Oltoy tillari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: O.t. → {{subst:FULLPAGENAME}} (2), y.lar → yillar, va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr using AWB
Qator 19:
G. Ramsted, N. N. Poppe, Ye. D. Polivanov, V. L. Kotvich, M. Ryasyanen kabi turkiyshunoslarning asarlarida turli davrlarda turlicha nuqtai nazardan isbotlashga harakat qilingan oltoy nazariyasining kelib chiqishiga quyidagi omillar sabab boʻlgan: sanab oʻtilgan til oilalaridagi anchagina umumiy leksika; soʻzning tovush tarkibidagi, fonetik va morfologik qurilishidagi oʻxshashliklar (singarmonizm va agglyutinatsiya); soʻz yasalishi va sintaksis sohasidagi kategoriyalarning struktura va mazmun jihatdan bir xilligi yoki oʻxshashligi va boshqa Shuningdek, deyarli barcha Oltoy tillarida maxsus soʻroq yuklamalari mavjud, old qoʻshimcha (prefiks)lar qoʻllanmaydi, egalik kategoriyasi taraqqiy etgan, ravishdosh va sifatdoshlarning qoʻllanish doirasi keng va h.k.
 
Biroq 20-a.asr 50-yillarida toʻplangan materiallarni yoppasiga oʻrganishdan shu narsa maʼlum boʻldiki, sonlar, tana aʼzolari, yil fayellari va sutka boʻlaklari, osmon jismlari, ob-havo hodisalari nomlari kabi asosiy lugʻaviy guruhlar sohasidagi oʻxshashliklar foizi juda past ekan. Bu holat oltoy bobotilining mavjud boʻlganligini shub-ha ostida qoldiradi.
 
Oltoy tillarining qarindoshligi haqidagi faraziyani, bir tomondan, materiallar yetarli boʻlmaganligidan, isbotlangan deb hisoblab boʻlmaydi; ikkinchi tomondan, tavsiya etilgan koʻplab chogʻishtirishlarning ishonarliligi tufayli, asossiz, puch deb ham boʻlmaydi. Bu masalani chuqur oʻrganish va uzil-kesil hal qilish oltoyshunoslikning dolzarb vazifalaridandir.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>