197 605
ta tahrir
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Hoz. → Hozirgi (2), va b.) → va boshqalar) (4), va b. → va boshqa (2) using AWB) |
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi, -a. → -asr (12) using AWB) |
||
M. asari amaliy xizmati, vazifasidan tashqari maʼlum gʻoyaviybadiiy mazmunni, oʻz davrini ifodalovchi meʼmoriy qiyofa — obrazni mujassam etadi, moddiy madaniyatning eng ma-hobatli va eng koʻp harajatli, tarkibiy qismini tashkil qiladi; ayni vaqtda mahobatli sanʼat sifatida namoyon boʻladi. M. boshqa turli xil sanʼat namunalarini (haykaltaroshlik, oʻymakorlik, ganchkorlik kabi) oʻzida’ mujassam etishi bilan sanʼatlar onasiga, fazoviy shakllar oʻzaro mutanosib, hamohang boʻlishini nazarda tutib meʼmoriy kadimiyat yodgorliklari toshda qotib qolgan musiqaga oʻxshatiladi. Binoning mustahkam, inson uchun kerak va goʻzal boʻlishi M.ning ilk taraqqiyoti davridan hozirgacha asosiy omili hisoblanadi. Qad. dunyo tarixida mashhur boʻlgan yetti moʻʼjizatpk hammasi inson dahosi bilan yaratilgan meʼmoriy sanʼat asarlari boʻlgani bejiz emas.
Oʻtmish davru davronlar toʻfonida juda koʻp mahobatli binolar nomnishonsiz toʻzib ketgan. Lekin asrlar osha yetib kelgan buyuk meʼmoriy meros yodgorliklari zamirida M.ning yuksalish samara va marralarini kuzatish mumkin. Ayniqsa, moddiytexnika imkoniyatlari kengayishi, badiiy tarixiy tajriba ortishi natijasida M.ning uslubiy oʻzgarishlari paydo boʻldi. Qad. Sharq va Misrda M.ning hali tarix bilmagan, odamlarni hayratda qoldiradigan mahobatli ehrom (piramida), zikkurat kabi ilohiy mafkura bilan bogʻliqulkan inshootlari qad. koʻtardi. Hozir ham Misr exromlarini hayrat bilan ziyorat etadilar. Yunonistonda bunyod etilgan antik, klassik davrlar uslubida (
Klassik orderlar — ustunlar tizimi asosida keng koʻlamda murakkab meʼmoriy ansambllar, majmualar, katta shaharlar bunyod etildi. Klassik M. qonunqoidalari yangi zamon sharoitida noyob va nafis kompozitsiyalar yaratish im-koniyatiga keng yoʻl ochib berdi.
Oʻrta asrlar meʼmorligida 16-
Oʻzbekiston M.gi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʻlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni tortadi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi eng qad. madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʻyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Afrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Tosh-kent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʻqon kabi koʻhna shaharlar oʻzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʻoki Attori, Chashmai Ayyub, Poyi kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʻbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjidmadrasa va boshqalar) bilan dunyoga tanilgan. Oʻzbekiston M.gi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Amir Temur va temuriylar davri bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uni Uygʻonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʻlib qolgan, "er yuzining sayqali" Samarqand, "bilim va odob gumbazi" Kesh — Shahrisabz shaharlari, ayniqsa Amir Temur saʼyehtimoli, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʻpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʻksaroy koʻshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʻk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʻtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʻldi. Koʻhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʻistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʻlandi. Samarqand atrofida paydo boʻlgan marjon bogʻlar halqasi toʻrida Dilkusho koʻshki — Ishratxona, Chilustun koʻshki, kichik Oqsaroy koʻshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʻzal Bogʻi Dilkusho, Bogʻi Naqshi Jahon, Bogʻi Shamol, Bogʻi Chi-nor kabi bogʻlar umuman meʼmoriy bogʻsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʻsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur bilan kirib kelganini hind sanʼatshu-noslari eʼtirof etishadi. Hatto oʻrta asrlardagi Yevropa bogʻ-parklariga te-muriy bogʻlari taʼsiri borligi sir emas. Xuddi shu davrda M. bilan bogʻliq ilm-fan risolalari yaratilgani eʼti-borni tortadi. Agar Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida M.dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan boʻlsa, Ulugʻbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, M.ka doir risolalar yozishgan, bogʻsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-
Oʻzbekiston M.gi tarixini oʻrganish yoʻlida anchagina samarali tadqiqotlar bajarildi. Ayniqsa, M. bunyodkori xalq meʼmorlari ijodini oʻrganish natijasida qad. zamonlardayoq unut boʻlgan baʼzi meʼmoriy qonunqoidalar siru asrori ochildi. Hatto uzoq Misrdagi piramidaehromlar loyihasi haqidagi keyingi ikki asr davomida olimlar bahs etib kelayotgan muammo oʻzbek xalq meʼmorlari amalida saqlanib qolgan meʼmoriy alqonun-ulgutarh orqali oson yechimini topdi.
Oʻzbekiston M.gining asrlar davomida avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan anʼ-analari, qonunqoidalari 19-
Xalq meʼmorligi ikkinchi keskin zarbaga Sovet tuzumi davrida uchradi. M. davlat monopoliyasiga uchragani uchun meʼmorlar ijodi va tashabbusi tamoman inkor etilgani natijasida joylardagi yirik qurilishlar, ayniqsa, shaxsiy binokorlik cheklab qoʻyildi, oqibatda tajribali xalq meʼmorlari oddiy quruvchi, hatto mardikor darajasiga tushib qoldi. M. ijodi Moskva normativlari asosida bajarilishi milliy M.ni soʻndirib qoʻydi. "Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik arxitektura" shiori 20-
Mustaqil Oʻzbekiston M. sohasida toʻgʻon boʻlgan gʻayri talablarga barham berdi, M. ravnaqi uchun keng ijod ufqi ochildi. Toshkent va Samarqandda maxsus Arxitektura-qurilish institutlari malakali meʼmorlar tayyorlab bermoqda. Maxsus oʻquv yurtlarida rassom, haykaltarosh, ganchkor, naqqosh kabi mutaxassislar tayyorlanadi. Oʻzbekiston M.gi keyingi oʻn yillik (1991—2001) ichida katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, poytaxt Toshkent qiyofasi oʻzgarib, yanada obod boʻldi, mahobatli binolar qad koʻtardi ("Turkiston" saroyi, Oqsaroy, Toshkent hokimiyati, Oliy majlis binolari, Oʻzbek milliy teatri rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston konser-vatoriyasining yangi binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur va Alisher Navoiy haykallari va h. k.).
|