Neogen sistemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: N.s. → {{subst:FULLPAGENAME}} (11), y.da → yilda, va b.) → va boshqalar) (2), va b. → va boshqa (4) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 3 y. → 3 yil (2) using AWB
Qator 1:
'''Neogen sistemasi''' (DAVRI), neogen (neo... va yun. genos — tutilish, yosh) — Yerning geologik tarixida oxirgidan oldingi davrda yotqizilgan togʻ jinslari qatlami. Neogen sistemasi(d.) kaynozoy guruhi (erasi)ga mansub boʻlib, paleogen sistemasi (davri)dan keyin va an-tropogen sistemasi (davri)dan oldin turadi. Izotop solnoma boʻyicha Neogen sistemasi(d.) 25 mln. yil mukaddam boshlangan va 21,75 mln. yildavom etgan. 1833 y.yil Italiyada ingliz geologi Ch. Layel tomonidan 2 boʻlim — miotsen (quyi) va pliotsen (yuqori)ga boʻlingan. Dastlab uchlamchi sistemaning yuqori boʻlimi sifatida ajratilgan. Neogen sistemasi(d.) nomi 1853 y.yil avstriyalik geolog M. Gyorness tomonidan taklif qilingan.
 
Neogen sistemasi(d.) hamma joyda miotsen va pliotsen majmuasiga ajratiladi. Miotsen dengiz va gipsli yotqizikdaridan, pliotsen esa gil qum yotqiziqlaridan iborat. Apennin va Bolqon ya.o.larida pli-otsenda koʻplab vulkan qatlamlari uchraydi. Qora va Kaspiy dengizlari oʻrnida paleogen oxirida Dunyo okeanidan ajralib qolgan havza mavjud boʻlgan. Pliotsen boshida Kora va Azov dengizlari oʻrnida Pont, keyinroq Kimmeriy koʻli boʻlgan, Kaspiy dengizi esa kichikroq havza koʻrinishida qolgan. Pliotsen oxirida katta dengiz transgressiyasi boʻlib, u okean bilan tu-tashdi. Kavkazda pliotsenning kalin vulkanik qatlamlari vujudga keldi. Oʻrta dengiz serharakat oʻlkasida Alp, Karpat, Bolqon, Atlas, Apennin, Kichik Osiyo, Kavkaz, Pomir, Himolay kabi baland togʻlarning hosil boʻlishi yakunlandi. Jan.-Gʻarbiy Osiyoda botiqlarda, asosan, kontinental yotqiziklar toʻplandi. Tinch okean chekkalarida yirik burmalanish oʻlkalari hosil boʻldi.