Niderlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: mil. av. → miloddan avvalgi (3), Mil. 3 → Milodiy 3 (2) using AWB
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Niderlandlar Oʻrta Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida joylashgan. Shimoldan sayoz qoʻltiq va buxtalar oʻrab turadi. Soqili 56 m gacha balandlikdagi doʻngliklardan iborat, toshqindan saqlanish uchun toʻgʻon va dambalar qurilgan. Yer yuzasi, asosan, payettekislik. Niderlandlar hududining 40 % dengiz sathidan pastda, faqat 2 % 50 m dan yuqori. Eng baland joyi 321 m. Niderlandlarning payettekislik qismlari doim dengiz suvi bosish xavfi ostida. [[1282-yil]]gi kuchli suv toshqini natijasida Zeyder-Ze qoʻltigʻi hosil boʻlgan. 33  km li damba qurilgach, Zeyder-Zening janubiy qismi chuchuk suvli berk koʻlga aylangan. Niderlandlarning sharqi morenali tepalik; shimoliy qum va gilli dengiz va daryo yotqiziqlaridan, sharqi muzlik yotqiziqlaridan, daryo deltalari esa allyuvial yotqiziqlardan tuzilgan. Koʻmir, [[neft]] va gaz, torf, osh tuzi, kaolin konlari bor.
 
Iqlim — dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi iliq. [[Atlantika okeani]]dan yil boʻyi shamol esadi. [[Yanvar]]ning oʻrtacha harorati 1—3  °C, iyulniki 16—17  °C. Yillik yogʻin 650—750 650–750 mm. Tez-tez tuman tushadi. Qattiq sovuqlar ahyon-ahyonda boʻladi. Qor kam, yomgʻir koʻproq yogʻadi. Daryolar yil boʻyi sersuv; yiriklari: Reyn, Maas, Shelda. Sohil tuprogʻi unumdor, daryo vodiylariniki allyu-vial-oʻtloqi tuproq. Niderlandlarning shimol va sharqida, asosan, chimli podzol, ayrim joylarida botqoqlangan tuproq. Niderlandlar hududining 70 % madaniy landshaft, 8 % oʻrmon. Qumli joylari butali vereyekzor (archagul), daryolar sohili tolzor. Hayvonot dunyosi juda kambagʻal. Yovvoyi quyon, tiyin, suvsar, sassiq-koʻzan, yelik yashaydi. Niderlandlarda qushlarning 180 turi bor. Daryo deltalaridagi suzuvchi qushlar qishlaydigan joylar qoʻriqlanadi. [[Velyuzom]], [[Kennemer]] doʻngliklari, Xoge-Velyuve milliy bogʻlari va 8 ta qoʻriqxonasi bor.
 
== Aholisi ==
Qator 17:
 
== Tarixi ==
Niderlandlar hududida odamlar [[neolit davri]]dan yashaydi; mil.miloddan av.avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida bu yerda kelt qabilalari yashagan. 1-asr boshida bu qabilalarni olmonlar siqib chiqargan. Mil.Miloddan av.avvalgi 1-asrda Niderlandlar hududining bir qismini rimliklar bosib olgan. Mil.Milodiy 3—4-asrlarda Niderlandlar hududiga franklar va sakslar hamda frizlar kelib oʻrnashdilar. Franklar davlati tuzilgach (5-asr), Niderlandlar hududi uning tarkibiga, [[843-yil]]gi Verden shartnomasiga binoan, „Mukaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. 10 — 11-asrlarda Niderlandlar hududida bir necha mustaqil yer-mulklar (Flandriya, Gollandiya, Geddern, Zelandiya, Utrext grafliklari va h.k.) tashkil topdi. 12-asrdan shahar rivojlana boshladi. 15-asrning 2-choragigacha Niderlandlarda feodal tarqoqlik hukm surdi. [[1433-yil]]da Gollandiyani, soʻngra Niderlandlarning boshqa knyazliklarini Burgundiya gersoglari bosib oldilar. Karl V imperiyasi parchalangach, Niderlandlar ([[1556-yil]]dan keyin) [[Ispaniya]]ga qaram boʻlib qoldi. 16-asr Niderlandlar inqilobi natijasida mamlakat [[ispanlar]] zulmidan ozod boʻldi va Birlashgan viloyatlar respublikasi tuzildi. 17-asrda savdo va dengizchilik rivojlanishi natijasida Niderlandlar [[Yevropa]]ning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanib, [[Osiyo]], [[Amerika]], [[Afrika]]da yangi yer-mulklarni qoʻlga kiritdi, [[Indoneziya]], [[Gviana]], Kichik Antil orollarini va Kap viloyatini oʻziga qaram qilib oldi. 1795—1813 yillarda Gollandiya qirolligi Fransiya tarkibiga kirdi. [[1815-yil]]da [[Belgiya]] bilan birlashib, Niderlandlar qirolligi tashkil etildi. [[1830-yil]] inqilob natijasida Belgiya Niderlandlardan ajralib chiqdi.
[[File:WilliamOfOrange1580.jpg|thumb|[[Vilgelm I Oranskiy]] Niderlandlar mustaqilligining asoschisi hisoblanadi]]
[[1848-yil]]da Niderlandlar konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—70 yillarda sanoat tez oʻsdi. [[1860-yil]]dan davlat temir yoʻl qurishni oʻz qoʻliga oldi. [[1876-yil]]da [[Amsterdam]] — Shimoliy dengiz, [[1882-yil]]da [[Rotterdam]] — Shimoliy dengiz kanallari qurildi. Rotterdam [[Olmoniya]] uchun tranzit portga aylandi. [[1861-yil]]da birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. Niderlandlarda 19-asrning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopoliyalari tuzildi. Qishloq xoʻjaligida ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtildi. Yangi temir yoʻllar qurildi.
Qator 43:
 
== Transporti ==
Savdo flotining tonnaji jihatidan [[Yevropa Ittifoqi]] mamlakatlari orasida 3-oʻrinda turadi. Yuk aylanmasi boʻyicha dunyoda eng katta portlardan biri — Rotterdam porti yiligi 280 mln. tonna yuk oʻtkazadi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 80 % avtomobil transportiga, 17,1 % suv transportiga, 2,9 % temir yo'l transportiga toʻgʻri keladi. Temir yo'l uzunligi — 2850  km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 118,2 ming km. KLM aviakompaniyasi yoʻlovchilar tashish boʻyicha dunyoda 7-oʻrinni egallaydi. Amsterdamda xalqaro aeroport bor.
 
== Eksport va import ==
Qator 65:
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
[[File:Rembrandt van rijn-self portrait.jpg|thumb|right|Rembrandt van Reyn — jahondagi mashhur rassomlardan biri]]
Qadimgi Niderlandlar hududida neolit davrining sopol idishlari, toshdan qurilgan megalitik inshootlari, mil.miloddan av.avvalgi 1-ming yillikka mansub kelt manzilgoxlari, mil.milodiy 1—3-asrlar qad. Rim binolarining qoldiqlari, olmonlarning metall, zargarlik buyumlari saqlangan. Oʻrta asr meʼmorligi namunalari Amsterdam, Gaaga va boshqa shaharlarda mavjud (shahar devorlari, saroy, qalʼa, uylar). Mamlakatda tuproqning botqokligi, tosh tanqisligi binolarning gʻisht va yogʻochdan qurilishiga sabab boʻlgan.
 
16—17-asrlar tasviriy sanʼatida turmush manzaralari, natyurmort, portret janri rivojlandi (yana qarang [[Niderland sanʼati]]). 17-asr oʻrtalarida klassitsizmning golland badiiy maktabi rivoj topdi (binolarning sodda va qulay boʻlishiga koʻproq eʼtibor berildi). 17-asr 2-yarmida fransuz klassitsizmining boy saroy va park meʼmorligi taʼsiri kuchaydi. Jamoat, savdo va ishlab chiqarish binolari (ratusha, birja, savdo rastalari va boshqa) qurildi (meʼmorlar Ya. van Kampen, P. Post, aka-uka F. va Yu.Vingbons va boshqa). 17-asrda haykaltaroshlik unchalik rivojlanmadi (binolar haykal bilan kamdankam bezatildi, portret haykallar juda kam ishlandi). Rassomlik va grafika esa keng rivoj topdi. Realistik rassomlik yuksalib, butun [[Yevropa]] tasviriy sanʼatiga samarali taʼsir oʻtkazdi. Golland rassomlari, odatda, biror janrga ixtisoslashgan. Portret (F. Xals), dehqonlar hayoti (A. van Ostade) va shahar hayoti (Ya. Sten, G. Terborx va boshqa), ifodali maishiy janr, manzara (Ya. Porsellis, Ya. van Ryoysdal) va boshqa janrlarda qim-matli asarlar yaratildi. Rembrandt, F. Xale, K. Fabritsius kabi buyuk rassomlarning ijodida demokratik kayfiyatlar mohirona ifodalandi.