Mark Twain: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda (2), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil using AWB
Qator 27:
"Geklberri Finning boshidan kechirganlari" (1884) romanida amerikacha xdyotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonmayon mavjudligi koʻzga tashlansa, "Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar" (1889) qissasida ijtimoiy qaramaqarshilik dunyosi krralanadi. "Missisipidagi eski davrlar" (1875), "Missisipidagi hayot" (1883) kitoblari, "Shahzoda va gado" (1882), "Ovsar Vilson" (1894), "Tom Soyer chet elda" (1894), "Tom Soyer — josus" (1897), "Sirli notanish odam" (1916) kabi roman va qissalar muallifi.
 
Yozuvchining 1895 y.yil dagi jahon boʻylab sayohati "Ekvator boʻylab" (1897) kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi, shu jumladan "Qorongʻida oʻtirgan odamga" (1901), "Harbiy ibodat" (1923 yilda nashr etilgan) asarlarida aks etgan.
 
Bolalarga atab yozilgan asarlari bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladi ("Tom Soyerning boshidan kechirganlari", 1876 va boshqalar). "Tom Soyerning boshidan kechirganlari" asari (A. Pirnazarov tarjimasi) oʻzbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Shuningdek, "Geklberri Finning boshidan kechirganlari", "Hikoya va pamfletlar" (1959), "Shahzoda va gado" (1962) va boshqa asarlari xam oʻzbek tiliga tarjima qilingan, maktab darsliklariga kiritilgan.