Kassiterit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar, va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.ni → -asrni using AWB
Qator 1:
'''Kassiterit''' (yun. kassiteros — qalay), qalaytosh —oksidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi SnO2. Tarkibida Fe2O3 (13% gacha), Ta2O3, Nb2O3 (9% gacha) va h.k. qoʻshimchalari bor. Qalayning mikdori 78,6%. Tetragonal singoniyali. Dipiramidal, ustunsimon, ninasimon kristallar va donador agregatlar holida uchraydi. Rangi qoʻngʻirdan qoragacha, baʼzan sariq, qizgʻish. Olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 6—7. Zichligi 6—7 g/sm3. Koʻpincha qoʻngʻir, baʼzan jigarrang , olmosdek yaltiraydi. Gidrotermal, greyzen, pegmatit va sochma konlari maʼlum. K. konlari, odatda, nordon intruziv togʻ jinslari (granit) bilan bogʻliq. Hosil boʻlishi magmatikdan gipergengacha. K.ning eng istiqbolli sanoatbop toʻplamlari gidrotermal kvarskassiterit va sulfid kassiteritli yertomirlarda uchraydi. K. Oʻzbekistonda 20-a.ningasrning 30-yillarida topilgan, hozirgi bir necha turi maʼlum. K. konlari Oltintogʻ, Turkiston, Qoratepa, Zirabuloq - Ziyovuddin, Sultonuvays togʻi, Hisor togʻlarida bor. Xorijda K. konlari RF (Primorye), Ukraina, Malayziya, Tailand, Indoneziya, Xitoy, Boliviya, Nigeriya va boshqa joylarda aniqlangan. K. — qalayning asosiy rudasi. Ayni vaqtda konsentratdan Nb, Ta kabi noyob metallar ham ajratib olinadi. Oltintogʻ K. rentgenogrammasi dunyoda qabul qilingan Aniqlagich (Mixeyev, 1957)da etalon sifatida qabul qilingan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==