Moskva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (3), hoz. → hozirgi, sh.da → shahrida, y.da → yilda (20), va b.) → va boshqalar) (4), va b. → va boshqa (7) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl (3), q. x. → qishloq xoʻjaligi, sh. → shahri, 6 y. → 6 yil (9), sent. → sentabr, -a.lar → -asrlar (8), i.ch.ning → ishlab chiqarishning, bal. 2 → bal using AWB
Qator 36:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
{{Maʼnolari|Moskva (maʼnolari)}}
'''Moskva''' — RF poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. RFning yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. M.da Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, RF hukumati, Konstitutsiyey Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, RF Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan. 10 maʼ-muriy okrugga (Markaziy, Sharqiy, Jan.-Sharqiy, Janubiy, Jan.-Gʻarbiy, Gʻarbiy, Shim.-Gʻarbiy, Shimoliy, Shim.Sharqiy hamda Zelenograd sh.shahri) boʻlingan. Shahar chegarasi, asosan, Moskva halqa avtomobil yoʻlidan oʻtadi. Maydoni (M. meriyasiga karashli boʻlgan Zelenograd va boshqa aholi punktlaridan tashkari) 994,0&nbsp;km², shu jumladan, Moskva halqa avtomobil yoʻli doirasida 878,7&nbsp;km². Aholisi 8305,0 ming kishi (2001; M. shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlari bilan 8600 ming kishi)dan ziyod. Rossiyaning Yevropa qismida Smolensk-Moskva qirlari, Oka-Moskvoretsk tekisligi va Meshchyora pasttekisligi tutashgan joyda, Oka va Volga daryolari orasida, Moskva daryosi sohillarida joylashgan. Shahar hududining asosiy kismi 120 m balandlikda, keng tarqalgan qayirlar va qayir usti terrasalariga ega boʻlgan Moskva daryosi va uning irmoklari (Yauza, Setuni va boshqalar)ning keng vodiyli morena va flyuvioglya-sial tekisliklari chegarasi ichida oʻrnashgan. Suvayirgʻichlar (shu jumladan, "etti tepalik" — [[Kreml]], Sreten, Tver, Tryoxgorka, Tagan, Lefort, Vorobyov tepaliklari)ning bir oz koʻtarilgan qismlari daryo vodiylari va jarliklar bilan almashib boradi. Relyefning eng yuqori nuqtalari Teplostan qirlari (bal.balandligi 254 m gacha) kirib borgan jan.-sharq va SmolenskMoskva qirlarining jan. yon bagʻridagi Ximki suv havzasi xududida joylashgan. Shaharning sharqiy, jan.-sharqiy qismlari Meshchyora pasttekisligining gʻarbiy chekkasida oʻrnashgan. M.ning markaziy r-nlarida qayta ishlangan grunt, koʻchalar va h.k. qoldiqlaridan tarkib topgan madaniy qatlamning qalinligi 4–6 m (koʻmilgan jarliklar, kichkina soylar, hovuz va botqoqliklar oʻrnida 10–20 m)ga yetadi. 100 dan ziyod soy, shu jumladan, Neglinnaya yer osti quvurlari orqali oʻtkazilgan. M. iqlimi moʻʼtadil kontinental. Qishi moʻʼtadil sovuq. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —10,2°. Yozi issiq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 18,1°. Shahar markazi temperaturasi chekkalarga nisbatan oʻrta hisobda 1,5—2° yuqori. Yillik yogʻin 540–650&nbsp;mm (eng kupi iyul— avg .da). Rossiyada ilk bor barpo qilingan Los Oroli milliy bogʻi M. hududida joylashgan.
 
M. toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumot 1147 yildagi solnomada berilgan. Suzdal va Buyuk Kiyev knyazi Yuriy Dolgorukiy anʼana boʻyicha M.ning asoschisi hisoblanadi. 1156 y.yil chamasi Borovitsk tepaligida, Neglinnaya da-ryosining Moskva daryosiga quyilish joyida dastlabki qoʻrgʻoncha oʻrnida ke-yinroq [[Kreml]] nomini olgan yogʻoch-tuproqdan istehkom qurilgan (q. [[Kreml]]). Vladimir-Suzdal Rusining chekka shahri hisoblangan. M. Chernigovdan Kiyevga boradigan yoʻllar chorrahasida shakllangan. 1237 yilda, moʻgʻullar bosqini davrida, Botuxon qoʻshinlarining bostirib kirishi natijasida M. vayron qilindi, lekin, tez orada qayta tiklanib kichikroq udel knyazligining markazi boʻldi. Knyaz Yuriy Danilovich (1303—25 yillarda boshqargan) knyazlikka yorliq olgan birinchi Moskva knyazi boʻldi. 14—15-a.lardaasrlarda M. rus yerlarini birlashtirish, moʻgʻullar zulmidan ozod boʻlishga qaratilgan kurashning tashkilotchisi, markaziga aylandi. M. atrofida rus yerlarining astoydil birlashtirishni boshlagan knyaz I. D. Kalitaning (1325—40) faoliyati katta ahamiyatga ega boʻldi. taxminan 1326 yilda M.ga Vladimir shahridan Rus pravo-slav cherkovi mitropolitlarining qarorgohi koʻchirildi. KnyazD. I.Donskoy (1359—89) davrida M. moʻgʻullar zulmiga qarshi kurash markaziga aylandi. 1380 yilda Kulikovo maydonida moʻgʻullar qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan umumrus qoʻshini M.da shakllandi. 15-a.asr oxirida ulugʻ knyaz Ivan III Vasilyevich (1462—1505) davrida M. yagona Rus davlatining poytaxti boʻldi. 15-a.asr oxiri — 16-a.asr boshlarida [[Kreml]]ni qayta qurilishi, uning hududida Moskva davlatining bosh soborlari — Uspeniye, Arxangelskiy va Blagoveshcheniye qad koʻtardi. 1547 yilda ulugʻ knyaz Ivan IV Grozniy (1533—84) podsho unvonini qabul qildi. Romanovlar sulolasining birinchi podsholari Mixail Fyodorovich va Aleksey Mixaylovichlarning hukmronligi davri — notinch yillarda yoqib tashlangan M. yangidan qurildi. 1687 yilda Slavyan-grek lotin akademiyasi ochildi. 1708 yilda shahar M. gubernyasining markazi boʻldi.
 
Rossiya poytaxtining SanktPeterburgga koʻchirilishi (1712) bilan Moskva birinchi poytaxt, muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini saklab qoldi. M.da imperatorlarga toj kiygizish marosimlari oʻtkazib kelingan. 1703 yildan boshlab podsho Petr I ning tashabbusi bilan "Vedomosti" birinchi rus bosma gaz. nashr qilina boshlandi. 17-a.asr oxiridan shaharning oʻzini oʻzi boshqarish tizimi shakllandi. Izchillikb-n shahar bo-shqaruvi organi sifatida Burmistr palatasi, Ratusha, Magistrat, 1785 yildan — Umumiy va Olti ovozli Duma, ke-yinroq (1870 yilda) shahar Dumasi tuzildi, 1812 yildagi urush davrida Moskva sent.sentabr-okt. oylarida Napoleon I ning fransuz qoʻshinlari qoʻlida edi. Katta yongʻin shahar binolarining 2/3 qismini yoʻq qildi. Fransuzlar M.ni tashlab chiqib ketdilar. Sanoat va t.y.temir yoʻl qurilishining rivojlanishi bilan M. Rossiyaning iqtisodiy va transport markazlaridan biriga aylandi. 1917 y.yil noyabrda shaharda bolsheviklar xrkimiyati oʻrnatildi. 1918 y.yil 12 martda poytaxt yana M.ga koʻchirildi. SSSR tashkil qilingandan keyin (1922 y.yil 30 dek. da) M. uning poytaxti boʻldi. 1929 yildan M. — Moskva viloyati markazi. 1935 yilda M.ni birinchi Bosh plani qabul qilindi. Oʻsha yili M.da metropoliten ishga tushirildi. 1941 y.yil dek.da nemis qoʻshinlari M. ostonalariga yetib keldi va shaharni bombardimon qila boshladi. Ke-yinroq nemislar chekinishga majbur boʻldi. 1945 y.yil 24 iyunda M.da Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtdi. 1965 y.yil 8 mayda M.ga qaxramon shahar unvoni berildi. 1950-yillar oʻrtalaridan shaharda keng miqyosda uy-joy va madaniy qurilish avj oldi. 1980 yilda M.da 22-olimpiada oʻyini boʻlib oʻtdi. SSSR qulagach, M. (1991 y.yil 25 dek.dan) — RF poytaxti.
 
M.da aviatsiya, raketa-kosmik, radioelektronika, priborsozlik sano-atlarining yetakchi korxonalari joylashgan. Shuningdek, mashinasozlikning muhim tarmoqlaridan stanok-as-bobsozlik (M.da Rossiya metall kesuvchi stanoklarning 9,3% hamda asboblar, temirchilikpress uskunalari, sanoat robotlari, avtomat va yarim avtomat liniyalar va boshqalar), turli elektronika, avtomobilsozlik (6,8% Rossiya yuk avtomobillari va 6,3% yengil avtomobillar) sanoati rivojlangan. Sovitkich, kompressor va koʻtargich (Rossiya liftlarining 64%) uskunalar, podshipnik, soatlar va boshqa ishlab chiqariladi, kimyo sanoati (shu jumladan, avtomobil shinalari, texnik rezina mahsulotlari, boʻyoklar, maishiy kimyo mollari), neftni qayta ishlash z-dlari mavjud. Kora metallurgiya korxonalarida sifatli poʻlatdan turli xil mahsulotlar, quvurlar, metall buyumlar ishlab chiqariladi. M. — yengil, asosan, toʻqimachilik (Rossiya ip gazlama i.ch.ningishlab chiqarishning 5,9%, ipakning 9,4%, hamda jun gazlamalar) va tikuvchilik sanoatining anʼanaviy markazi. Poligrafiya, oziq-ovqat (Rossiya qandolatpazlik mahsulotlarining 22% hamda koʻpgina tamaki mahsulotlar) sanoatlari bor. AMO "ZIL", AZLK avtomobil z-di, "Moskva podshipniki" va aviatsiya korxonasi ishlab turibdi. Shahardan turli yoʻnalishlarda t.y.temir yoʻl liniyasi ketgan. Har kuni M.ning 9 ta t.temir y.yoʻl vokzali orqali 2 mln. ga yaqin yoʻlovchi kelib-ketadi. M.da 3 yirik dare porti (Gʻarbiy, Shim. va Jan.) bor. M. 13 avtoyoʻl orqali Rossiyaning yirik shaharlari, uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan bogʻlangan. M. mamlakat havo yoʻllarining eng yirik tugunidir (Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo, Bikovo aeroportlari). M.da Rossiyaning toʻngʻich va eng katta masofaga choʻzilgan (1999 y.yil da 160 stansiya) metropoliteni mavjud. Poytaxtda Rossiya FA, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi, Rossiya q.qishloq x.xoʻjaligi akademiyasi, Rossiya taʼlim akademiyasi, Rossiya badiiy akademiyasi va boshqa faoliyat koʻrsatadi. 1000 dan ziyod i.t. instituti va konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. 80 dan ziyod oliy oʻquv yurti, shu jumladan, 13 un-t mavjud. Shaharda 140 dan ziyod professional teatr bor, shulardan: Katta teatr, K. S. Stanislavskiy va V. I. NemirovichDanchenko nomidagi, Operetta teatrlari; dramatik teatrlar — Kichik teatr, M. Gorkiy nomidagi Moskva badiiy akademik te-atri, Yevgeniy Vaxtangov nomidagi, V. Mayakovskiy, Mossovet, M. N. Yermolova nomidagi, Rossiya Armiyasi Markaziy teatri, Tagankadagi, Kichik Bronniy, Satira, "Sovremennik", A. I. Raykin nomidagi "Satirikon", S. V. Obrazsov nomidagi Markaziy qoʻgʻir-choq teatri va boshqa 2 sirk, konservatoriya, P. I. Chaykovskiyning konsert zali va boshqa bor. M.da "Mosfilm" kino-konserni va boshqa kinostudiyalar joylashgan. M. mamlakat tele- va radioeshittirish tizimining markazi, bu yerda mashhur Ostankino teleminorasi mavjud.
 
M.da 70 dan ziyod muzey bor. Ular orasida A. S. Pushkin nomidagi tasviriy sanʼat muzeyi, Tarixiy muzey, Politexnika muzeyi, [[Kreml]]ning Qurol-aslaqa palatasi, A. V. Shchusev nomidagi meʼmorlik muzeyi, Moskva tarixi muzeyi, A. A. Baxrushin nomidagi Teatr muzeyi, Adabiyot muzeyi, V. M. Vasnetsov uymuzeyi, M. Gorkiy, M. Yu. Lermontov, A. N. Ostrovskiy, A. S. Pushkin, L. N. Tolstoy, M. I. Svetayeva, A. P. Chexov, F. I. Shalyapin muzeylari va boshqa mavjud.
 
M.ning eski qismi radialhalqa shaklidagi tuzilishga ega. M.ning tarixiy markazi — Moskva [[Kreml]]i ansamblidir, uning yonida Kizil maydon, Vasiliy Blajenniy ibodatxonasi joylashgan. Saklanib qolgan yedgorliklar orasida — Kolomenskoyedagi Vozneseniye cherkovi, monastirlar meʼmoriy majmuasi (Andronikov, Donskoy, Svyato-Danilov, Novodevichiy, Simonov va boshqalar), qoʻrgʻonlar ansambllari (Kuskovo, Ostankino, Kuzminki, Saritsino va boshqalar), 17-a.asr cherkov va ayrim binolari, 18-a.asr — 19-a.asr larning 1-yarmidagi klassitsizm uslubidagi turar joy va jamoat binolari — Pashkov uyi (hozirgi Rossiya davlat kutubxonasi binosi), Oliy Majlis binosi, M. universitetining eski binosi, Katta teatr bor. 1920—70 yillarda M. markazi va yirik magistrallar qayta tiklandi (bu jarayon davomida koʻpgina nodir tarixiy va meʼmorii yedgorliklar buzib tashlandi). 50-yillar oʻrtalaridan zamonaviy loyixa boʻyicha katta shahar r-nlari qurildi, yangi mikrorayon va yirik jamoat inshootlari, baland binolar (shu jumladan, Vorobyev te-paligidagi un-t), Lujnikidagi Markaziy stadion majmuasi, [[Kreml]]dagi sʼyezdlar saroyi, Yangi Arbat ansambli, olimpiya obʼyektlari barpo qilindi. 1990-yillar boshlaridan koʻpgina meʼmorii va tarixiy yedgorliklar (shu jumladan, Iso paygʻambar ibodatxonasi) taʼmirlanmoqda. Poklonnaya tepaligidagi Zafar bogʻi memorial majmuasi va Manej maydonidagi savdo majmuasi qurildi, Lujnikidagi Markaziy stadion taʼmirlandi, shahar va uning atrofi transport infrastrukturam yaxshilandi. Moskva atrofida RF dagi eng yirik shaqar aglomera-siyasi vujudga keldi. 2001 yilda M.dagi Dobrininsk maydonida Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi (haykaltarosh J. Mirtojiyev).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->