Abulqosim Lohutiy — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (2), 2 y. → 2 yil using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.da → shahrida, y.lar → yillar, va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (2) using AWB)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (2), 2 y. → 2 yil using AWB)
'''Lohutiy Abulqosim Ahmadzoda''' (1887.4.12, Kirmonshoh, Gʻarbiy Eron — 1957.16.3, Moskva) — fors-tojik shoiri, yangi tojik sheʼriyatining asoschilaridan biri. 1905—11 yillardagi Eron inqilobining ishtirokchisi. "Bisotun" gaz. (1916, Kirmonshoh sh.shahri), "Fors" jur. (1921, Istanbul sh.shahri)ni nashr ettirgan. 1922 y.yil 2-Tabriz qoʻzgʻoloniga ("Lohutiyxon qoʻzgʻoloni") rahbarlik qilgan. Bu qoʻzgʻolon bostirilgach, Erondan chiqib ketishga majbur boʻladi. Avval Moskvada, soʻng Dushanba shahrida yashay boshlaydi. "Uch qatra" (1932), "Farangiston safari" (1934) dostonlari, "Shevchenko vasiyatnomasiga javob" (1934), "Oqin Jambulga" (1937) va boshqa sheʼrlari xalqlar doʻstligi mavzusida. 2-jahon urushi yillari yozilgan sheʼr va dostonlari fashizm ustidan gʻalabaga ishonch ruxi bilan sugʻorilgan. "Temirchi Kova" (1939) librettosi tojik adabiyotida bu janrda yozilgan ilk asardir. Urushdan keyingi yillarda yaratilgan asarlarida tinchlik tarannum etilgan ("Tinchliksevarlar qoʻshigʻi", "Miting" va boshqalar). "Eron naʼrasi" (1950), "Koreya xalqiga" (1952) sheʼrlarida esa Sharq xalqlari ozodlik va mustaqillik uchun kurashga daʼvat etiladi. A. S. Pushkin, A. S. Griboyedov, V. V. Mayakovskiy, U. Shekspir, Karpo Vega va boshqa yozuvchilarning asarlarini tojik tiliga tarjima qilgan. L. bir necha yil Toshkentda yashadi. Oʻzbekistonga bagʻishlangan bir turkum sheʼrlar yaratdi ("Oʻrta Osiyo", 1934; "Oʻzbekiston", 1939; "Oʻzbek onasining topshirigʻi", "Doʻst keldi", 1941 va boshqalar). Asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan (Devon, 8 • 1 1958; "Tanlangan asarlar", 1968).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
197 605

ta tahrir