Koʻprik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi (2), y.lar → yillar, va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t. y. → temir yoʻl, -a. → -asr using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Koʻprik''' — 1) toʻsiq (daryo, kanal, jar yoki boshqa joylar) dan yoʻl oʻtkazish uchun quriladigan muhandislik inshooti. Vazifasiga koʻra, K.ning avtomobil, t.temir y.yoʻl va piyodalarga moʻljallangan K., yoʻl oʻtkazgich; joylashish oʻrniga koʻra, shahar K.lari va shahardan tashqaridagi yoʻllarga quriladigan; birlashtirilgan (avtomobil va t. yillar uchun birga qurilgan), akveduk, viaduk xillarga; ishlatiladigan materialiga koʻra, yogʻoch, tosh, metall, temir-beton K.ga, prolyot tizimlariga qarab, balkali, arkli va osma, konsol; prolyotlar soniga koʻra, bir prolyotli va koʻp prolyotli; yuk koʻtaruvchi konstruksiyasiga nisbatan joylashishiga koʻra, ustidan, pastdan, oʻrtasidan harakatlanadigan xillarga; qatnovning uzluksiz va oʻzlukli boʻlishiga qarab, K. doimiy va harakatlanuvchi (ochiladigan, koʻtariladigan, soʻzadigan) xillarga; yigʻma va qismlarga ajraladigan xillarga boʻlinadi. K.-kanal va K.-uylar ham boʻladi. Boʻlar koʻprik vazifasini oʻtash bilan birga uy va kanal vazifasini ham oʻtaydi. Ilgari K.lar, koʻpincha, yogʻoch va harsang toshlardan qurilgan. Qad. yogʻoch K.lar saqlanib qolmagan. Oʻrta asrlarda arkli harsang K.lar (Rim, Ispan, Xitoyda) koʻproq qurilgan. Oʻrta Osiyo va Rossiyada yogʻoch va tosh K.lar boʻlgan. Katta daryolardan oʻtishda soʻzuvchi K.dan foydalanilgan. Choʻyan K.lar Angliyada (1779), soʻngra Rossiyada (1784); osma (zanjirli) K. Amerikada (1796), keyin Angliya va Rossiyada qurilgan. 20-a.asr boshlariga kelib K. qurishda temir-betondan asosiy material sifatida foydalanila boshlandi, chunki pishiq, arzon, uni yigʻish oson va boshqa Uncha uzun boʻlmagan K. qurishda temir-beton prolyot tayanchlarga butunicha kranlar yordamida qoʻyiladi. Undan ravoqli, balkali va ramali K.lar qurila boshladi. Hozirgi zamon ravoqli temir-beton K.larning prolyotlari oʻz. 300 m ga yetadi. Oʻzbekistonda Chirchiq, Sirdaryo va Amudaryodan oʻtkazilgan K.lar, asosan temir-betondan arkli va ramali qilib qurilgan. K., asosan, tayanch va prolyotdan iborat boʻladi. Tayanchlar qirgʻoq va oraliq tayanchlarga boʻlinadi. Temir-beton va harsang toshdan yasalgan K.da, koʻpincha, prolyot va tayanchlar yaxlit qurilmani hosil qiladi. Aralash konstruksiyalar (mas, temir-betonli poʻlat balkalar yoki poʻlat shprengelli temir-beton balkalar va boshqalar) keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi zamon K. qurilishida yigʻma K. konstruksiyalaridan, yigʻma elementlarini unifikatsiyalash va bir xillashtirish usullaridan, K. konstruktiv tizimlarini rivojlantirish, prolyotlarni oʻzaytirish, mustahkamligi yuqori boʻlgan poʻlat, yengil qotishmalar va betonlardan, parchin mixli birikmalar oʻrnida payvand birikmalardan, tutash temir-beton K. qurishda qismlarga ajratiladigan opalubkalardan va montaj agregatlardan foydalanilmokda; 2) avtomobil, traktorlar yurish qismining elementa. Gʻildiraklarga taʼsir qiladigan kuchlarni rama yoki koʻzovga oʻzatadi. Oʻrnatilgan gʻildiraqlarning vazifasiga qarab, yetakchi, boshqariladigan va murakkab (yetakchi va ayni vaqtda boshqariladigan) K.lar boʻladi. Bundan tashqari, oldingi, ketingi va oʻrta (uch oʻqli avtomobillarda) K.lar bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->