Okean: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: t-ra → temperatura (15), Sb. st. → {{subst:FULLPAGENAME}}, hoz. → hozirgi, y.da → yilda (7), va b.da → va boshqalarda (6), va b. → va boshqa (11) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri, -a.ni → -asrni (3), bal. 1 → balandligi 1 (2) using AWB
Qator 4:
'''Okean''', Dunyo okeani (yun. Okeanos — [[Yer]]ni aylanib oqadigan azim daryo) — [[Yer]]ning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, [[Yer]] yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan O. bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.
 
Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650 yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shim. Muz, Jan. Muz O.lariga boʻldi. 1845 yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-a.ningasrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz O. [[Yer]] sharida O. suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shim. yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda O. suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shim. yarim sharda joylashgan. Jan. yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shim. kenglikdan shim.da Shimoliy Muz okeanida va jan. kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida O. suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan jan.sharkda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shim.-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan O. atmosfera va [[Yer]] pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham O.ning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va [[Yer]] poʻstiga bogʻliq.
 
O. issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. O. tufayli [[Yer]]da temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. O. oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. O. energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. O. va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi O. yoʻllari orkali amalga oshiriladi (q. [[Dengiz transporti]]).
Qator 40:
Mineral va energetika resurslari. O. boy mineral resurslar manbaidir. Ular dengiz suvlarida erigan hoddagi kimyoviy elementlar; dengiz tubi ta-gidagi va tubi yuzasidagi foydali kazilmalardan iborat.
 
20-a.ningasrning 70-yillarigacha dengiz suvlaridan, asosan, osh tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-shi sharoitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar olish is-tiqbollari ochilmoqda.
 
O.dan olinadigan mineral xom ashyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga toʻgʻri keladi. Shelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. km² ga teng (shelf umumiy maydonining ‘/2 qismi). taxminan hisobga koʻra. O. dagi neftning geologik zaxiralari (305 m chuqurlikkacha) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion m³. 20-a.asr 70-yillar boshi-gacha neft va gaz qirgokdan 150 km uzoklikdagi 100–110 m chuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu ishlarni O.ning qirgʻoqdan ancha uzoq va chuqurroq joylarida amalga oshirish imkoni tugʻiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz chiqarish bilan shugʻullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va O. shelf zonalarida qidiruv ishlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz chiqarishning eng yirik konlari Fors va Meksika qoʻltiqlarida joylashgan. Shim. dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda.
 
Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va boshqa mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va boshqa qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning jan.-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va boshqalar) keng tarqalgan.
Qator 62:
O. suvlarining sirkulyasiya-si. O.ning 150–200 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza kismida O. suvlari koʻp esa-digan shamollar taʼsirida sirkulyasiya qiladi. Suvning bu qatlamlari tropik va subtropik kengliklarda antitsiklonal, yuqori va moʻʼtadil kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Passatlararo teskari okim mavsumiy harakterga ega va faqat Tinch okeandagina yil boʻyi mavjud. Mussonli oʻlkalarda yuza okimlar mavsumiy oʻzgarib turadi. Hind okeanining shim. qismi va Tinch okeanning shim.-gʻarbiy qismi buning yaqqol misolidir. 150–200 m dan chuqurda suv sirkulyasiyasi O. suvi qatlamlari zichligining tafovuti tufayli vujudga keladi (q. [[Dengiz oqimlari]]).
 
Toʻlqinlar. Suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari O. da shamol, suv koʻtarilishi va qaytishi, zilzilalar natijasida yuzaga keladigan toʻlqin harakatlari ham boʻladi. Shamol toʻlqinlari O.ning 50– 60 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza qatlamlaridagina roʻy beradi; ularning bal.balandligi 12–13 m va undan koʻproq. Koʻpchilik okean toʻlqinlarining balandligi moʻʼtadil kengliklarda 4 m, tropiklarda — 1,5 m. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari va Sunami deb ataladigan seysmik toʻlqinlar O. suvining tubigacha yetib boradi. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari O.da doimo boʻlib turadi. O.da ichki toʻlqinlar ham boʻladi. Ularning balandligi bir necha oʻn metrga yetadi.
 
Suv koʻtarilishlari.O. reji-mida suv sathining davriy ravishda koʻtarilibpasayib turishi — suv koʻtarilishlari va suv koʻtarilishi oqimlari muhim rol oʻynaydi. Yarim sutkalik suv koʻtarilishlari eng koʻp takrorlanadi. Ochiq O.da bu toʻlqinlarning bal.balandligi 1 m dan oshmaydi, lekin, qirgʻoqlarda 3–6 m ga yetadi. Eng katta suv koʻtarilishlari okean qoʻltiqlari va chekka dengizlar uchun xosdir: Fandi qoʻltigʻida (Kanadaning Atlantika oke-ani qirgʻogʻi) 18 m ga yetadi. Baʼzi oʻlkalarda (Meksika qoʻltigʻining gʻarbiy qismi, Yava dengizi va boshqalar) suv koʻtarilishlari sutkalik boʻlib, 5,9 m ga yetadi (Oxota dengizi). Boshqa joylarda aralash (yarim sutkalik yoki sutkalik) suv koʻtarilishlari 13,2 m ga yetadi (Oxota dengizidagi Penjina qoʻltigʻi).
 
O. suvlarining aralashishi. O. suvlari vertikal va gorizontal yunalishda aralashib turadi. Natijada gidrologik va gidrokimyoviy xusu-siyatlari bir qatlamdan ikkinchi qatlamga oʻtadi. Aralashish molekulyar va turbulent turlarga ajraladi. Bunda friksion va konvektiv aralashish yuz beradi. Friksion aralashish shamol va suv koʻtarilishi shaklida boʻladi. Shamol taʼsirida suv shamol toʻlqinlari yetib borgan chuqurlikkacha aralashadi, suv koʻtarilishi natijasidagi aralashish O. tubigacha yetadi.
Qator 102:
Ilmiy tadqiqotlar olib borish xalqaro huquqiy rejimi vazifasi O.ni, shuningdek, dengiz akvatoriyasidan atmosfera va kosmosni har tomonlama tadqiq etish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. O. huquqining bu sohasi rivojlanib bormoqda. O.ni tadqiq etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan bitimi O. huquqida alohida ahamiyatga ega.
 
O. muhitining xalqaro-huquqiy muhofazasi O.dan har qanday maqsadda foydalangan holda ham dengiz muhitini, ekologik mu-vozanatini saklashdan, uning ifloslanishiga (ayniqsa, radioaktiv moddalarning tarqalishiga) yoʻl qoʻymaslikdan, shuningdek, flora va fauna, O. tubi va yer osti boyliklari, O. ustidagi atmosferaga va sh.kshahrik. ga zarar yetkazilishining oldini olishdan iborat.
 
O.da baliq va dengiz hayvonlari ovlash va oʻsimliklar yigʻishni tartibga soladigan xalqaro huquq O.dagi biomassalarning rivojlanishiga zarar yetkazmasdan ish koʻrishni belgilaydi. O. tubi va yer osti boyliklari xalqaro huquq rejimi xoz. dengiz huquqida kam ishlangan soha-dir. Dengizdan foydalanishning bu turi 60-yillar va 70-yillarning boshida rivojlana boshladi.