Leipzig: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, y.da → yilda, va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.da → -asrda (3) using AWB
Qator 58:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Leypsig''' — Germaniyadagi shahar, Saksoniya yerida. Playse daryosining Vayse-Elster daryosiga quyilish yerida joylashgan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo, ilmiy va madaniy markazlaridan. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 490 ming kishi (1999). Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 1015 yilda tilga olingan. L. oʻrnida qadimda slavyanlarningLipsk qishlogʻi boʻlgan. 12-a.danasrdan shahar huquqini olgan. Oʻrta asrlarda Saksoniyaning eng yirik shaharlaridan biri edi. Shahar atrofida koʻp tarixiy janglar boʻlib oʻtgan. 2-jahon urushi davrida shahar katta talofot koʻrgan. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik. Metallurgiya va kon uskunalari, yuk ortish va transport vositalari z-di, qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik mashinasozligi, stanoksozlik, oziq-ovqat va poligrafiya sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Plastmassa, rezina buyumlar, lok-boʻyoq ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. L. poligrafiya va moʻyna sanoati bilan ham mashhur. Qadimdan nashriyotchilik ishlarining yirik markazi. Har yili xalqaro savdo yarmarkalari, qisqa metrajli va hujjatli filmlar kinofestivallari, moʻyna auksionlari oʻtkaziladi. Un-t (1409), musiqa, teatr, adabiyot, kitob grafikasi va sanʼati, jismoniy tarbiya, ped. va boshqa oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalar, tasviriy sanʼat, shahar tarixi, etnografiya, badiiy hunarmandchilik, kitob va shrift muzeylari, opera va drama teatrlari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan cherkovlar (13—16-a.larasrlar), eski ratusha (16-a.asr), un-t binosi, opera teatri binosi, Yarmarkalar uyi, "Shtadt Leypsig" mehmonxonasi va boshqa mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->