yeri" ni tadqiq qildi. D. Strong "Yangi yer" ni oʻrganib, uni Folklend o.lari deb atadi (1690). J. A. sohillarini mustamlakaga aylantirish va ichki qismlarini bosib olish indeyslarni koʻplab oʻldirish va plantatsiyalarda qul qilib ishlatish bilan birga davom etdi. Mustamlakachilar boylik qidirish maqsadida materikni turli yoʻnalishlarda kesib oʻtdilar.
 
J. A.ning Shim.-gʻarbiy va Ekvatorial And togʻlarini hamda Orinoko daryosi havzasini olimlardan A. Gumboldt va fransuz E. Bonplan kompleks oʻrgandilar (1799—1802). Materik asosan 19-a.asr 1-yarmidan har tomonlama tadqiq qilina boshlandi. J. A.da rus sayyoxlaridan A. S. Ionin (1889—92), N. M. Albov (1895—96), G. G. Manizer (1914—15) va N. I. Vavilov (1932—33) boʻlgan.
 
Aholisi. Amerika yevropaliklarga maʼlum boʻlgunga qadar J. A. aholisi indeys qabilalari va xalqlaridan iborat edi. Ular bundan 17—20 ming yil ilgari Osiyodan Bering boʻgʻozi, Shim. Amerika orqali kirib borgan deb hisoblanadi. J. A.ga yevropaliklar kelgach, mahalliy aholining koʻpchiligi yuqumli kasalliklar, shafqatsiz ekspluatatsiya va boshqa sabablar tufayli qirilib ketgan. J. A.ning hozirgi axolisi Yevropadan koʻchib borganlarning avlodlari va metislardan (Afrikadan keltirilgan qullar bilan mahalliy indeyslarning aralashuvidan) tashkil topgan.