Navoiy teatri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: N. t. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Hoz. → Hozirgi, y.lar → yillar (8), va b.ning → va boshqalarning, va B. → va boshqa (7) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil (6) using AWB
Qator 1:
'''Navoiy teatri''', Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri — opera va balet sanʼati sohasidagi Oʻzbekistonning asosiy teatri. Uning tashkil topishi Muhiddin Qoriyoqubovning Oʻzbek davlat konsertetnografik ansambli bilan bogʻliq. Mazkur ansambl 1929 y.yil Qoriyoqubov va Tamaraxonim saʼy-harakati bilan Oʻzbek davlat musiqali teatriga aylantirilgan. "Halima", "Farhod va Shirin" spektakllari xalq cholgʻulari joʻrligida ijro etilgan. 30-yillarda "Ichkarida", "Layli va Majnun", "Poʻrtana" spektakllarida xalq cholgʻu asboblariga simfonik orkestr sozlari qoʻshilib, oʻzbek operasining yaratilishiga zamin tayyorlangan. Qozogʻistonlik kompozitor Ye. Brusilovskiyning "ErTargʻin" (1937) va Ozarbayjon kompozitori M. Magomayevning "Nargiz" (1938) operalarining sahnalashtirilishi ham truppani opera sanʼatini oʻzlashtirishida muhim rol oʻynadi. 1939 y.yil 11 iyunda birinchi oʻzbek operasi "Boʻron" (S. Vasilenko va M. Ashrafiy musiqasi, K. Yashin librettosi) namoyish qilindi. 1939 y.yil 20 iyunda teatr Oʻzbek davlat opera va balet teatriga aylantirildi. Teatr jamoasi "Boʻron"da erishgan yutugʻini R. Glier va T. Sodiqovning "Layli va Majnun" operasi bilan mustahkamladi. 1941 y.yil Fargʻona kanali quruvchilariga bagʻishlangan "Ulugʻ kanal" (S. Vasilenko va M. Ashrafiy ) operasi (1940) sahnalashtirildi. "Ulugʻbek" (A. Kozlovskiy), "Mahmud Torobiy" (O. Chishko) operalari urush yillari yaratildi. Opera bilan bir katorda oʻzbek baleti ham yetilib bordi. 1933 yilda "Paxta" (N. Roslavets) baleti sahnalashtirildi, biroq muvaffaqiyatsiz chiqdi. Dastlabki muvaffaqiyat F. Talning "Shoxida" (1939) baletidan boshlandi. U ni A. Tomskiy, M. Turgʻunboyeva va Us t a Olim Komilovlar sahnalashtirdilar. Keyinchalik "Gulandom" (Ye. Brusilovskiy), "Oq bilak" (S. Vasilenko) baletlari qoʻyildi. Jahon mumtoz repertuaridan "Karmen" (J. Bize), "Kargʻa motkasi" (P. Chaykovskiy) kabi operalar bilan birga "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafyev), "Koppeliya" (L. Delib) baletlari sahnalashtirildi.
 
Teatr jamoasi 1947 y.yil yangi binoga koʻchib oʻtdi va 1948 y.yil Toshkent rus opera teatri bilan birlashib, Alisher Navoiy nomini oldi. R. Glier va T. Sodiqovning "Gulsara", T. Jalilov va boshqa Brovsinning "Tohir va Zuhra" operalari, M. Leviyevning "Suxayl va Mehri", G. Mushelning "Raqqosa" baletlari yangi bino sahnasida namoyish etildi. Ilk bor oʻzbek tilida P. Chaykovskiyning "Yevgeniy Onegin" operasi, L. Minkusning "Don Kixot", R. Glierning "Kizil gul" baletlari 40-yillarning oxirida sahna yuzini koʻrdi. 50—60-yillar teatr faoliyatida keskin burilish yasaldi, teatr yangi opera xonandalari va balet artistlari bilan toʻldirildi. Unga 1959 yilda "Akademik", 1966 yilda "Katta teatr" unvonlari berildi. 1950—60 va keyingi yillarda sahnalashtirilgan asarlarning aksariyati tomoshabinlarga estetik zavq bagʻishlay oladigan milliy uslub va ifodaviy vositalar, ohang va shakllar bilan boyitildi, xalq musiqasi intonatsiyalaridan ijodiy foydalanildi. "Dilorom", "Shoir qalbi" (M. Ashrafiy), "Zaynab va Omon" (T. Sodiqov, B. Zeydman, Yu. Rajabiy, D. Zokirov), "Maysaraning ishi" (S. Yudakov), "Hamza" (S. Boboyev), "Soʻgʻd elining koploni" (Ikr. Akbarov), "Petr I" (P. Petrov), "Olovli farishta" (S. Prokofyev), "Porgi va Bess" (J. Gershvin) kabi operalar, "Orzu" (Ikr. Akbarov), "Oltin kalitcha" (B. Zeydman), "Sevgi tumori" (M. Ashrafiy), "Qirq qiz" (A. Feygin), "Spartak" (A. Xachaturyan), "Karmen syuita" (J. Bize — R. Shchedrin), "Ikki dil dostoni" (O. Melikov), "Maskarad" (V. Laputin), "Yetti goʻzal" (Q. Korayev) singari baletlar, shuningdek, mumtoz kompozitorlardan L. Delib, M. Musorgskiy,A. Borodin, N. Rimskiykorsakov, P. Chaykovskiy, J. Verdi, A. Atsan, Sh. Guno,B. Motsart, J. Puchchini va boshqalarning asarlari bilan teatr mavqei koʻtarildi. Ijrochilik sanʼati ham shu yillar yuksaldi, orkestr mahorati, xor, kordebalet madaniyati oʻsdi, opera rej.lari, baletmeyster, xormeyster va dirijyorlar sanʼatida katta yutuklarga erishildi.
 
Teatr jamoasi Rossiya, Hindiston, Germaniya, Singapur, Malayziya, Yaponiya, Tailand kabi oʻnlab mamlakatlarda bir necha bor gastrolda boʻlgan. Oʻz navbatida Navoiy teatri sahnasida Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining yetakchi yakkaxon xonanda, balet ustalari va dirijyorlar oʻz sanʼatlarini namoyish qildi.