Mirmuhsin: Versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 7 y. → 7 yil (2) using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2), va b.) → va boshqalar), va b. → va boshqa using AWB)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 7 y. → 7 yil (2) using AWB)
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Mirmuhsin''' (taxallusi; asl ismsharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — Toshkent — 1929.4.8) — jurnalist, yozuvchi. Oʻzbek matbuotining asoschilaridan biri. 1916—17 yillarda Ufadagi "Oliya" madrasasida oʻqigan. 1917 y.yil Toshkentga qaytgan. 1917 y.yil Fev. inqilobi munosabati bilan "Turon" gaz.ga yozgan "Tarixiy ikki voqea" maqolasi katta janjalga sabab bulgan. Sebzor qozikaloni hukmi bilan M.ga oʻlim jazosi beriladi. Lekin bu hukm qamoq jazosi bilan almashtiriladi. M. qamoqdan qochib, Ufaga ketadi. Fukarolar urushi boshlanib ketgach, M. Sharqiy frontning 1 — 5-armiyalari siyosiy boʻlimida jangchi-jurnalist sifatida xizmat qiladi. 1920 yilning boshlarida Toshkentga kaytib, dastlab "Ishtirokiyun", soʻng "Qizil bayroq", "Turkiston" va boshqa gaz.larda muharrirlik qiladi. M.ning hozircha maʼlum sheʼrlari 700 misra atrofida. Bundan tashqari, u hikoyalar, maqolalar yozgan. "Befarzand Ochildiboy" (1914) nomli birinchi oʻzbek romani muallifi. Adib ilmmaʼrifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon bulishiga astoydil ishonadi, "avom"ni ilm olishga daʼvat etadi ("Milliy adabiyot", "Ahvoli odamdin bir namuna", "Adabiyot" va boshqalar). Xalqning ogʻir va mashaqqatli, fojiaga tuda turmushini tasvirlaydi ("Ashʼor", "Bizni"). M.ning "Yigirmanchi asrda Turkiston boboy", "Zindon" (1914) kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan Turkiston qiyofasi, idora usuliga oid karashlari bayon etilgan. U inqilobning dastlabki yillarida shurolarga ishongan, ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning "yoʻqsullik" rangiga buyalib, yanada keskinroq tus olgani, milliydiniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani M. umidlarini puchga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va koʻtarinki ruh yoʻqolib, umidsizlik kuchayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir-oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi.
 
== Adabiyot ==
197 605

ta tahrir