Koreya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura, hoz. → hozirgi, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (25), va b.da → va boshqalarda (2), va b. → va boshqa (9) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 1 y. → 1 yil (20), sent. → sentabr (4), Mil. av. → Miloddan avvalgi (4), -a.lar → -asrlar (34), i.ch. → ishlab chiqarish, bal. 2 → balandligi 2, Mil. 3 → M using AWB
Qator 5:
Aholisi. K.— bir millatli mamlakat; aholisining 99% dan ortigʻi koreyslar. Dindorlari buddaviylik, konfutsiylikka va, qisman, xristian diniga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — koreys tili.
 
Tabiati. Sharqiy qirgʻogʻi togʻlik. Kemachilik uchun eng qulay buxtalari shim. qismida. Tabiiy gavanlari jan. qirgʻoqda. Gʻarbiy sohili, asosan, tekislik, ammo koʻp boʻlakka boʻlingan. K.ning aksari qismi togʻlik. Shim.da Shim. Koreya togʻlari (bal.balandligi 2744 m gacha) va katta yassi togʻlar, Koreya ya.o.ning sharqida Sharqiy Koreya togʻlari, jan.da shu togʻlarning jan.-gʻarbiy tarmoqlari, 36° sh.shahri k.dan jan.da esa Jan. Koreya togʻlari bor. K. hududining 1/4 qismini pasttekislik va tekisliklar tashqil etadi. K., asosan, tokembriy granitlari, gneyslar va metamorfik slanets qatlamlaridan iborat. K.da 100 ga yaqin temir ruda koni, polimetall konlari, volfram, xrom, kobalt, nikel, oltin va kumush rudasi konlari, bundan tashqari, grafit, magnezit, toshkoʻmir kabi noruda qazilma konlari ham bor.
 
Ikdimi — dengiz iqlimi, shim.da oʻzgaruvchan, koʻp qismida moʻʼtadil, jan.da subtropik. Eng issiq oy (avg .)ning oʻrtacha temperaturasi 22—26°, yanv.niki — 21° dan +4° gacha, togʻlarda — 40° gacha. Oʻrtacha yillik yogin 700–1500 mm. Daryo koʻp, ammo kichik, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Asosiy daryolari: Amnokkan, Tumangan, Naktongan, Tedongan va Xangan. Yirik daryolarining quyi oqimidagina kema qatnaydi. Qoʻngʻir oʻrmon tuprogʻi, kizil, sariq, unumdor allyuvial tuproqlar uchraydi. Yer yuzasining 70%dan koʻprogʻi oʻrmon va butazorlar bilan qoplangan. Togʻ etaqlarida shumtol, kashtan, yuqorirogʻida qoraqaragʻay, qaragʻay, kedr va boshqa oʻsadi. 300 m gacha baland joylarda doim yashil oʻsimliklar bor. Hayvonlardan yoʻlbars, qoplon, qora va qoʻngʻir ayiqlar, bugʻu, parrandalardan esa tustovuq, oʻrdak va boshqa yashaydi. Baliqning 75 turi mavjud.
 
Tarixi. Koreya ya. o.da odamlar soʻnggi paleolit davridan yashaydi. Mil.Miloddan av.avvalgi 5— 4-a.lardaasrlarda tashqil topgan Choson birinchi koreys davlatidir. Mil.Miloddan av.avvalgi 109 yilda Xan davlati (Xitoy) Chosonni bosib oldi. Xitoy bosqinchilariga qarshi kurash davomida (milodning boshlarida) Koguryo, Pekche, Silla va boshqa davlatlar paydo boʻldi. Mil.Milodiy 313 yilda Koguryo xitoylarni batamom surib chiqardi va har jihatdan rivojlangan qudratli dashtatga aylandi.
 
Bu davrda dehqonchilik, metall quyish va ishlash, toʻqimachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va h.k. rivojlandi. 9-a.daasrda tarqoqlik davri boshlandi. 935 yilda Koryo (K. nomi shundan) davlatining asoschisi Van Gon mamlakatni birlashtirdi. 10-a.asr oxirlariga kelib markazlashgan davlat paydo boʻldi. 1231 y.yil moʻgʻul qoʻshinlari K.ga bostirib kirdi va Yuan imperiyasini tuzdi. 14a. oʻrtalarida Koryo unga boʻysunishdan bosh tortdi. 1359—62 yillarda xitoy istilochilari bosqinini qaytardi. 1392 y.yil lashkarboshi Li Son Ge Koryoga van qilib tayinlandi, Li sulolasi (1392—1910)ga asos solindi. Koryo davlati Choson nomini oldi, poytaxti esa Kegyondan Xanson (19-a.asr oxiridan Seul)ga koʻchirildi. 15-a.asr oʻrtalarida iqgisodiy va madaniy jihatdan yuksaldi.
 
Yapon va manjur bosqinchilari hujumi davrida (16-a.asr oxiri — 17a. ning 1-yarmi) davlatning ahvoli ogʻirlashdi. 1592—98 yillarda Choson xalqi oʻz ozodligi uchun kurashdi va yapon bosqinchilarini mamlakatdan quvib chiqardi. Manjurlarning 1627 va 1636 yillardagi bosqinchilik urushlari natijasida mamlakat ancha vayron boʻldi. 18a. oxiridan mehnatkashlarning hukmdor tabaqaga qarshi yirik qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 19-a.asr ning 60-yillarida xalq ommasining erksevarlik qarashlarini ifoda etgan Tonhaq diniy mazhabi vujudga keldi. 60—70-yillarda Yaponiya K.ni asoratli Kanxva shartnomasini tuzishga majbur qildi. Soʻngra AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Fransiya va boshqa davlatlar ham Koreya bilan shunday bitimlar toʻzishdi. 1904—05 yillardagi rus-yapon urushi davrida Yaponiya K.ni bosib olib, mamlakat ustidan nazorat oʻrnatdi. K. aholisi yapon bosqinchilariga qarshi qattiq kurash olib bordi. Yapon hukmronligi joriy etilgan davr (1910—45)da K. Yaponiyaning xom ashyo makoni va bozoriga aylantirildi, nihoyat, K. Yaponiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi.
 
1917 yilda ish tashlash, talabalarning norozilik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1919 y.yil mart — apr.dagi umummillat qoʻzgʻolonida ishchilar, dehqonlar va mahalliy savdo-sanoat doiralari (jami 2 mln .dan ortiq kishi) faol qatnashdi. Bu voqealardan choʻchigan yapon maʼmurlari oʻsha yil avg .da "oʻz-oʻzini boshqarish tizimi"ni joriy etish va boshqalardan iborat islohot dasturini eʼlon qildi. Sanoatning oʻsishi ishchilar safining kengayishiga sabab boʻldi. 20-yillardan kasaba uyushmalari va boshqa ommaviy jamoat tashqilotlari vujudga kela boshladi. 1925—28 yillarda ishchilar 349 marta ish tashladi va koʻpi ularning gʻalabasi bilan tugadi.
 
1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni davrida dehqonlar, mayda va oʻrta tadbirkorlarning ahvoli ogʻirlashdi. 1930—32 yillarda 517 marta ishchilarning ish tashlashi, 237 marta dehqonlar qoʻzgʻoloni, oʻquvchi yoshlarning namoyishlari boʻlib utdi. 2-jahon urushida K. xalqi yapon mustamlakachilariga qarshi kurashdi. Bu urushda Yaponiyaning magʻlubiyati natijasida uning K.dagi hukmronligi barham topdi.
 
1945 y.yil avg .da K.ning 38-paralleldan shim. qismi Sovet Armiyasi tomonidan ozod qilindi. Shu yil sent.sentabr oyining boshlarida AQSH qoʻshinlari K.ning jan.ni ishgʻol qildi. Ittifoqchilarning qarorida 38-parallel Sovet va Amerika qoʻshinlari oʻrtasidagi chegara chizigʻi boʻlib qolishi belgilangan edi. 1945 y.yil dek.dasobiq SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining Moskva kengashi K.ni vasiylikka olish haqida qaror qabul qildi (gomindanchilar hukmronligidagi Xitoy ham keyinchalik shu qarorga qoʻshildi). Kengash K.ni yagona demokratik mustaqil davlat sifatida qayta tiklashni nazarda toʻtib, K.ning muvaqqat markaziy hukumatini tuzish fikrini bildirdi. Aniq taqliflarni tayyorlash Sovet va Amerika qoʻmondonligi vakillaridan iborat qoʻshma komissiyaga topshirildi. Komissiya 1946—47 yillar mobaynida ishladi, ammo keskin ixtiloflar sababli oʻz zimmasidagi vazifani bajara olmadi.
 
1948 y.yil 15 avg .da Seulda K. Respublikasi (KR), 9 sent.dasentabrda Pxenyanda K. Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) tuzilganligi rasmiy ravishda eʼlon qilindi. 1948 y.yil sent.dasentabrda Sovet Ittifoqi KXDR Oliy xalq majlisining murojaatini qondirib, oʻz qoʻshinlarini uning hududidan olib chiqib ketdi. AQSH Jan. K.dagi qoʻshinlarini 1949 y.yil oʻrtalarida olib ketdi.
 
Mamlakatni birlashtirish borasida KXDR bilan KR oʻrtasidagi keskin oʻzaro qarama-qarshilik oqibatida ikkala tomonning aybi bilan koʻp martalab qurolli toʻqnashuvlar boʻldi. Bu mojarolar 1949 yilning 2-yarmidan boshlab, ayniqsa, shiddatli tus oldi, natijada, 1950 yilda toʻla miqyosli urush harakatlari boshlanib ketdi. Oʻsha yili 25 iyunda BMT Xavfsizlik Kengashida SSSR vakili qatnashmagan paytda KXDRni KRga qarshi tajovoʻz qilishda ayblovchi qaror qabul qilindi va 2 kundan keyin BMT ga aʼzo davlatlarni KRga shoshilinch yordam berishga chaqiruvchi yana bir qaror qabul etildi.
 
Xalqaro kuchlar tomonidan KXDRga taxlikali xavf tugʻilgach, Xitoy xalq koʻngillilari (salkam 1 mln. kishi) Shim. Koreyaga yordamga keldi. Shiddatli janglardan keyin 1951 y.yil oʻrtalarida ikkala tomon urushda gʻalaba qozonish imkoni yoʻkligini anglab, mudofaaga oʻtdi va muzoqara boshlashga majbur boʻldi. 1953 y.yil 27 iyulda K.da yarash toʻgʻrisida bitim imzolandi. KXDR bilan KR oʻrtasida 4 km kenglikda qurolsiz mintaqa oʻrnatildi.
 
Uch yillik urush mamlakatni abgor qildi, uning iqtisodiyotiga katta putur yetkazdi. Millionlab kishilarning oilalari boʻlinib ketdi. Bu birodarkushlik urushi Shim. bilan Jan.ning ajralishini yanada kuchaytirdi.
 
1970-yillarning boshlaridan KXDR bilan KR oʻzaro munosabatlarni tartibga solish yoʻllarini izlash va mamlakatni qayta birlashtirishga erishish maqsadida muloqot qilib keldi. 1991 y.yil sent.dasentabrda ikkala koreys davlati BMTga qabul etildi. Oʻsha yil dek.da KXDR bilan KR oʻrtasida yarashish, hujum qilmaslik, hamkorlik va mol ayirboshlash haqida bitim, 1992 y.yil fev.da Koreya ya.o.ning parchalanmasligi toʻgʻrisida Qoʻshma deklaratsiya imzolandi. Nihoyat, 2000 y.yil iyunida KR prezidenti KXDR ga tashrif buyurdi va Shim. bilan Jan. oʻrtasida iliq munosabatlar va hamkorlik boshlashga qaror qilindi.
 
Fani va ilmiy muassasalari. K. — qadimdan ilm-fan yuksak darajada rivojlangan mamlakat. 6—7-a.lardayoqasrlardayoq astronomiya va meteorologiya kuzatuvlari olib borilgan, murakkab inshootlar qurilgan. 632—647 yillarda Sha-rqiy Osiyoda eng qad. rasadxona minorasi — Chxomsonde barpo etilgan. 718 yilda K.da soat kashf qilingan. 682 i. Sillada "Kukhaq" davlat oliy bilim yurti ochilgan va 717 yildan tibbiyot, mat., 794 y.yil dan astronomiya oʻqitila boshlagan. 11—13-a.lardaasrlarda chinni idishlar va asboblar i.ch.ishlab chiqarish rivojlangan. Shu davrda koreyslar xitoy ksilografiyasini oʻrganib, shu usulda 6 ming jilddan iborat budda qonunini nashrdan chiqardi. 1234—41 yillarda bosmaxonalarda metall harflar ishlatila boshladi.
 
15-a.asr oʻrtalaridan amaliy fanlar rivojlandi. K. olimlari "Dehqonchilik ilmi" nomli asarda oʻsha davr agronomiya bilimlari haqida maʼlumot berganlar. Yan Son Ji va boshqa-Koryoning tarixiy geogr. haritasini tuzishdi (1451). 1445 y.yil tibbiyot ensiklopediyasi nashr etildi. 15—17-a.asr larda tabiiy-ilmiy asarlar, jumladan, turli soha ensiklopediyalari paydo boʻldi. 15—16-a.lardaasrlarda harbiy texnika sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Li Sun Sin qarbiy kemalar, artilleriya qurollari tuzilishini takomillashtirdi. 19-a.asr da mat., astronomiya va terapiyaga oid ilmiy asarlar yaratildi. K.da falsafa, tarix, tilshunoslik fanlari ham qad. anʼanalarga ega. K.ni Yaponiya bosib olganidan keyin ilm-fan rivoji toʻxtab qoldi.
 
Adabiyoti milodning avvalida qad. K. folkloridan rivojlana boshlagan. 19-a.asr oxirigacha badiiy asarlar koreys tilida va xanmun — xitoy adabiy tilining koreyslashtirilgan shaklida yaratilgan. Xitoy iyeroglifi, keyinroq koreys alifbosida yozilgan "Ona-vatan qoʻshiqlari" (7—11-a.larasrlar) K. adabiyotining qad. namunasidir, 11 — 14-a.lardaasrlarda uning davomi — "Kore qoʻshiqlari" yaratildi. Sheʼriyatning vujudga kelishida Chxve Chxi Von (857) muhim rol oʻynadi. Li In No uni yanada rivojlantirdi. Badiiy nasr asta-sekin tarixiy adabiyotdan ajralib chikdi. Novella janriga Kim Si Sip (1435— 93) asos soldi. 1487 y.yil So Go Jon (1420—88) 130 kitobdan iborat "Sharq antologiyasi"ni tuzdi. Lim Je (1549— 87) satirik qissalar yozdi. 16—17-a.lardaasrlarda tabiat goʻzalliklarini madh etuvchi va falsafiy sheʼriyat ravnak, topdi. 17—19-a.lardaasrlarda koreys tilida koʻplab qissalar yozildi, dastlabki romanlar paydo boʻla boshladi, yangi nasr shakllandi. Dastlabki erkin sheʼrlarni Chxve Nam Son va Kim Ok yozdi. Yaponiya xukmronligi davrida adabiyotning taraqqiyoti vaqtincha toʻxtab qoldi; koʻpgina yozuvchilar qatagonga uchradi. 1919 y.yil qoʻzgʻoloni bostirilgandan keyin har xil dekadentlik yoʻnalishlari koʻpaydi. Realistik romanlar paydo boʻldi (1934). Yapon reaksiyasi kuchaygan davrda tarixiy roman janri ommalashdi (30-yillarning 2-yarmi). Yaponiyaga qarshi xalq lashkarlari uchun jangovar inqilobiy sheʼrlar, qoʻshikdar va kichik pyesalar yaratildi (1930-40).
 
Meʼmorligi. Neolit davridan yarim yertoʻla qoldiklari, milod boshlaridan sagʻanalar, daxmalar, 7-a.danasrdan Kyonju yaqinidagi Chxomsonde rasadxonasi qolgan. 8-a.danasrdan shaharlar, shu jumladan, poytaxt — Kyonju jadal qurila boshladi, ibodatxona majmualari, pagodalar (gʻor shaklidagi Sokkoʻram ibodatxonasi, Pulguks majmuasi) barpo etildi. Kore davlati davrida murakkab shaklli, naqshin pagoda va monastirlar qad koʻtardi, dunyoviy inshootlar (hukmdorlarning saroylari) bunyod etildi. Li sulolasi zamonlarida qurilgan muhtasham majmualar yogʻoch hamda tosh oʻymakorligi va naqqoshligi usulida bezatildi. Diniy inshootlar hashamat bilan ziynatlandi. Xalq esa tosh, loy va yogʻochdan yasalgan pastqam uylarda yashardi. Imoratlarni jan.ga, yaʼni oftobga qaratib qurish urf boʻldi. Yaponiya mustamlaka hukmronligi davri (1910—45)da Yevropa va Yaponiya meʼmorligi ruhida imoratlar qurildi.
 
Tasviriy sanʼati. Koreyslar qad. zamonlardan rangtasvir bilan shugʻullana boshlaganlar. Neolit davriga mansub sopol idishlar qoldiqlari topilgan. Metall qurollar va gulli sopol idishlar mil.miloddan av.avvalgi 1-a.gaasrga taalluqli. Milodning boshlarida K.ning badiiy madaniyati ancha rivojlanib, Yaponiya sanʼatiga taʼsir oʻtkazdi va oʻz navbatida Xitoy sanʼati taʼsiridan bahramand boʻldi. 3—7-a.lardaasrlarda daxmalar koʻpincha yer osti inshooti tarzida qurilar, devor va shiftlarda afsonalar mazmunidagi bazmi jamshid, tantanali marosim sahnalari tasvirlanardi. Amaliy bezak sanʼatida chavandozlar, uychalar, hukmdorlarning oltin tojlari yasaldi. Haykaltaroshlik rivoj topdi. Tosh va metallarni yoʻnib ishlash, shoyi toʻqish, tush va boʻyoq bilan rangbarang rasmlar solish avj oldi. Sopol va chinni buyumlar koʻplab ishlandi. Li sulolasi davrida saroy an-sambllari vujudga keldi.
 
Oʻziga xos rassomlik akademiyasi — Toxvaso (14-a.asr) tasviriy sanʼatning rivojlanishida katta rol oʻynagan. 15—17-a.lardaasrlarda yirik rassomlar, 18-a.daasrda manzarachilar va portretchilar paydo boʻldi. 19-a.asr oxiriga kelib, moyli boʻyoq ishlatila boshladi. Chinni va sopol buyumlar ishlash takomillashdi. Sanʼatning barcha sohalarida 20-a.danasrdan Gʻarb uslublari va anʼanalari taʼsiri kuchaydi.
 
Musiqasining lad tuzilishi pentatonikata asoslangan. Musiqa ijtimoiy hayot va diniy marosimlarda muhim rol oʻynagan. 3—9-a.lardaasrlarda saroyda xor va cholgʻu ansambllari konsertlar bergan, musiqiy tomoshalar koʻrsatilgan. 6-a.danasrdan komoʻngo, tegim, pxiri, kayagim singari torli cholgʻu asboblar keng tarqalgan. Qad. 60 turdagi cholgu asbobidan 45 turi hozirgi gacha yangrab kelayotir. Son Xyon va boshqa koreys musiqa ensiklopediyasi — "Musiqashunoslik asoslari"ni tuzdilar (1493). Imperator saroy i huzurida xonanda va sozandalar, raqqos va raqqosalardan iborat ansambllar boʻlgan. 16-a.ningasrning 2-yarmidan boshlab, urushlar va bosqinchiliklar taʼsirida K. musiqasi tushkunlikka uchradi, faqat xalq qoʻshiqlari janri rivojlandi. 19-a.ningasrning 2-yarmida musiqali drama janri — chxangik rivojlanib, keyinchalik milliy opera paydo boʻldi. 20-a.asr boshlarida K.ga Yevropa musiqasi kirib kela boshladi.
 
Teatr tomoshalarining unsurlari qad. marosim qoʻshiqlari va oʻyinlarida saqlanib kelgan. Mil.Miloddan av.avvalgi 3-a.daasrda mavjud boʻlgan ibtidoiy teatrlarda tabiat hodisalari va mehnat jarayonini tasvirlovchi tomoshalar koʻrsatilgan. 14—15a.larda xalq niqob teatri va qoʻgʻirchoq teatri vujudga keldi. Professional aktyor-kvandelar xalq teatrini rivojlantirishga koʻmaqlashadilar. 19-a.daasrda professional teatr tashkil topdi. Yaponiyada oʻqib kelgan K. talabalari 1921 y.yil "Drama sanʼati uyushmasi" truppasini tuzdilar. 1930 y.yil Pxenyanda "Machxi", Teguda "Koʻcha teatri", Kesonda "Ommaviy teatr" (1931), Masanda Drama sanʼati jamiyati (1932), Pxenyanda "Kelajak teatri" (1932) va boshqa vujudga keldi.
 
Kinosi. K.da havaskorlar tomonidan 1921 y.yil Yun Ben Nam rahbarligida "Oy nuri ostidagi qasam" nomli birinchi film suratga olingan. 20-yillarning 2-yarmida xalqning ogʻir ahvolini aks ettiruvchi kinofilmlar ("Sayoq", "Nim qorongʻi koʻcha" va boshqalar) koʻrsatilgan. Milliy ilgʻor kinosanʼatining rivojlanishida rej., ssenariychi va aktyor Na Un Gyuning hissasi katta. U "Ariran" (1926), "Muhabbat izlab" (1928), "Egasiz parom" (1932) va boshqa filmlarda mustamlakachilar zulmiga, ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashni aks ettirgan. 40-yillarda K. kinematografiyasi Yaponiya nazorati ostida boʻldi, asosan, nemis, italyan va yapon filmlari namoyish qilindi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==