Konstantin Marjanishvili: Versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y. → 3 yil (5) using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: hoz. → hozirgi, y.da → yilda (3) using AWB)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y. → 3 yil (5) using AWB)
MARJANISHVILI Konstantin (Kote) Aleksandrovich (1872.9.6 — 1933.17.4) — rej., gruzin teatri asoschilaridan. Gruziya xalqartisti (1931). Sahna faoliyatini 1893 y.yil aktyor sifatida boshlagan. 1897 yildan rus teatrlarida ishlagan. 1913 y.yil Moskvada "Erkin teatr" ("Goʻzal Yelena" spektaklini qoʻygan), 1920 y.yil Petrogradda Komik opera teatrini tashkil etgan. 1919 y.yil Kiyevda ham ishlagan (shaharning barcha teatrlariga komissar boʻlgan). 1922 yildan gruzin teatrining yetakchi arboblaridan, uning islohchisi. 1928 y.yil Kutaisida dramatik teatr (hozirgi Tbilisidagi Marjanishvili nomidagi teatr)ni tashkil etdi. "Koʻzibuloq", "Gruziyada quyosh tutilishi", "Hamlet", "Uriel Akosta", "Don Karlos" kabi spektakllari teatr ravnaqiga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Fojiaviy, dramatik, komik, operetta, pantomimik kabi birbiriga kontrast janrdagi spektakllar sahnalashtirib, muvaffaqiyat qozongan.
 
1924 yildan Gruziya davlat kino sanoatida ham ishlagan. "Oʻgay ona Samanishvili", "Qonun va burch", "Gogi Ratiani", "Soʻna" kabi filmlarga rej.lik qilgan. M. ijodi Gruziya ki-nosining shakllanishiga va N. Shengelaya, M. Chiaureli kabi Gruziya kinosining yirik arboblari ijodiga katta taʼsir etdi va ular M. rej.lik sanʼati prinsiplarini rivojlantirdilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
197 605

ta tahrir