Kunjut: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 8 y. → 8 yil, bal. 5 → balandligi 5 using AWB
Qator 1:
'''Kunjut''' (Sesamum) — kunjutdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik utsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. 19 turi maʼlum. Vatani — Afrika. Oʻrta Osiyoga Hindistondan olib kelingan. Dehqonchilikda bahori ekin boʻlgan bir yillik madaniy turi — Hindiston kunjuti (S.indicum L.) Hindiston, Xitoy, Jan-Sharqiy Osiyo, Afrika, Eron, Oʻrta Osiyoda va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Yer yuzida K. ekiladigan maydonlar 6,1 mln. ga, oʻrtacha hosildorlik 3,9 s/ga, yalpi hosil 2,9 mln. t (1999). Oʻzbekistonda 1998 y.yil 2,85 ming ga yerga ekilgan, sugʻoriladigan yerdarda hosildorlik 8—10 s/ga.
 
K.ning oʻq ildizi tuproqqa 1 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi tik oʻsadi, bal.balandligi 50—150 sm, 4—6 ta uzun yon shoxlar chikaradi. Bargi oddiy, bandli, yakka-yakka yoki qarama-qarshi joylashgan, tukli. Guli barg qoʻltigʻida 1 — 3 ta boʻlib joylashgan, 5 bargli, gul-tojibarglari bir-biriga qoʻshilgan, rangi pushti, binafsha, oq, oʻzidan changlanadi. Mevasi koʻsakcha, choʻziq, yassi, tukli. Bir tupda 20—300 koʻsakcha boʻladi. Koʻsakchasi 2 yoki 4 chanoqli. Oʻz. 3—5 sm. Koʻsakchasi pishganda qirralaridan chatnab, urugʻi sochiladi. Bitta koʻsakchada 80 tagacha urugʻ boʻladi. 1000 dona urugʻi vazni 2—5 g . Urugʻining rangi och yoki toʻq jigarrang , goho oq va qora.
 
K. issiqsevar, yorugʻsevar, qisqa kun oʻsimligi. Urugʻi 15—16° da unib chiqadi. Maysasi —G da nobud boʻladi, oʻsuv davrida harorat 15° dan past boʻlsa, oʻsishdan toʻxtaydi. Oʻsish davri 90—110 (120—150) kun. K. eng qimmatli moyli ekinlardan, urugi tarkibida 65% moy, 16—19% oqsil, 16—17% azotsiz moddalar mavjud. K. moyi yarim kuriydi, yod soni 103—112 ga teng , zaytun moyidan ham ustun turadi. Presslab olingan K. moyi isteʼmol uchun, oziq-ovqat sanoatida, konserva va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish, tabobat, parfyumeriyada ishlatiladi.