Kubroviylik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.lar → shaharlar, 1 y. → 1 yil, -a. → -asr (2) using AWB
Qator 1:
'''Kubroviylik''' — tasavvuf tariqati. 13-a.asr boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan. Uning asarlarida tariqatning mohiyati, oʻziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroning tasavvufiy taʼlimotiga koʻra, inson oʻz mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam boʻlgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni oʻzida mujassamlashtiradi. Ammo ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin oʻziga xos maqomlarda joylashganligidan, haqiqat yoʻlini qidiruvchilar bunday kamoga erishish uchun maʼlum riyozatli yoʻllarni oʻtishlari zarur. Bu yoʻlda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamolotga erishish asoslarini quyidagi oʻnta talab ("Oʻnta usul") da ifodalab bergan: tavba — barcha amallarning boshi boʻlib, Alloh oldida tavba qilish, bundan keyingi hayotni ilohiy ezgulik va xayrga bagʻishlashga ahd qilish; zuhd — taqvo, parhez, haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutish, Alloh man etgan ishlarni qilmaslik; tanakkul (tanak-kal) — barcha ishlarni qilishda Allohning mehribonligi va qudratiga tayanish; qanoat — hayot kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, moʻʼtadillik, tuban mayllardan ozod boʻlish; oʻzlat — tanholikda boʻlish, xilvatda ruhni poklash; tanajjuh (yuzlanish) — butun vujud bilan Allohga yuzlanib, undan madad soʻrash, u sari qalban intilish; sabr — solikning oʻz eʼtiqodi, niyatini sivashi. Haq yoʻlining azobu iztirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi; muroqaba (tafakkurga gʻarq boʻlish) — qalb poklangani va tuban ehtiroslardan holiligini tuyib, xotirjam boʻlinganini eslab xayolga choʻmish, Haq taolo rahm-shafqatini koʻtib turish; zikr — Allohning ismini tildan qoʻymaslik, kalimayu duolarni muntazam takrorlab turish; rizo — Alloh qudratini chu-qur his qilgan holda, oʻzini butkul uning irodasiga topshirish va bundan hoʻzurlanish. Bu maqom solikni Haqqa, Haqning unga yaqinlashganligini bildiradi.
 
Kubro ilohiy maʼrifatni sufiy faqat foniylik holatida, yaʼni butkul oʻzligini yoʻqotib idrok eta oladi, degan fikrga eʼtiroz bildiradi va Juvayd Bagʻdodiyning "sahv" (hushyorlik) yoʻlini toʻtib, tafakkuriy-aqliy bilimga eʼtiborni qaratadi. Bunday yoʻlni Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband ham maʼqullagan.
Qator 13:
Kubro yetti rang hislatini yetti tushunchaga moslab tushuntirgan. Uningcha, oq rang — islomni, sariq rang — imonni, zangori rang — ehsonni, yashil rang — itminon (ishonch)ni, koʻk rang — iqon (toʻliq ishonch)ni, qizil rang — irfonni, qora rang — hayajon (hayrat)ni anglatadi. Solik ruhi holatlarini, qaysi rang koʻz oldida namoyon boʻlayotganini piriga aytib turishi kerak. Pir shunga qarab, muridning qaysi bosqichda turganini bilib, unga yangi vazifalar yuklaydi. Keyingi sufiylar ham Kubro singari qora rangni hayrat belgisi hisoblab, uni ruhning fanoga gʻarq holati ramzi sifatida taʼkidlashgan.
 
K.da tariqat aʼzolarining yagona tashqiliy tizimi boʻlmagan. Ularni taʼlimotning ruhi va maqsadi birlashtirgan. Kubroning shogirdi Sayfiddin Boharziy (1261 y.vyilv.e.) Buxoro yaqinidagi Soktariy qishlogʻida Vajmiddin Kubro nomi bilan atalgan xonaqoh tashqil qilgan. Bu yerda K. tariqati 18-a.asr oxirlarigacha keng tarqalgan edi. Uning aʼzolari Kubro gʻoyalarini Movarounnahr sh.larigaginashaharlarigagina emas, balki Eron, Misr, Iroq va Afgʻonistonga ham yoydilar.
 
Ayniqsa, K. Hindistonda chuqur ildiz otdi. Keyinchalik K.ning bir qancha mustaqil shoxobchalari vujudga keldi. Boʻlar — firdavsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, igʻtishoshiya, zahabiya, nurbaxshiya.
Qator 27:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{stub}}