"MUQADDAS RIM IMPERIYASI" - oʻrta asrlardagi imperiya (962—1806). German qiroli Otton I tomonidan Shim. va Oʻrta Italiya (Rim bilan birga) boʻysundirilgach (962 y.yil), tashkil topgan. "M.Muqaddas Rim imperiyasi" tarkibiga: Chexiya, Burgundiya (Arelat), Niderlandiya, Shveysariya yerlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan. "M.Muqaddas Rim imperiyasi" 11 —13-a.lardaasrlarda Rim papalari bilan investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun kurashganlar. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin imperator hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning gʻalabasi tu-fayli "M.Muqaddas Rim imperiyasi" ning bir qismi zabt etilishi va Gʻarbiy Germaniyada bir qancha hududiy oʻzgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan soʻng "M.Muqaddas Rim imperiyasi" rasman tugatilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>