Kongo (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan, sh.ga → shahriga, mayd. → maydoni, y.da → yilda (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar using AWB
Qator 1:
{{Maʼnolari|Kongo}}
'''Kongo''', Zair — Ekvatorial Afrikadagi daryo. Oʻz. 4320&nbsp;km, havzasining maydoni 3691 ming km², yillik suv sarfi 1450&nbsp;km{{sup|3}}. Sersuvligi jihatidan Afrikada 1-, dunyoda 2-, 3-oʻrinlarda (Amazonka va Paranadan keyin). K. Katanga qirlaridan 1430 m balandlikdan boshlanadi va Boyoma sharsharasigacha Lualaba deb ataladi. Daryo Atlantika okeaniga quyiladi. Yirik ir-moqlari: oʻngdan Lufira, Luvua, Aukuga, Aruvimi, Itimbiri, Mongala, Ubangi, Sanga; chapdan — Lomami, Lulonga, Ruki, Kasai. K. irmoqlari orqali Mveru, Bangveulu, Tanganika koʻllari bilan, Roʻzizi daryosi orqali Kivu koʻli bilan tutashgan. K.ning Lualaba qismi yassitogʻlik va platolar orasidan, Boyoma sharsharasidan Kinshasa shahrigacha (1700&nbsp;km) tekislikdan oqadi. Kinshasa bilan Matadi sh.larishaharlari orasida 70 ga yaqin ostona va sharsharalar (Livingston ostonalari) hosil qilgan. Matadidan oʻtgach, dengiz boʻyi pasttekisligida oqadi (bu yerda daryo oʻzanining kengligi 1–2&nbsp;km, chuqurligi farvaterida 25–30 m). Estuariysining kengligi oʻrta qismida 19&nbsp;km. K., asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 46 ming m’/sek. (maksimal 75 ming m’/sek., minimal 23 ming m³/sek.). Quyi va oʻrta oqimida may—iyunda va noyabr— dek.da, yuqori oqimida noyabr— dek.da suvi koʻpayadi. Daryo yiliga 50 mln. t oqiziq keltiradi. K. va uning irmoqlaridagi suv yoʻllarining oʻz. 20 ming km. Gidroenergiya zahirasiga boy. K. va uning irmoqlarida baliqning koʻplab turi yashaydi. K. havzasida yirik daryo va koʻl portlari: Bukama, Kongolo, Kabalo, Kisangani, Kinshasa, Brazzavil; dengiz portlaridan — Matadi, Boma va Banana joylashgan. K.ning kuyilish yerini 1482 yilda portugaliyalik dengizchi D. Kan, Lualabani 1771 yilda D. Livingston, K.ning koʻp qismini 1876—77 yillarda G. Stenli tadqiq qilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==