Mehmed II Fotih: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.ning → yilning (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, 6y.ning → 6 yilning (9) using AWB
Qator 1:
'''Mehmed II FOTIH''' (1432-1481) -usmonlilar sulolasiga mansub turk sultoni (1444-46, 1451-81). Murod II ning 4-farzandi. M. II F. turk, arab, fors, yunon, slavyan tillarini bilgan. Turk qoʻshinlarining yurishiga shaxsan koʻmondonlik qilib, jahongirlik siyosati yurgizgan. 1452 yilning martida M. II F. buyrugiga binoan, Bosforning Osiyo qismida Boyazid I Yildirim tomonidan barpo etilgan Ana-doʻlihisorning qarama-qarshisida, yaʼni Bosforning Yevropa qismida Ru-melihiyura quriladi. Natijada Bosfordan suzib oʻtayotgan xorijiy kemalarni bojxona tekshiruvidan oʻtkazish imkoniyati tugʻiladi. 1453 yilning martida M. II F. 150 ming kishilik qoʻshin, 80 harbiy kema va 300 dan ortiq yuk kemalari bilan Vizantiya poytaxti Konstantinopol tomon yurish boshlagan. Qirq kunlik (18 aprel — 29 may) qamaldan soʻng shahar zabt etilgan. Konstantinopolning turklar tomonidan zabt etilishi yakunlanadi. Konstantinopolning qulashi Vizantiya imperiyasiga xotima yasagan va, aksincha, Usmonli turk imperiyasini jahondagi eng qudratli saltanatlardan biriga aylaniishga olib kelgan. Shahar turkcha Istanbul deb nomlana boshlagan. M. II F. shundan soʻng Bolqon hamda Markaziy Yevropa mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Dastlab u Serbiyaga zarba bergan, ammo, 1456y.ning1456 yilning 27 iyulida Belfad ostonasvda Yanosh Xu-nyadi lashkari bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragan. 1459 y.yil turklar Serbiyani, 1460 y.yil Moreyani, 1463 y.yil Bosniyani, 1476 y.yil Valaxiyani, 1478—79 y.yil Albaniyani oʻz tasarrufiga kiritganlar. M. II F. 10 yildan ziyod muddat davomida Karaman beyi hamda Oq qoʻyunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi siyosiy kurash olib borib butun Kichik Osiyoda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 1475 y.yil M. II F. Kafa, Kerch, Sudak singari Qora va Azov dengizi boʻylaridagi shaharlarni istilo etib, Qrim xonligini oʻziga vassal qilgan. 1461 y.yil savdo yoʻlidagi mu-him yunon davlati Trapezund (Trabzon) ni M. II F. jangsiz egallagan. Turk qoʻshinlarining zafarli yurishlari M. II F.ni Yevropaning Vengriya, Italiya, Germaniya kabi davlatlari hududlarini ham istilo qilish rejasini tuzishga ruhlantirgan. 1480 y.yil 300 kemaga joylashgan 100 ming nafar qoʻshin Jan. Italiyaning Otrango sh.shahri tomon yoʻl oladi va uni 2 haftalik qamaddan soʻng qoʻlga kiritgan. Shahar aholisining yarmi qirib tashlanib, 8 minggi qulga aylantirilgan. Shunga qaramay, M. II F. ning ushbu yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Italyanlar kuchlarini bir yerga jamlab turklarga bir qancha kuchli zarbalar berishgan. M. II F. taxt vorisi Boyazid II buyrugʻiga muvofiq, xos tabibi tomonidan zaharlab oʻldirilgan. M. II F. davrida Usmonli turk imperiyasining ilk qonunlar majmu-asi ("Qonunnoma") tuzilgan. M. II F. harbiy va maʼmuriy boshqaruv islo-hoti oʻtkazib, armiya va davlatni mustahkamlagan. U olim va fuzalolarga homiylik qilgan, qurilish ishlariga katta eʼtibor bergan, hukmronligi davrida mamlakatda 380 ta masjid qurdirgan, Istanbul untiga asos solgan. M. II F. fors, yunon va arab adabiyotini yaxshi bilgan, oʻzi ham "Avniy" ta-xallusi bilan sheʼriy devon bitgan.
 
== Adabiyot ==