Litvalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil.av. → miloddan avvalgi, -a.lar → -asrlar (3) using AWB
Qator 1:
'''Litvalar''' (oʻzlarini letuvyay deb ataydilar) — xalq. Litva Respublikasining asosiy aholisi (2924 ming kishi, 1990-yillar oʻrtalari). Rossiya (70 ming kishi), Latviya (34,6 ming kishi), AQShda (300 ming kishi), shuningdek, Kanada, Polsha, Jan. Amerika va Avstraliyada yashaydilar. Umumiy soni 3,45 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yevropeoid irqiga mansub. Litva tilida soʻzlashadilar. Dindorlari — xristian-katoliklar. L. etnogenezi, tili va madaniyati jihatdan latishlarga yaqin. Neman va Daugava daryolari ora-ligʻiga mil.av.miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida kirib kelgan Boltiq boʻyi qabilalari mahalliy aholi bilan uygʻunlashib L.ning shakllanishiga asos boʻlgan. Ushbu qabilalardan litva elati tarkibiga toʻliq suratda L., yoxud aukshtaytlar, jyamaytlar, skalvlar va nadruvlar, shuningdek, sudavlarning bir qismi, kurshlar, zemgallar va sellarning jan. tarmogʻi, shim. prusslar (bartlar, notanglar, semblar)ning bir qismi kirgan. 9—12-a.lardaasrlarda mulkchilik munosabatlari vujudga kelgan, asta-sekin litva elati shakllangan. Etnik uyushuv 13-a.asr 1-yarmida Litva davlatining barpo etilishiga imkon bergan. 13— 15-a.lardaasrlarda litva elati uzil-kesil shakllangan.
 
L.ning asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, shuningdek, polizchilik, bogʻdorchilik, dengiz boʻylarida — baliqchilik. Milliy hunarmandchilik (toʻqimachilik, oʻymakorlik, kulolchilik) rivojlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>