Lev Tolstoy: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi, y.lar → yillar (16), va b.) → va boshqalar) (2) using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 4 y. → 4 yil (4), -a. → -asr (2) using AWB |
||
Qator 18:
[[Tasvir:Tolstoj-rod.png|right|thumb|300px|Tolstoylar sulolasi]]
'''Tolstoy Lev Nikolayevich''' [1828. 28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlogʻi — 1910.7(20). 11, Lipetsk viloyati, hozirgi Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844—47 yillarda Qozon untining arabturk va huquqshunoslik ftlarida oʻqigan. 1851—53 yillarda Kavkazda boʻlib, janglarda ishtirok etgan. 1854
50-yillar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uygʻunlashtirishga harakat qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil "Kazaklar" qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol koʻrinadi. Bu asarda oʻz inʼikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri T.ning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.
Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam oʻrin olgan "Urush va tinchlik" (1863—69) epopeyasi T. ning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning oʻz davri muammolaridan qochishi, deb baholagan boʻlsalarda, yozuvchi "Urush va tinchlik" romani bilan oʻz davrida roʻy bergan va oʻzi shaxsan guvoh boʻlgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, koʻplab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uygʻunlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-
T.ning 70-yillar ijodida "Anna Karenina" romani aloxdda mavqega ega. "Urush va tinchlik"dan bu romanni yozguniga qadar boʻlgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat toʻgʻrisidagi orzu umidlari roʻyobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli oʻylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizigʻiga ega boʻlgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta eʼtiqod qoʻygan, hayotda roʻy berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga boʻlgan munosabatiga, shakshubhasiz, taʼsir oʻtkazgan. T.ning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir boʻlayotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat aʼzolarida qanday chirkin xislatlar mavjud boʻlmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi.
Qator 32:
T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning soʻnggi yirik asarlaridan biri — "Tirilish" romani (1889—99)da oʻz aksini topdi. Xdyotda boʻlib oʻtgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, maʼnaviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning oʻzaro chambarchas bogʻlikligi masalasi "Hojimurod" (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.
T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, oʻzi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning soʻnggi asarlari ("Tirik murda", 1890; "Baldan soʻng", 1903 va boshqalar) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya Polyanadagi soʻnggi kunlari ruhiy iztiroblar poʻrtanasida kechdi. U yaqin kishilari toʻqigan igʻvo va fasod toʻridan qochib, 1910
Oʻzbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning "Odamlar nima bilan tirik?", "Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi" makrlalari 1887—1902 yillarda "Turkiston viloyatining gazeti"da oʻzbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi "Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi" degan maqola esa 1889
T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham oʻzbek jadidlarining eʼtiborini uziga jalb etgan. Birinchi oʻzbek advokati Ubaydulla Xoʻjayev 1909 yilda T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi taʼlimoti yuzasidan xat yozib, oʻsha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli arboblaridan biri Abduvohid Qoriyev esa 1910
== Bibliografiya ==
|