Kremniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (5), b-n → bilan using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 1 y. → 1 yil using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Kremniy''' (Silicium), Si — Mendeleyev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element, tartib raqami 14, at. m. 28,0855. Uchta barqaror izotopi bor: 28Si (92,27%), MSi (4,68%) va 30Si (3,05%). K. kisloroddan soʻng tabiatda eng koʻp tarqalgan element. Yer poʻstining massasi jihatidan 27,6% ini tashqil etadi. Tabiatda birikmalar [koʻpincha kremniy (1U)-oksid SiO2” qumtuproq va silikatlar] qolida boʻladi. K. SiO2 holida oʻsimlik va xayvon toʻqimalarida ham uchraydi. Sof K.ni ilk bor 1911 y.yil fransuz kimyogari J. L. Gey-Lyussak va L. J. Tevarlar ajratib olishgan . K. — kulrang , kumushdek yal-tiroq modda. Amorf va kristall holda boʻladi. Kristall holdagi K.ning suyuqlanish temperaturasi 1423° (suyuqlanganda hajmi 9% ga kamayadi), qayvash temperaturasi 3249° , zichligi 3,33 g/sm³- Poling boʻyicha elektromanfiyligi 1,8, at. radiusi 0,133, ion radiusi (qavslarda koordinatsion sonlar keltirilgan) 0,040&nbsp;nm (4), 0,054&nbsp;nm (6), diamagnetik. Oddiy sharoitda K. moʻrt modda, 8000" dan yuqorida plastik holatga oʻtadi. Kimyoviy birikmalarda, asosan, toʻrt valentli, inert, qizdirilsa faolroq holatga oʻtadi. Odatdagi temperaturada faqat ftor bilan birikadi. Yuzasida himoya pardasi (oksid parda) hosil boʻlishi sababli K. yuqori haroratda ham barqaror boʻladi.
 
K. 400° dan yuqorida kislorod taʼsirida SiO2 gacha oksidlanadi. Kislotalar taʼsiriga chidamli, faqat nitrat va ftorid kislotalar aralashmasi bilan reaksiyaga kirishadi. K. ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, vodorodni ajratib chiqaradi va silikatlar hosil qiladi:Si+2NaOH+H2O=Na2SiO3+2H2T.