Mustaqillik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.lar → yillar (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 1 y. → 1 yil, -a.ni → -asrni using AWB
Qator 3:
Unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir. Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. M. davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
 
M. insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan. Ana shu gʻoya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. 20-a.ningasrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning oʻrnida bir necha mu-staqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga boʻlinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni chogʻda, sobiq SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib M.ka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. Oʻzbekistonning M.ka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.
 
M. imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiysiyosiy jarayonlarining borishini toʻgʻri kuzatib, toʻgʻri baholay bilgan Oʻzbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan boʻlib, oʻz mustaqilligini eʼlon qildi: 1991 y.yil 31 avg . kuni kabul kilingan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi toʻgʻrisidagi Bayonot Oʻzbekiston hukumatining siyosiy yoʻlini toʻla qonunlashtirib berdi. 1991 yilning avg .ida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi va ana shu qonun doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin Oʻzbekiston SSRni Oʻzbekiston Respublikasi deb atash, 1-sentyabrni Mustakillik kuni deb eʼlon qilish, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni res-publikaning davlat mustaqilligi eʼlon qilingan hujjatni tan olishga daʼvat etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki huquqiy poydevori edi.
 
"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida"gi qonun 17 moddadan iborat boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarkibidagi Qoraqal-pogʻiston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb eʼlon qilindi. Oʻzbek xalqi oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqiga ega boʻldi, xalq davlat hokimiyatining birdanbir sohibi, egasi, xoʻjayini boʻlib qoldi. Oʻzbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yoʻl ochib berdi, oʻz milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.