Moʻgʻuliston (qadimgi davlat): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan, y.da → yilda, va b.) → va boshqalar) (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 8 y. → 8 yil (5) using AWB
Qator 4:
Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib keladilar. Muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻldi. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va shim.-sharqiy qismida qolgan turk va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa M. deb atay boshladilar. Movarounnahrga koʻchib ketgan qabilalar esa chigʻatoylar nomi bilan mashhur boʻldi. Moʻgʻullar Movaro-unnahrga koʻchib ketgan qabilalarni qoraunas (duragay), ular esa moʻgʻullarni jete (qaroqchi, talonchi) deb atardilar. 1348 yilda chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur M. xoni qilib koʻtarildi. Tugʻluq Temur vafotidan (1363) soʻng , Amir Qamariddin hokimiyatni qoʻlga oldi. Qamariddinning hukmronlik yillarida M.ga Chigʻatoy ulusining gʻarbiy qismida oʻz hukmronligini oʻrnatgan Amir Temur 7 marta (1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1388, 1389) qoʻshin tortgan. Qamariddin Temur qoʻshinlarining taʼqibi ostida bir qism navkari bilan shim.ga qochib ketdi. Taxtga Xizrxoʻja oʻtirdi. Xizr-xoʻja Temurning Eron va Iroq yurishlarida band boʻlganligidan foydalanib, M.da tartib oʻrnatish va markaziy hukumatni mustaqkamlashga muvaf-faq boʻldi, keyinchalik (1397) u bilan qarindosh boʻlib (Temurga qizi Tuman ogʻani bergan), oʻz mamlakatining mustaqilligini saqlab qoldi. Xizrxoʻja vafotidan soʻng uning oʻgʻli Shamʼi Jaqon hokimiyatni qoʻlga oldi (1399).
 
1408 y.yil Shamʼi Jahon vafot etgach, taxtga ukasi Muhammadxon koʻtarildi. Muhammadxon davrida Movarounnahr qoʻshinlari Qashqarni egallaganlar (1416). Muhammadxondan keyin taxtga oʻtirgan Shamʼi Jahonning oʻgʻli Naqshi Jahon Xitoy va Temuriylar saltanati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilash yoʻli bilan M. birligini saqlab qolmoqchi boʻldi. Lekin, u 1418 y.yil boshlarida Sheralining oʻgʻli Vaysxon tomonidan oʻldirildi. Vaysxon hukmronligi yillarida mulkdorlar orasida kurash yanada kuchaydi. Mulkdorlarning bir guruhi Vaysxon, yana bir guruhi Muhammadxonning oʻgʻli Shermuhammadxon atrofida uyushgan edi. Bu kurashda Vaysxon va uning tarafdorlarining qoʻli baland keldi. Shermuhammadxon Samarqandga qochib ketdi va 1421 y.yil Uning yordami bilanhokimiyatni Vaysxondan tortib oldi. Lekin oradan 3—4 y.yil oʻtgach, u Ulugʻbek hukumatiga boʻysunmay qoʻydi. Natijada 1425 y.yil Ulugʻbek katta qoʻshin bilan M.ga yurish qilib, hokimiyatni Vaysxonga topshirdi. Ana shu yili Qashqar M.dan ajratilib, Samarqandga boʻysundirildi. Vaysxon vafotidan soʻng uning 2 oʻgʻli: Yunusxon va Esonbuqo oʻrtasidagi tojtaxt uchun kurashda Esonbuqo gʻolib chiqdi. Yunusxon Samarqandga qochib ketdi. Esonbuqo M.dagi tarqoqlikka barham berdi, uning chegaralarini mustahkamladi. Esonbuqo vafot etgach, Yunusxon temuriy Abu Saʼid yordami bilan taxtga oʻtirdi. Abu Saʼid vafotidan soʻng , Temuriylar saltanatida boshlanib ketgan ichki nizolardan foydalanib, hatto Movarounnahrning ichki ishlariga ham aralashib turdi va Andijon hokimi Umarshayx Mirzoni (Boburning otasi) kuyov qilib Sayram, Toshkent va Oʻsh viloyatini oʻziga boʻysundirib oldi. Yunusxon vafotidan soʻng , xon qilib koʻtarilgan Sulton Mahmudxon faqat nomigagina M.ning oliy hukmdori hisoblanardi. Aslida esa bu vaqtda mamlakat maydamayda qismlarga boʻlinib ketgan edi. Mac: Oqsuv, Qorashahar vaTurfonda Sulton Ahmadxon, Chu va Qoʻziboshida qozoq sultonlari, Yettisuvda Muhammad qirgʻiz mustaqil hukmdor edilar. M. xonlari: TugʻluqTemur (1348—63), Qamariddin (1363—90), Xizrxoʻja (1390-99), Shamʼi Jahon (1399— 1408), Muqammadxon (1408—16), Na-qshi Jaqon (1416—18), Vaysxon (1418—21, 1425—28), Shermuhammadxon (1421-25), Esonbuqo (1428-62), Yunusxon (1462 — 87), Mahmudxon (1487-1508), Sayidxon (1504-32).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==