Liviya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi, T-ra → temperatura (3), Mayd. → Maydoni, y.ga → yilga (24), va b. → va boshqa (8) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t. y. → temir yoʻl, sh.lar → shaharlar (3), sh. → shahri, 8 y. → 8 yil (14), sent.da → sentabrda (2), Mil.av. → Miloddan avvalgi (5), -a.da → -asrda (18), bal. 2 → bala using AWB
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Liviya''', Liviya Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi (Al-Jamahiriya al-Arabiya al-Libiya ash-Shaʼbiya alIshtirokiya) — Shim. Afrikadagi davlat. Maydoni 1759,5 ming km². Aholisi 5,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Tripoli sh.shahri Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (baladiyya)ga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8:
 
== Tabiati ==
L. hududining 98% subtropik chala choʻl (shim.da) va tropik choʻldan (jan.da) iborat. Qirgʻoq chizigʻi nisbatan tekis. Eng katta va yagona qoʻltigʻi — Sidra. L. yer yuzasining koʻp qismi plato (bal.balandligi 200–600 m). Jan.da Tibasti togʻligining tarmoqlari (bal.balandligi 2286 m gacha) bor. Mamlakatning sharqiy kismini Liviya nuli egallagan. Geologik jihatdan L. hududi Afrika platformasi shim. yon bagʻrining bir qismidan iborat. Tokembriy kristalli jinslar yer yuziga chiqib yotadi. Soyliklar choʻkindi jinslar bilan tulgan. L.ning markaziy qismida yosh vulkan jinslari koʻp. Yuqori boʻr — paleogen yotqiziqlari orasida neft konlari bor; gaz, temir rudasi, fosforit va boshqa qazilma boyliklar ham mavjud.
 
Iqlimi tropik, choʻlga xos iqlim. temperaturalarning mavsumiy va sutkalik farqi katta. Mamlakat shim.da subtropik iqlim, Oʻrta dengizga xos. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi shim.da 11 — 12° va jan.da 15—18° gacha, iyulniki shim.da 27—29° va jan.da 32—35°gacha, eng yuqori temperatura (50° dan oshadi) Liviya choʻlining markazida. Yillik yogʻin mamlakat shim.da 250–350&nbsp;mm dan (Tripolida) 400–625&nbsp;mm gacha (Kirenaikada). Issiq va kuruq hamsin shamoli esib turadi. Doim oquvchi daryolari yoʻq. Yer osti suvlari yuza joylashgan yerlarda vohalar bor. Kuruqoʻzanli vodiy koʻp.
Qator 19:
 
== Tarixi ==
L. hududida odam qadimdan yashab keladi. Ming yillar davomida ibtidoiy jamoa tuzumi xukm surgan. Mil.av.Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida L. gʻarbida Leptis-Magna, Sabrata va Ea degan Finikiya manzilgoxlari vujudga keldi. 7-a.daasrda L. sharqida yunonlarning shaharchalari paydo boʻldi. Shulardan muximi Kirena. Keyinchalik L. hududining bir qismi Kirenaika deb yuritildi. Mil.Miloddan av.avvalgi 5-a.asr oʻrtalarida L.ning gʻarbiy qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil.Miloddan av.avvalgi 6-a.asr oxiri va 5-a.asr boshlarida Kirenaikaning bir qismini Axomaniylar davlati, keyinchalik makedoniyalik Aleksandr qoʻshinlari bosib oldi. Mil.Miloddan av.avvalgi 2-a.daasrda uni Rim egallagan. 6-a.danasrdan L. Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-a.daasrda L. Arab xalifaligiga qoʻshib olingan. L.ga juda koʻp arab qabilalari koʻchirib keltirilishi natijasida mahalliy aholi arablar bilan chatishib ketgan. Islom dini keng tarkalgan.
 
L. 16-a.danasrdan 1912 yilgacha Usmonli turk saltanati tarkibida boʻldi (faqat 1711 — 1835 yillari L.ni mahalliy Karamanli sulolasi boshqardi). 1911 — 12 yillardagi Italiya-Turkiya urushidan soʻng L.ning sohil boʻyi hududlarini Italiya egalladi. Mahalliy aholi Italiya mustamlakachilariga qattiq qarshilik koʻrsatdi. 1-jahon urushi davrida Italiya oʻz qoʻshinlarining bir qismini L.dan olib chiqib ketishga majbur boʻldi. Italiya qoʻl ostida faqat Hims, Tripoli va Bingʻozi sh.larishaharlari qoldi. Bu vaqtda Kirenaika hududi Sanusiya tariqati qoʻl ostida edi. 1918 y.yil Tripolitaniya respublikasi eʼlon qilindi. Italiya hukumati oʻz mustamlakalaridan ajralib qolishdan qoʻrqib, Sanusiya tariqati boshligʻi Idris as-Sanusiyni Kirenaika hukmdori deb tan olishga, Tripolitaniya respublikasiga muxtoriyat huquqi berishga majbur boʻldi. 1922 y.yil Idris as-Sanusiy Kirenaika va Tripolitaniya amiri deb eʼlon qilindi. Italiyada hokimiyat fashistlar qoʻliga oʻtgach (1922), L.ni butunlay boʻysundirish uchun urush harakatlari yana boshlab yuborildi. Mahalliy aholi koʻplab qatl qilindi. Juda koʻp yerlar italyan kelgindilariga boʻlib berildi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ustidan Italiya nazorati oʻrnatildi. Bunga qarshi L.da ozodlik harakati yanada avj olib ketdi. Italiya qiyinchilik bilan Tripolitaniya (1928), Fetssan (1930)ni bosib oldi. 1939 yilga kelibgina Kirenaika, Tripolitaniya va Fetssan Italiya tarkibiga kiritildi.
 
2-jahon urushi davrida Italiya mustamlakalarini kengaytirish uchun L.dan baza sifatida foydalanishga urindi. L.da harbiy bazalar, katta tosh yoʻllar qurildi, portlar qayta tiklandi, mustamlaka qoʻshinlari tuzildi. 2-jahon urushida fashist qoʻshinlari magʻlubiyatga uchray boshlagach, ItaliyaGermaniya qoʻshinlari L.dan butunlay olib chiqildi. 1942 y.yil oxiri — 1943 y.yil boshida esa fransuz askarlari Fetssanni, ingliz askarlari Kirenaika va Tripolitaniyani egalladi. Shu vaqtdan L. Buyuk Britaniya va Fransiya harbiy maʼmuriyati qul ostiga oʻtdi.
 
L. takdiri haqidagi masala dastlab 1945—48 yillarda Tashqi ishlar vazirlari kengashi (2-jahon urushidan keyin yarash bitimlarini tayyorlash maqsadida taʼsis etilgan xalqaro organ)da, soʻngra BMTda muhokama qilindi.
 
1949 y.yil noyabrda BMT Bosh Assambleyasi L.ga 1952 y.yil 1 yanv.dan mustaqillik berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1950 yilda chaqirilgan Milliy taʼsis majlisi L. konstitutsiyasini qabul qildi. 1951 y.yil 24 dek.da mustaqil L. Qoʻshma Podshohligi (tarkibida Kirenaika, Tripolitaniya, Fetssan vilo-yatlari boʻlgan federatsiya) tuzilganli-gi eʼlon qilindi.
 
1963 yilda L. unitar davlat deb eʼlon qilindi. Ayollarga saylov huquqi berildi. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayoti hamon yirik zamindorlar, qabila shayxlari qoʻlida edi. Demokratik harakatlar qattiqqoʻllik bilan bostirilar edi.
 
1969 y.yil 1 sent.dasentabrda yashirin siyosiy tashkilot aʼzolari — yesh armiya ofitserlari guruhi monarxiyani agʻdarib tashlab, L. Arab Respublikasi (LAR) tuzilganligini eʼlon qildilar. Mamlakatni boshqarish Inqilobiy qoʻmondonlik qoʻmitasi qoʻliga oʻtdi. L.da "Liviya islom sotsializmi" qurilishi eʼlon qilindi. 1970 yilda barcha chet davlatlarning harbiy bazalari LAR hududidan chiqarib yuborildi. 1972 yilda mamlakatda yagona siyosiy tashkilot — Arab Sotsialistik Ittifoqi tuzildi. 1977 yilda "Xalq hokimiyati" tartiboti eʼlon qilindi, mamlakatning nomi oʻzgartirilib, L. Arab Sotsialistik Xalq Jamahiriyasi deb ataldi. Oliy xalq kongressining 1979 y.yil 1—2 martdagi favqulodda sessiyasi qarori bilan Muammar Qazzofiy rasmiy ravishda davlat hokimiyat tizimidan tashqari turuvchi, amalda esa rahbar organ boʻlmish Inqilob rahbariyati boshligʻi boʻlib qoldi. L. 1955 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 sent.sentabr — Inqilob Kuni (1969).
 
L.da Siyosiy partiyalar yoʻq. L. Jamahiriyasi ishlab chiqaruvchilar kasaba kongresslari uyushmasi umumiy kongressi 1972 yilda tuzilgan.
Qator 43:
 
== Transporti ==
L. da t.temir y.yoʻl yoʻq. Avtomobil transportining ahamiyati katta, uning uz. — 28 ming km, neft quvurlarining uz. — 3,4 ming km. Eksport qilinadigan neft va chetdan keltiriladigan yuklar dengiz transpor-tida tashiladi. Dengiz flotida 26 kema, shu jumladan, 12 tanker bor. Yirik portlari: Tripoli va Bingʻozi. Tripoli, Bingʻozi va Sabha sh.laridashaharlarida xalqaro aeroportlar bor.
 
L. chetga neft va neft mahsulotlari, shuningdek, gaz, sitrus mevalar, teri, kimyoviy mahsulotlar va boshqa chikaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, oziq-ovqat, maʼdanli oʻgʻit, qurilish materiallari va boshqa keltiradi. Tashqi savdoda Italiya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Liviya dinori.
Qator 51:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1975 yildan 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun majburiy taʼlim joriy etilgan. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 y.yil, oʻrta maktabda 6 y.yil Barcha bosqichlardagi taʼlim — bepul. L.da 10 universitet, 17 oliy oʻquv yurti, 14 i.t. markazi bor. 1975 yilda Afrikadagi eng yirik neft tadqiqotlari lab. tashkil etilgan. Tripolida Davlat kutubxonasi (1917) va universitet kutubxonasi, Bingʻozida Xalq kutubxonasi, Bingʻozi unti kutubxonasi bor. Tripolida arxeologiya, etn., islom, tabiat tarixi muzeylari, Leptis-Magna, Sabrata va boshqa shaharlarda qad. tarix muzeylari mavjud.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. L .da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: "Al-Fajr alJadid" ("Yangi tong", arab tilidagi kundalik gaz., 1978 yildan), "Al-Jamahiriya" (arab tilidagi haftalik gaz., 1980 yildan), "Az-Zahf al-Axdar" ("Yashil hujum", arab tilidagi haftalik gaz., 1980 yildan), "Al-Muntijun" ("Ishlab chiqaruvchi", arab tilidagi haftalik gaz., 1978 yildan), "Jeysh ash-Shaʼb" ("Xalq armiyasi", arab tilidagi oylik jur., 1971 yildan). Jamahiriya axborot agentligi (JANA) — rasmiy axborot mahkamasi boʻlib, 1965 yildan faoliyat koʻrsatadi. Radioeshittirish korporatsiyasi 1957 yilda tuzilgan. Telekoʻrsatuv xizmati 1968 yilda tashkil etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Arab istilosidan soʻng 7-a, 8-a.asr boshlarida L.da adabiyot umumarab madaniyati asosida rivojlandi.
 
Ammo 16-a.danasrdan L. adabiyoti tushkunlikka uchradi, 17—18-a.lardaasrlarda Umar al-Farid, Ahmad al-Bahluliy kabi shoirlar kad. arab sheʼriyati anʼanalarini davom ettirdilar. 19-a.asr oxirida arab mamlakatlarida vujudga kelgan mada-niy uygʻonish harakati 20-a.ningasrning 1-yar-migacha L.ga ham taʼsir oʻtkazdi. Bu davrda ozodlik, maʼrifat va ijtimoiy mavzular L.ning mumtoz sheʼriyati uchun muhim boʻldi. Ahmad ash-Sharif, Mustafo bin Zikriy, Sulaymon alBaruniy va boshqa shoirlar qasidalarida mustamlakachilarga qarshi kurash mavzui keng ifoda etildi. Ahmad Rafiq al-Mahdum, Ibrohim al-Us t a Umar kabi shoirlarning 30—40-yillardagi asarlari xalqning Italiya bosqinchilariga qarshi kurashiga bagʻishlandi. L. mustaqillikka erishgandan soʻng adabiyot maydoniga Ali Sidqi Abdulqodir, Ahmad Fuod Shinnib, Ali ar-Ruqayn va boshqa shoirlar kelib qoʻshildi. 40—50-yillarda hikoyanavislik yuzaga keldi. Uning bosh mavzui — chinakam mustaqillik va ijtimoiy tenglik uchun kurashdan iborat boʻldi. Mustafo al-Misuratiy, Abu Harrus, Muhammad Afif, Tolib ar-Roviy kabi yozuvchilar oʻz asarlariga oddiy xalq vakillari — badaviylar, baliqchilar, fallohlar va hunarmandlarni bosh qahramon qilib oldilar. Keyingi yillarda Jumʼa al-Faroniy, Ahmad an-Nuayriy, Abdulhafiz al-Mayar kabi shoir va yozuvchilar adabiyot maydoniga kirib keldilar.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati qad. Neolit davriga mansub qoyaga ishlangan rasmlar (fil, bizon ovi manzarasi) topilgan. Finikiya sanʼati yodgorliklari (mil.miloddan av.avvalgi 1-ming yillik) orasida loydan ishlangan haykallar, qora lok bilan har xil gul va suratlar so-lingan keramika buyumlari, shisha idishlar uchraydi. Mozaika va haykallar bilan bezatilgan Yunon, Qad. Rim, Vizantiya inshootlarining vayronalari saqlangan. Arab istilosi (7-a.asr oxiri, 8-a.asr boshlari)dan keyin tor koʻchali, 1 va 2 qavatli yassi tomli, hovlili uylar qurilgan, 18—19-a.lardaasrlarda koshin va oʻyma naqshlar bilan bezatilgan koʻp gumbazli machitlar paydo boʻldi. Italiya xukmronligi yillarida (1912— 43) shaharlarda yev-ropacha kvartallar barpo etildi. L. mu-staqillikka erishgach, maktab, kasalxona, turar joy va maʼmuriy binolar zamonaviy tipda qurila boshladi. Geometrik shakllardagi naqshlar bilan bezatilgan gilamlar, bosma yoki kashtali charm va oʻymakorlik, zargarlik buyumlari xalq amaliy sanʼati qad. anʼanalarga boyligidan dalolat beradi.
 
== Musiqasi ==
L. va qoʻshni Magʻrib mamlakatlarining musiqasi koʻp asrlar davomida oʻzaro hamohang rivojlanib keldi. Shu sababli mazkur mamlakatning musiqa madaniyati (musiqa asboblari, janrlari, parda oʻlchovlari) mushtarakdir. L. musiqasi tarixiga oid maʼlumotlar deyarli yoʻq. Mamlakat tub aholisi — barbarlar musiqasida ohang , sheʼr va raqs oʻzaro qovushib ketgan. Surnay, rubob, ud, qonun, tor kabi cholgʻu asboblari keng yoyilgan. Azon aytish, Qurʼon suralarini oʻqishda aloxida musiqiy ohang beriladi. Maqamlar tizimi ham rivojlangan.
 
19-a.asr oxiri va 20-a.asr boshlarida Yevropa musiqasi taʼsir eta boshladi. Konsert ijrochiligi, estrada musiqasi kabi yangi shakllar paydo boʻldi. Mustaqillikka erishilgach (1951), musikaga eʼtibor kuchaydi. Teatr va musiqa ishlari bosh boshqarmasi tuzildi (1973). Milliy folklor ansambli shuxrat qozondi. Tripolidagi sanʼat va hunarmandchilik maktabi, Bingʻozidagi universitetda musika kadrlari tayyorlanadi.
 
== Teatri ==
Xalq tomosha anʼanalariga aylanib qolgan "Fonusxayol", qoʻgʻirchoq teatrlari va oʻziga xos ogʻzaki jur. (koniakl axborot) L.da zamonaviy te-atrning paydo boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1935 y.yil Darnada Muhammad Abulhodi birinchi teatr truppasini tuzdi va bu truppa Misr, Yevropa teatri sanʼati taʼsirida rivojlandi. L. mustaqillik yillarida qator havaskorlik toʻgaraklari va professional uyushmalar: milliy musikali drama truppasi, Abdulhamid al-Mijrob rahbarligida Tripolidagi "Al-Amal", Misurotadagi "At-Toj-al-Fiddi" va boshqa paydo boʻldi. 1951 y.yil Mustafo Muhammad Lamir Milliy teatr uyushmasi (aktyor va dramaturglar birlashmasi) — birinchi L. teatrini tuzdi. Bu teatr re-pertuaridan Molyer, N. V. Gogol, hozirgi zamon Misr va L. dramaturglari asarlari mustahkam oʻrin oldi. Keyingi yillarda bir qancha xalq musiqa-raqs guruxlari ishlay boshladi. 1963 y.yil Tripolida musiqa-drama bilim yurti tashkil etildi. Bingʻozida xalq teatri truppasi, Tripoli va Darna sh.laridashaharlarida milliy teatrlar mavjud.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->