Mis — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i.ch.da → ishlab chiqarishda (4) using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (7), va b. → va boshqa (2) using AWB)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i.ch.da → ishlab chiqarishda (4) using AWB)
M. yumshoq, chuziluvchan, bolgʻalanuvchan kizgʻish metall. Zichligi 8,96 g/m³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 1083°, qaynash temperaturasi 2567°, Moos boʻyicha qattikligi 3,0. M. issiklik va elektr tokini juda yaxshi oʻtkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. M. kimyoviy jihatdan unchalik faol emas. Havoda oksidlanib qorayadi. Nam havoda gidroksikarbonat hosil bulgani uchun koʻkaradi. M. birikmalarida +1 va +2 valentli boʻladi. M. havoda qizdirilsa, avval mis (1)-oksid Si2O (377° gacha), soʻngra qora M. — mis (P)-oksid SiO (377° dan yuqorida) hosil boʻladi. M. galogenlar bilan oson birikadi. Nam xlor odatdagi temperaturadayoq M.ga taʼsir etib, suvda eriydigan mis (N)-xlorid xrsil qiladi (yana q. [[Mis galogenidlari]]). Azot, vodorod, uglerod bilan yuqori temperaturada ham reaksiyaga kirishmaydi. Nitrat kislotada erib, mis (P)nitrat va azot oksidi, konsentrlangan issiq sulfat kislota bilan birikib, mis (P)sulfat va sulfid angidrid beradi. M.ning tuzlari zaharli. M. koʻpgina metallar bilan krtishmalar hosil qiladi. Bir va ikki valentli M. juda koʻp barqaror kompleks birikmalar vujudga keltiradi.
 
M., asosan, sulfidli mis rudalaridan olinadi. M. elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar i.ch.daishlab chiqarishda, badiiy buyumlar tayyorlashda, krtishmalar olishda, tuzlari esa pigmentlar va sunʼiy ipak olishda, oʻsimlik zararkunandalariga karshi, teri (kun) sanoatida, mikrooʻgʻit sifatida va tibbiyotda ishlatiladi.
 
Mis birikmalari — mis 1 va 2 valentli barqaror birikmalar; baʼzan 3 valentli beqaror birikmalar ham hosil qiladi.
Mis (1)-xlorid, CuCl — rangsiz kristall modda. Suyuklanish temperaturasi 430°, qaynash temperaturasi 1490°, zichligi 4,14 g/sm³. Suvda va spirtda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Gazlarni yutuvchi, katalizator, antioksidant sifatida qoʻllanadi.
 
Mis (P)-xlorid, SiS12 — toʻq jigarrang kristall modda. Suyuklanish temperaturasi 596°, zichligi 3,386 g/sm³. 993° da CuCl va xlorga ajraladi. Suvli eritmalaridan 2, 3, 4 molekula suvli kri-stallogidratlar koʻrinishida kristallanadi. CuCI22H2O (ernoxalsit minerali) — rombik panjarali kristall modda. Zichligi 2,54 g/sm³. Metallarni mislashda, katalizator sifatida, matolarni boʻyashda qoʻllanadi. Tabiatda misning oltingugurtli birikmalari kovellin CuS, xalkozin Cu2S, anilit Cu7S4> xalkopirit CuFeS2, bornit Cu5FeS4 va boshqa minerallar koʻrinishida uchraydi. Mis i.ch.daishlab chiqarishda, boʻyoqlar uchun pigment, yarimoʻtkazgich qotishmalar komponenti sifatida qoʻllanadi.
 
Mis (P)gidroksid, Si(ON)2 — havorang amorf yoki kristall modda. Zichligi 3,686 g/sm³, suvda erimaydi, 70—90° da SiO va suvga ajraladi. Kislotalar bilan tegishli Si (II) tuzlari, ishkrrlarning suvdagi eritmalari bilan yorqin havorang beqaror kupratlar MP2[Cu0H4|, ammiakning suvdagi eritmasi bilan toʻq havorang ammiakat [Cu(NH)3]4 (shveysar reaktivi), vodorod sulfid bilan CuS va suv hosil qiladi. Mis karobonatlari tabiatda toʻq yashil kristall malaxit minerali CuCO3Cu(OH)2 va havorang kristall— azurit minerali 2CuCO3Cu(OH)2 koʻrinishida uchraydi. Mis i.ch.ishlab chiqarish da, boʻyoqlar tayyorlashda (mas, "malaxit yashili"), qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Sariq rangli kristall holdagi mis (1)karbonat Si2SO3 ning mavjudligi haqida ham maʼlumotlar bor.
 
Mis (P)nitrat, Cu(NO3)2havorang gifoskopik kristall modda. Suvda, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Suvli eritmalaridan 3, 6, va 9 molekula suvli kristallogidratlar koʻrinishida kristallanadi. 1,5 va 2,5 molekula suvli kristallogidratlari ham maʼlum. Mis i.ch.daishlab chiqarishda, misli katalizator va fungitsit sifatida, matolarni boʻyashda ishlatiladi.
 
Omonulla Xoʻjayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
197 605

ta tahrir