Koʻzoynak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.da → va boshqalarda, va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.da → -asrda using AWB
Qator 3:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Koʻzoynak''' — koʻzning koʻrish qobiliyatidagi nuqsonlarni tuzatish, uni mexaniq shikastlanishdan, yorugʻlik, chang va boshqalardan himoya qilish uchun qoʻllaniladigan oddiy optik asbob. Birinchi K. 13-a.daasrda niderdandlarda ishlatilgan. K. linza (oynak) va gardishdan iborat. Bosh fokusining holatiga qarab oynak yoki linza yigʻuvchi (qanariq) va sochuvchi (botiq) xillarga boʻlinadi. K.da ishlatiladigan linzalar sferik sirtining botiklik yoki qavariqlik darajasi (egrilik radiusi) turlicha boʻladi; sirtning egrilik radiusi katta boʻlsa, linzaning nur sindirish kuchi — optik kuchi katta boʻladi. Optik kuchi kichik yigʻuvchi oynak uzoqdan koʻrishda, optik kuchi katta sochuvchi oynak esa yaqindan koʻrishda qoʻllanadi. Optik kuchi katta boʻlgan koʻzni tuzatish uchun manfiy optik linza (botiq), optik kuchi kichik boʻlgan koʻzni tuzatish uchun musbat optik linza (qavariq) tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, K. linzalarining sferik va silindrik xillari ham bor. Sferik K.da nur sindirish kuchi barcha yoʻnalishlarda bir xil, silindrik K. da esa turli yoʻnalishlarda turlicha, (silindrik linzalar ham qanariq va botiq) boʻladi; astigmatizmga chalingan koʻzning optik nuqsonini yoʻqotishda silindrik, sferik-silindrik K. qoʻllanadi. Linzaning nur sindirish kuchi (optik kuchi) dioptriyalarda oʻlchanadi. Koʻrish quvvati keskin pasayganda teleskopik K. (buyumning koʻzning toʻr pardasida hosil boʻladigan tasvirini yaxshilash uchun 2—3 juft linzadan iborat K.) dan foydalaniladi. Koʻz gʻilay boʻlganda prizmatik K. taqish tavsiya etiladi. Himoya K. har xil maqsadda, mas, koʻzni uta ravshan yorugʻlikdan (payvandlashda), uni mexaniq shikastlanishdan, quyosh nuri va boshqa taʼsiridan, chang , gaz va h.k. dan himoya qilishda, shuningdek, suvda suzishda taqiladi.
 
K. gardishi oynaklarning koʻzga nisbatan toʻgʻri joylashuviga yordam beradi. Gardish tanlanganda kanshar balandligi, oynaklar bilan qorachiqlarning markazlari oʻrtasidagi masofa hisobga olinadi. Koʻz optik nuqsonsiz (sogʻ), yaʼni qorachigʻining oldi va orqa fokuslari orasidagi masofa teng (23&nbsp;mm ga yaqin) boʻlsa, ravshan koʻradi. Buyumdan keluvchi nurlar fokusi koʻzning toʻr pardasiga tushea, koʻz buyumni aniq koʻradi. Nurning fokusi tur parda oldiga (yaqindan koʻrish) yoki uning orqasiga (uzoqdan kurish) tushishi mumkin. Har ikkala holda buyum tasviri tur pardada aniq hosil boʻlmaydi, koʻz oʻtkirligi kamaygan hisoblanadi. Bu nuqson K. bilan tuzatiladi (korreksiyalanadi). K. bilan koʻzni korreksiyalash uchun vrach-okulist maxsus asbob yordamida linzalar tanlaydi. Bunda vrach koʻzning oʻziga xos optik nuqsonlarini, kishining yoshini, kasbini va boshqa shaxsiy xususiyatlarini hisobga oladi. Vrach maslahatisiz boshqalarning K.idan foydalanish mumkin emas.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>