Muborak tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: Q.x. → Qishloq xoʻjaligi, M.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (3), t-ra → temperatura (2), Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (2), va b. → va boshqa (3) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t.y. → temir yoʻl, sh. → shahri, 8 y. → 8 yil, sent.da → sentabrda, Bal. 4 → Balandligi 4 using AWB
Qator 62:
}}
 
'''Muborak tumani''' - Qashqadaryo viloyatitsat tuman. 1978 y.yil 13 sent.dasentabrda tashkil etilgan. Gʻarbda Buxoro viloyati, shim.da Navoiy va Samarqand viloyatlari, sharkda viloyatning Koson tumani, jan.da Kasbi va Mirishkor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,07 ming km². Aholisi 62 ming kishiga yaqin (2003). Tumanda 4 qishloq fuqarolar yigʻini (Muborak, Sariq, Qarluk, Qoraqum), 1 shahar (Muborak) bor. Tuman markazi — Muborak sh.shahri
 
Tabiati. Tuman Qashqadaryoning quyi qismida, Qarshi choʻli zonasida joylashgan. Yer usti tekislik, adir va qirlardan iborat. Bal.Balandligi 450– 550 m. Yozi uzun va issiq, iyulda temperatura 42" gacha kutariladi. Yanv.da eng past temperatura —27°. Noyab. oʻrtalaridan havo soviydi va namgarchilik boshlanadi. Yillik yogʻin 190–200 mm. Vegetatsiya davri 270—280 kun. Tuman hududidan Qashqadaryo oqib oʻtadi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, turkman, tatar, arman, ukrain, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 20 kishi (2003).
 
Xoʻjaligi. Tumanhududidanneft va gaz konlari topilgan. Jan. Muborak, Shim. Muborak va boshqa konlardan neft va gaz chiqarilmoqda. Muborak— Zirabuloq, Muborak—Kogon, Muborak—Navoiy gaz uzatish quvurlari ishlab turibdi. Muborak tumani hududida tabiiy gazni qayta ishlash zavodi bor. Tumanda "Muborakneftgaz" korxonasi va unga qarashli Zevardi, Koʻkdumaloq, Alan, Oʻrtabuloq, Kultoq, Pomuq, Shimoliy Oʻrtabuloq, Kurik kabi gaz konlari ishlab turibdi. Tumanda 1 qoʻshma korxona, 850 dan ziyod kichik va xususiy korxona, 16 aksiyadorlik jamiyati mavjud. Qishloq xoʻjaligida paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilik yetakchi oʻrinda. 4 shirkat xoʻjaligi, 6 fermerlar uyushmasi, hamda naslchilik va qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan xoʻjalik bor. Jami 23,7 ming ga ekin maydonining 22,9 ming ga si sugʻoriladi, 11 ming ga maydonga paxta, 10,5 ming ga maydonga gʻalla, 100 ga maydonga sabzavot va poliz, 108 ga maydonga yem-xashak ekinlari ekiladi, 142 ga maydonni bogʻlar egallagan. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 12,5 ming qoramol, 137 ming qoʻy va echki, 20 ming parranda bor. Tuman markazini qishloqlar va qoʻshni tumanlar bilan bogʻlaydigan yoʻllar asfaltlangan. Muborak—Koson (50 km), Muborak—Qarshi (78 km), Muborak—Buxoro (90 km) va boshqa yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. Muborak tumani hududidan t.y.temir yoʻl oʻtgan. Tumanda 2001 yildan "Yangi asr" telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi.
 
Muborak tumanida 30 umumiy taʼlim maktabi, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, ped.iqtisodiyot kollejlari va kasb-hunar maktabi, 9 kutubxona, 3 klub, 2 yoshlar klubi, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, markaziy stadion va futbol maydonlari bor. "Mashʼal" futbol jamoasi respublikaning oliy tabaqasida qatnashadi. Tuman markaziy kasalxonasining 12 boʻlimi va qishloq vrachlik, feldsher-akusherlik punktlari hamda b. tibbiy muassasalarda 95 vrach va 217 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1978 yildan "Muborak hayoti" tuman gaz. chiqadi (adadi 1500).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>