Muqarnas: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b.ning → va boshqalarning (3), va b. → va boshqa (4) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 7 y. → 7 yil, -a.lar → -asrlar (2) using AWB
Qator 1:
'''Muqarnas''' (arab.) — meʼmoriy bezak turi; ravokli kosa (uya)chalarning ustma-ust joylashishidan xrsil boʻladigan murakkab shakl. Meʼmorlikda asosi 4,6,8 burchak boʻlgan mexrob, taxmon, tokcha va boshqalarning tepa qismini gumbaz, yarim gumbaz koʻrinishiga keltirishda, binolar devori bilan shifti oraligʻi, ustunlar boshasch va boshqalarni bezatishda keng qoʻllaniladi. Dastlab sodda shaklga ega boʻlgan, keyinroq murakkab koʻrinishga kirgan hamda bezak maqsadlarida ishlatila boshlangan. M. ishlanadigan joyiga qarab har xil murakkablikda boʻladi. Egri sirtga ega boʻlgan ravoqchalarning uchlari oldinga chiqarilib, yuqori qator uchun tayanch xrsil qilinadi. Tarvda bu ravoqchalar koʻpincha teng tomonli uchburchakni beradi, 2 va undan ortiq ravoqchalar turli burchaklar ostida oʻzaro birikib kosachalar hosil qiladi. M.ning pastdan koʻrinishi va chizmasi girihga oʻxshaganligidan uni hajmi girih (girihning choʻzilgani) deb ham ataladi. Girih qatiy qonunga asoslanganligi uchun taqsim asosini tashkil etgan yulduzlar va boshqa handasiy shakllarni naqqosh oʻz ixtiyori bilan oʻzgartira olmaydi; mujassamotni teng boʻlaklarga boʻlib, shundan bir boʻlagiga takrorla-nuvchi nusxa (taqsim) chizadi. Keng maʼ-noda M. shakli jihatidan bir necha koʻrinishga ega: sharafa, M. (tor maʼnodagi), kalla M. va iroqi M. Sharafa ravokli kosachalar qatorlari gorizontal yoʻnalish boʻyicha takrorlanishidan hosil boʻladi. Tor maʼnodagi M.ning oʻzi ikki koʻrinishga ega: ravokli kosachalar qatorlari vertikal oʻq atrofida ichkariga qaratib 180° (peshtoq, tokcha va boshqa da) va 360° (gumbazda) aylantirilishi natijasida hosil qilinadi. Sharafalar qatorlari bilan gumbaz va yarim gumbaz qatorlari oʻrtasida farq bor, yaʼni sharafada kosachalar qatori oʻzgarmaydi, gumbaz va yarim gumbaz qatorlarida kosachalar oʻlchamlari oʻzgarmagan holda kosachalar soni pastdan yuqoriga tomon kamayib boradi. Kosachalar qatorlari tashqi tomonga qaratib vertikal oʻq atrofida 360° aylantirilishi natijasida kalla M. (bosha) hosil qilinadi. M.ning eng murakkab turi — iroqi M.; M.ning boshqa turlarida ravokli kosachalar tomonlari vertikal (tik) tarzda shakllansa, iroqi M.da qiya boʻlgan holda shakllanadi. Iroqi M. nisbatan keyinroq 16—17-a.lardaasrlarda tarqalgan.
 
Oʻzbekiston hududida M. ilk bor Tim qishlogʻidagi Arab ota maqbarasi (997 y.yil)da qoʻllanilgan. Gʻiyosiddin Koshiy "Muftahul qisob" asari (15-a.asr)da M.ni aniq va ravshan taʼriflagan; uning soʻzicha, M. "uya(kosacha)lar pogʻona (qator) laridan tashkil topgan yopmadir..., u adlaʼ (yaʼni qirra)lardan hosil boʻladi...". Bu bilan Koshiy M.ning ikki asosiy alomati — qirra (ravoqcha)lar va pogʻona (qator)larini koʻrsatib bergan. M. temuriylar davri meʼmorligida keng qoʻllanilgan. Buxorodagi Mir Arab, Abdulazizxon, Samarqanddagi Ulugʻbek madrasalarida, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda ansambli va boshqalarda M.ning ajoyib namunalari yaratilgan.
 
M. zamonaviy binolar meʼmorligida ham qoʻllanadi. Mas, Toshkent kuranti, Navoiy meampu va boshqa binolarda M.dan foydalanilgan. Toshkentdagi Xotira maydonidagi kalla M., Alisher Navoiy, Shahidlar xotirasi xiyo-bonlaridagi gumbazlar ostidagi sharafalar, Samarqanddagi Imom Buxoriy meʼmoriy majmui va boshqa koʻp binolarda M. anʼanalari davom ettirilmoqda.