Mulk: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: i.ch. → ishlab chiqarish using AWB
Qator 1:
'''Mulk''' — [[moddiy neʼmat|moddiy]] va [[maʼnaviyat|maʼnaviy]] [[neʼmatlar]]ning muayyan kishilar egaligida boʻlishi va ular tomonidan oʻzlashtirilishi; mulkka [[egalik huquqi]] hamda mulk obʼyektlariga egalik, ularni boʻlish, taqsimlash boʻyicha kishilar oʻrtasida yuzaga keladigan [[iqtisodiyot|iqtisodiy]] munosabatlar. Mulk obʼyekti yer va yer osti boyliklari, [[korxona]], [[bino]], inshootlar, mashina va uskunalar, tayyor [[mahsulot]], [[pul]], [[qimmatli qogʻozlar]], [[sanʼat]] va [[adabiyot]] [[asar]]lari, [[ilm]]iy va texnikaviy [[ilmiy ishlanmalar bozori|ishlanmalar]] va boshqalar boʻlishi mumkin. Moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni amalda oʻzlashtiruvchilar mulk subʼyektlari, yaʼni egalari hisoblanadi. Bularga ayrim kishilar, [[oila]]lar, [[jamoa]]lar va, nihoyat, [[davlat]] kiradi. Mulkdan [[amal]]da foydalanib, bundan naf koʻrish mulkni iqtisodiy tasarruf qilish hisoblanadi.
 
Kishilarning moddiy neʼmatlarni yaratishdagi, ularni taqsimlash va isteʼmol etishdagi oʻrni, siyosiy hayotda tutgan mavqei, asosan, i.ch.ishlab chiqarish vositalariga egalik qilishlariga bogʻliq. Jamiyat taraqqiyoti tarixida egalik qilish shakliga koʻra mulkning bir necha turi bor: ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqaruvchi kuchlar gʻoyat past rivojlanganidan kishilar birgalikda, guruh-guruh boʻlib mehnat qilishgan. Shubhasiz, shunday sharoitda mehnat qurollari va mahsulotlari jamoaning umumiy mulki boʻlgan. Mehnat qurollari va mehnat malakasi yuksalgach, kishilar yakka holda mehnat qila oladigan boʻldi. Bu oʻzgarish tufayli jamoa mulki parchalanib, xususiy mulkka aylangan. [[Xususiy mulk]] — bu mulkni oʻzlashtirishning xususiy usuliga asoslangan shakli. U 2 xil boʻladi: 1) individual — yakka xususiy mulk, yaʼni ayrim shaxslar yoki oilalarga tegishli mulk; 2) korporativ xususiy mulk, bu ham ayrim kishilarga qarashli, lekin aksiyadorlar jamiyatidagi umumiy mulkning bir qismi sifatida mavjud boʻlgan mulk. Korporativ mulk dividend keltiruvchi mulkdir. [[Jamoa mulki]] — bu jamoaga ixtiyoriy ravishda birlashgan kishilarning umumiy mulki boʻlib, bu mulkning egalari shu jamoada mehnat qilishi shart. Bu yerda mulk egasi ayni bir vaqtda shu mulkni amalda ishlatuvchi ham hisoblanadi. [[Davlat mulki]] — davlat ixtiyorida boʻlgan mulk, davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf etiladigan [[Monopoliya|monopollashgan]] mulkdir. Bunday mulk obʼyekti — yer, tabiat resurslari, asosiy vositalar, binolar, moliya, moddiy resurslar, axborot, moddiy va maʼnaviy boyliklar boʻlishi mumkin. Bu mulk ijtimoiy neʼmatlarni yaratishga xizmat qiladi.
 
Davlat bor yerda uning mulki mavjud, lekin ushbu mulkning milliy iqtisodiyotdagi ulushi turli mamlakatlarda farqlanadi va mamlakat iqtisodiyotining modeliga bogʻliq. Fuqarolik jamiyati doirasida davlat mulki tobora ijtimoiy yoʻnalish olmoqda, yaʼni umummilliy manfaatlarni himoya qilishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoiy mulk — tarixan sobiq sotsialistik mamlakatlarda mavjud boʻlgan. Bunda kishilar mulk egasi sifatida teng boʻladi, shuning uchun har bir kishining jamiyatdagi mavqei, turmush darajasi uning mehnati bilan belgilangan.
Qator 13:
{{manbalar}}
 
{{stub}}
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Huquq]]
[[Turkum:Iqtisodiyot]]
 
 
{{stub}}