k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil, -a. → -asr (7) using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan, y.lar → yillar (4), va b.) → va boshqalar) (7), va b. → va boshqa (4) using AWB) |
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 9 y. → 9 yil, -a. → -asr (7) using AWB) |
||
'''Opera''' (lot. opera — mehnat mahsuli, asar) — musiqali dramatik sanʼat janri. O. qorishma (sintetik) janr boʻlib, oʻzida bir nechta sanʼat turlarini mujassam etadi; unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat va raqs sanʼati shakllari yaxlit sahnaviy jarayonda uzviy bogʻlanadi. Lekin musiqa ular orasida yetakchi oʻrin egallaydi. O.ning adabiy asosi — librettodagi voqealar musiqiy dramaturgiya vositalari bilan, avvalo, vokal musiqa shakllarida gavdalantiriladi. Qahramonlarning hissiy kechinmalari, asosan, yakkaxon xonandalar ijrosidagi ariya, kavatina kabi tugal musiqa lavhalarida oʻz ifodasini topadi. O.dagi rechitativ tugal musiqa shakllarini oʻzaro bogʻlab, musiqiy dramaturgiya ja-rayonida muhim vazifalar bajaradi. Turli vokal ansambl (duet, trio va boshqalar)larda qahramonlarning oʻzaro munosabatlari, dramatik voqealar oʻz aksini topadi. Xor roʻy berayotgan voqealarning izoxlovchi vositasi vazifasini bajaradi, uning yordamida xalq hayoti lavhalari gavdalanadi. O.da orkestr ham katta oʻrin egallaydi: vokal shakllarga joʻr boʻladi, mustaqil cholgʻu qism (antrakt, uvertyura, introduksiya va boshqalar)larda vaziyatning mazmunini ochib beradi, har bir sahnaning ruhiy holatini ifodalashga yordam beradi. O.ning tuzilishi uning gʻoyaviy maqsadiga, syujet xususiyatlariga, musiqiy-ijodiy maktab anʼanalari va uslublariga hamda kompozitorning ijodiy tafakkuriga bogʻliq.
O. sanʼatning alohida turi sifatida 16-
Oʻzbekistonda O. janri oʻzbek mushkeli dramasining rivoji asosida, shuningdek, chet el mumtoz O.sining taʼsirida yuzaga kelgan. 19-
1970—80 yillari oʻzbek kompozitorlari O. janrini mavzu jihatidan boyitishdi. Shu davr ichida tarixiy — "Mangulik" (U. Musayev), "Fidoyilar" (S. Boboyev), zamonaviy — "Sadoqat" (R. Abdullayev), atoqli shaxslarga bagʻishlangan — "Sugʻd elining krploni" (I. Akbarov), "Zebunniso" (Sayfi Jalil), "Alisher Navoiy" (M. Burhonov), shuningdek, kamer O.lar — "Sohilda toʻqnashuv" (N. Zokirov), "Ona qalbi" (Hab. Rahimov) va boshqa O.lar sahnalashtirildi.
|