Delfin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Asrorbek (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Ilkhom (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{wikify}}
[[Image:Bottlenose_Dolphin_KSC04pd0178.jpg|thumb|right|250px|[[Afalina (Tursiops truncatus)]]]]
 
'''Delfin''' - tishli kitlarga mansub bo'lib, uning og'zida juda ko'p konussimon bir xil tuzilgan tishlar bo'ladi. Bu tishlar faqat oziqni ushlab turishga yordam beradi. Ko'pchili tanasining orqasida orqa suzgichi ham bo'ladi. Delfinlarning 50 ga yaqin turi ma'lum. Delfinlar o'ljasini topish uchun ultratovushdan foydalanadi. Ular qirsillashga yoki qisqa - qisqa xushtakka o'xshash tovush chiqaradi va biron buyumdan qaytadigan tovushni quloqlari yordamida eshitadi. Delfinlarning bosh miyasi murakkab tuzilgan bo'lib, katta yarim sharlari po'stlog'ining burmalari ko'p bo'ladi. Shuning uchun ularning fe'l - atvori ham xilma - xil va murakkabdir. Delfinlar tovush siganallari yordamida bir - biri bilan aloqa bog'laydi. Ularning birontasi baliq to'dasini topganida boshqalari ham shu joyga to'planishadi. Halokatga uchragan delfin tashvishli signallar bilan boshqalarini yordamga chaqiradi. Ular qo'lga oson o'rganadi. Qora dengiz va Uzoq Sharq dengizlarida oqbiqin delfin uchraydi. Umuman olganda delfinlar Kaspiy va Orol dengizidan boshqa barcha dengiz va okeanlarda ko'plab uchraydi. Ularni ovlash man qilingan. Ona delfin bolalarini sut bilan boqadi, shuning uchun delfinlar sut emizuvchilar sinfiga mansub. Ular issiq qonli hayvonlardir. Delfinlarning asosiy ozig'i baliq, molyuskalar va mayda dengiz hayvonlaridir. Oddiy delfinlarning uzunliga 1.6 metr atrofida bo'ladi. Delfinning katta og'zida 80 - 100 ta tishi bo'ladi. Delfinning ust qismi qora yoki kulrang tusda, oppoq qornida qora suzgichlari bo'ladi. Ularning cho'kayotgan odamlarni qutqarganliklari haqida ba'zi ma'lumotlar bor. Delfin miyasining ikkita yarim shari bir vaqtda emas, balki navbati bilan uxlar ekan, demak, biri uxlaganda, ikkinchisi bedor bo'ladi. Ma'lum muddatdan so'ng ular o'rin almashadi : faol bo'lgani uxlaydi, " uxlab to'ygani " bedor bo'ladi. Shunday qilib, " navbatchi " yarim shar delfin tanasining boshqarilishini ta'minlaydi, nafas olish uchun o'z vaqtida suv sathiga ko'tarilishni kuzatib turadi. Delfin shu yo'sinda uxlaydi. U uyg'onganda esa ikkala yarim shar ishga kirishadi. Delfinlarning odamlarni ko'p bora qutqarib qolganligi to'g'risidagi dalillar bu hayvonlarda aql borligidan guvohlik beradi. Aql borligidan darak beruvchi vositalardan biri " til " ham delfinlarda mavjud. Olimlar delfinlar " tili " ning juda ko'plab qonuniyatlarini aniqlaganlar. Ular bu dengiz " aqllilari " bir - birlari bilan muloqotda bo'lganda bir necha yuzlab turli - tuman va murakkab tovush signallarini ishlatishlarini aniqlaganlar. Qizig'i shundaki, oddiy suhbatda biz ham tahminan shuncha miqdordagi so'zdan foydalanamiz. Delfinlarning yana bir qiziq hususiyatlari bor : ular dengiz qushlari bilan hamkorlikda ov uyushtirishadi, ya'ni qushlar yuqoridan baliqlar to'dasi joylashgan joyni tezda topib oladilar va shu joyning tepasida aylana boshlashadi. Buni delfinlar ko'rib shu joyga suzib borishadi va o'zlaridan qattiq ovoz chiqarib baliqlarni esankiratib qo'yadilar, shundan so'ng delfin va qushlar hujumga o'tadilar.