Koʻzgu: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: vakt → vaqt, va b.) → va boshqalar) (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, -a.da → -asrda (2), mil. 1 → milodiy 1 using AWB
Qator 1:
'''Koʻzgu''' — yorugʻlikni tekis qaytaruvchi yupqa (alyuminiy, kumush va boshqalar) kat-lam bilan qoplangan silliq sirtli shisha yoki metall jism. Sirtidagi notekisliklar bir necha mikrondan oshmaydigan darajada silliqlangan boʻladi. K.larni tayyorlashda toʻlqinlarning qaytarish koeffiiiyenti yuqori boʻlishiga erishish uchun silliqlangan sirt qalinligi 0,1+ 0,3 mmk boʻlgan yupqa metall (Ag, A1 va boshqalar) qatlam bilan qoplanadi. Silliq alyuminiy sirti ultrabinafsha, infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq kumush sirti infraqizil va koʻzga koʻrinadigan nurlar spektri sohasida, silliq oltin sirti esa infraqizil nurlar spektri sohasida katta nur qaytarish koeffitsiyentiga ega. Qad. Sharqda jez davrida ham K. ishlatilgan. Bu vaqtda K. jezdan, keyinchalik temir, kumush, simobdan va, nihoyat, mil.milodiy 1-a.danasrdan boshlab Italiyada shishadan yasalgan. Yunon olimi Yevklid (mil.miloddan av.avvalgi 5-a.asr) yassi va sferik K. bilan nurlarni bir nuqtaga yigʻish mumkinligini koʻrsatgan. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino K. optikasi bilan tanish boʻlishgan. Ibn Sino "Donishnoma" asarida sferik koʻzgular bilan yorugʻlikni bir nuqtaga yigʻishni isbotlagan.
 
Shakliga koʻra, K.lar yassi va sferik xillarga boʻlinadi. Yassi K. buyumning mavhum tasvirini (oʻlchami oʻzgarmagan holda) beradi. Sferik K. buyum tasvirini kattalashtirish (yoki kichiklashtirish) hamda nurlarni toʻplash uchun ishlatiladi (mas, konsentrator, projektor, reflektor, avtomashinalar va h.k.da). Sferik K. yaxshi ishlov berib silliklangan shar sirtining bir qismidir. Yorugʻlik nuri sferik sirtning ichki yoki tashqi sirtidan qaytishiga koʻra, sferik K.lar mos ravishda botiq yoki qanariq K.lar boʻladi. Shar sirtining markazi S K.ning optik markazi, shar segmentining uchi O esa K.ning qutbi deyiladi. K.ning optik markazi Sdan oʻtadigan har qanday nur K.ning optik oʻ q i , sfera markazi S dan va K. qutbi O dan oʻtadigan SO optik oʻq K.ning bosh optik oʻqi deyiladi. Faqatbosh optik oʻq yaqinida va optik oʻqqa kichik burchak ostida kelayotgan nurlar markaziy nurlar yoki paraksial nurlar deb ataladi.