Lutfiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a.lar → -asrlar using AWB
Qator 8:
L. ham zohiriy-dunyoviy, ham diniytasavvufiy ilmlarni chuqur egallagan, davr va zamoniga ochiq nazar bilan qarashga qodir, haqiqat va maʼrifatga sodiq ijodkor edi. Navoiy soʻzi bilan aytganda, u "forsiy va turkiyda naziri yoʻq" shoir boʻlgan. L. garchi oʻz ona tili — turkiy tilda yaratilgan sheʼrlari bilan mashhurlikka yetishgan boʻlsada, forsiyda ham oʻzining shoirlik iqtidori va mahoratiga koʻpchilikni iqror eta olgan. Ikkinchidan, L. sheʼriyat bilan tariqatni, majoz bilan haqiqatni uygʻunlashtirgan edi. Ammo u soʻnggi nafasigacha shoirlik burchi va ilhomiga sodiq qolib, oʻzbek sheʼriyati xazinasini biri biridan qimmatli nazm durdonalari bilan boyitdi. Shu bilan bir qatorda, shoirlik nechogʻlik "maʼruf va mashhur" boʻlmasin, "darveshlik tariqini dagʻi ilikdan" (Navoiy) chiqarmagan edi. Xuddi shu narsa uning nafaqat oʻz zamondoshlari va ijod ahli orasida, balki davr hukmdorlari oldida ham yuqori mavqega koʻtarilishiga bir asos boʻlgan.

Haqiqatan qam L.ning sheʼriyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin sheʼriyat. Bizgacha shoirning 16—20-a.larasrlar mobaynida koʻchirilgan turkiy devonining 33 qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan boʻlib, ular Toshkent, Dushanba, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxoʻjayevning aniklashi boʻyicha, L. kalamiga mansub mavjud sheʼrlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) gʻazal janrida yozilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, L. gʻazalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik anʼanalar bilan xalq ogʻzaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning gʻazallarida milliy his-tuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qaygʻu va shodlik tasviri takrorsiz bir taʼsirchanlik kasb etgan. L. nainki gazallarida, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fardga oʻxshash boshqa janrlardagi sheʼrlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va sa-viyasi baland kishilarning — zukko va hayotsevar xalq vakillarining fik-ru tuygʻularini tarannum etgan. Shoirning:Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, —kabi misralarini oʻqiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga baʼzan ishonish ham qiyin boʻladi. Chunki ular shu darajada sodda, ogʻzaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir.

L. devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning hasbu holini tasvirlashdan iborat boʻlsada, shoir deyarli har bir sheʼrida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga oʻxshamaydigan badiiy sanʼatlarni qoʻllaydi. L. devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal sanʼati namoyon boʻlgan. L. ruboiy, tuyuq, qitʼalarini ham sanʼat namunasi maqomiga koʻtara olgan.
Qator 38:
==Nashr qilingan asarlari==
Lutfiy. Devon. — T.: 1965.

Lutfiy. Sensan sevarim. — T.: 1987.

==Ilmiy adabiyot==
Qator 44:
S.Erkinov. Lutfiy. Hayoti va ijodi. — T.: 1965.

X.Zarif. Lutfiy va Navoiy. Kitobda: Ulugʻ oʻzbek shoiri. — T.: 1948;

S. Erkinov , H. Muhammadxoʻjaev. Turkiyda yagonai davron. «Til va adabiyot taʼlimi» jurn.-1996, № 4.

[[Turkum:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
== Manbalar ==
{{manbalar}}

{{OʻzME}}

[[Turkum:Oʻzbekiston: Shoir va Yozuvchilar]]
[[Turkum:Shoirlar]]