Nadr Muhammad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo, replaced: taxm. → taxminan using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 2 y. → 2 yil using AWB
Qator 1:
'''Nadr muhammadxon''', Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon ibn Jonibek sulton (1592 — taxminan 1651) — ashtarxoniylardan boʻlgan Buxoro xoni (1642—45). Balxhokimi (1606-42). N.M. davrida mamlakatda ichki nizolar kuchayib, hatto farzandlari (12 ta oʻgʻli) ham unga buysunmay qoʻygan. Bunga uning oʻta takabburligi, mol-mulkka oʻchligi, qaysarligi sabab boʻlgan. Bu esa aholining umumiy noroziligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, shim.dan koʻchmanchilar mamlakat hududiga hujum qilib uni talon-toroj etmoqda edilar. N.M. ularga qarshi oʻgʻli Abdulazizni yuboradi. Biroq N.M.dan norozi amirlar harbiy safar chogʻida Abdulazizni xon deb eʼlon qiladilar. Bundan xabar topgan N. M. Balxga ketishga majbur boʻlgan va boburiylardan Shoh Jahonsan yordam berishni soʻragan. Shoh Jahon ikki oʻgʻli (Murodbaxsh va Avrangzeb)ni katta koʻshin bilan Balxga joʻnatib, ularga viloyatni bosib olishni topshiradi. Boburiylarning niyatidan voqif boʻlgan N. M. ularga qarshi chiqib, Maymana yoʻlida jangda yengiladi va Eronga shoh Abbos II (1642—67) panohiga qochadi va u yerda 2,5 yilcha krlib ketadi. Boburiylar Balx viloyatini 2 y.yil gʻorat qilishgan. Muttasil janglar, mamlakatdagi ocharchilik, qattiq qish hindistonlik askarlarga salbiy taʼsir qilgan. Shoh Jahon askarlarini Hindistonga chaqirib olishga majbur boʻladi. Balxni esa Erondan taklif etilgan N.M.ga topshiradi. Bu N.M.ning oʻgʻillarini yana tashvishga solib, ularni birlashishga majbur qilgan. Abdulazizxon ukasi Subhonqulini Balxga noib etib tayinlaydi (1651). N. M. taxtdan voz kechib Makkaga, haj safariga ketishga majbur boʻladi va yoʻlda vafot etadi. Madina yaqinidagi akasi Imomqulixon qabri yoniga dafn etilgan. Muhammad Yusuf Munshiyning yozishicha, N. M.ning yuk ortilgan 600 tuyasi, 8000 ajoyib tulpor otlari, 80 ming qorakoʻl koʻyi boʻlgan. N. M.ning xazinasida farangi barxat matolarga toʻla bir necha sandiqlar saqlangan. Maxmud ibn Vali N. M farmoni bilan mashhur asari — "Bahr ul asror" ("Sirlar dengizi")ni yozgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==