Marksizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar, va b.) → va boshqalar) (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr (2), i. ch. → ishlab chiqarish (3) using AWB
Qator 1:
'''Marksizm''' — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va boshqalar), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va boshqalar), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va boshqalar) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta taʼlimotni ishlab chiqdilar.
 
M.da moddiy i.ishlab ch.chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va i.ishlab ch.chiqarish munosabatlari jamiyatning negizi sifatida karaladi. M. xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatda i.ishlab ch.ningchiqarishning ijtimoiy va oʻzlashtirishning xususiy harakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob toʻgrisidagi qonunni asoslashga urinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, sinfiy kurash bilan bogʻliq nazariyani ilgari suradi. Jamiyat tari-xiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. M.ga kura, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. M. ishlab chikarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshka mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan notoʻgʻri qarashni ilgari suradi.
 
M.ning qoʻshimcha qiymat qonuni kapitalizmning asosiy iqtisodiy qonuni deb qaralgan. M.da tarixni materialistik tushunish orqali jamiyatning rivojlanish qonunlari, kapitalizmning sotsializm bilan almashinishi muqarrarligi, kapitalizmdan sotsializmga oʻtish davri, kommunizmning ikki fazadan iborat ekanligi gʻoyasi ilgari suriladi va sotsializm kommunizmning quyi fazasi sifatida qaraladi. Yana q. Sotsializm.
 
M. 19-a.asr ijtimoiy fikr taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Ayni vaqtda undagi xayoliy, ziddiyatli va xato tasavvurlar tanqidga uchradi. M.da ijtimoiy qarama-qarshiliklar, sinfiy kurash va zoʻrlik nazariyasi mutlaqlashtirildi, proletariatning tarixiy roli asossiz ravishda ulugʻlandi. M. Rossiyadagi Oktyabr toʻntarishi va kommunistik totalitarizmga xizmat qildi.
 
M. davlat mafkurasi boʻlib qolgan koʻp mamlakatlarda 20-a.ningasrning 80-yillaridan boshlab mustabid rejimlarning yemirilishi va mustaqil davlatlarning taraqqiyot yoʻllarini belgilab olishi M.ni tanqidiy oʻrganish va unga baho berishda yangi davrni boshlab berdi.
 
Ibodulla Ergashev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>