Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr using AWB
Qator 3:
L. pogʻonalarining soni va ular orasidagi intervallar sifatiga qarab ekmelika (balandligi oʻzgaruvchan tovushlardan iborat), angemitonika (yarim tonliksiz tovush-qatorlarga asoslangan), diatonika (shu jumladan, major va minor), xromatika kabi L. turkumlari ajratiladi. Kuy rivojidagi tayanch va notayanch pogʻonalarning almashinuv jarayonining oʻziga xosligi modal (monodik), garmonik, tonallik va boshqa turlarni tashkil etadi. Bir asar davomida boshlangʻich L.ning balandligi (tonalligi) oʻzgarsa, ogʻishma yoki modulyasiya sodir boʻladi.
 
Sharq musiqa amaliyoti va nazariyasida L.lar turlicha nomlanib kelgan: arabcha makam, forscha parda, oʻzbekcha maqom, ozarbayjoncha mugʻom va boshqa Ular oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, pogʻonalarning oraligʻi 90, 114, 180, 204 sentli intervallarga asoslanadi va koʻp pogʻonali turli L.larni tashkil qiladi. L.lar turli xalqlar musiqa merosi, oʻtgan zamon va hozirgi davr bastakorlari va kompozitorlari asarlarining muayyan asosini tashkil etadi. Shu bilan birga 20-a.asr baʼzi musiqa yoʻnalishlari (atonal musiqa, dodekafoniya, sonorizm va boshqalar)da aniq bir L.dan chetlanish uchraydi; 3) musiqiy tovush-qatorning turi (mas. Major, minor).
 
== Adabiyot ==