Kenguru: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Asrorbek (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
Ilkhom (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{wikify}}
 
[[Image:Kangaroo and joey03.jpg|thumb|240px|right| Sharqiy kulrang ona kenguru farzandi bilan.]]
[[Image:Kangaroo-in-flight.jpg|thumb|240px|right| Sakrayotgan kenguru.]]
[[Image:Kangur.rudy.drs.jpg|thumbnail|right|240px|[[Qizil rangli kenguru]] (''Macropus rufus'')]]
'''Kenguru''' - yerdagi hayvonlarning eng g'aroyibi va qadimiysi hisoblanadi. Yuz ming yillar ilgari Yerda Kenguruning otga tenglashadigan turi yashagan. Kenguru sut emizuvchilar sinfining haltalilar turkumiga mansub bo'lgan antiqa hayvondir. Tanasining uzunligi 30 dan 160 sm gacha, dumining uzunligi esa 30 dan 110 sm gacha, vazni 2 dan 70 kg gacha yetishi mumkin. Kengurular Avstraliya, Yangi Gvineya orollarida, Tasmaniyada va Bismark arxipelagida uchraydi. Uni hatto Avstraliyaning gerbida ham uchratish mumkin. Kengurularning asosiy turlari yerda hayot kechirishga moslashgan. Tekislikda o'sgan qalin va baland o'tlar va butalar bilan oziqlanadi. Ammo, ba'zilari daraxtga chiqishga moslashgan, ba'zilari esa tog'li hududlarda yashashga moslashgan. Kengurular odatda guruh bo'lib yashaydilar. Juda ehtiyotkor hayvon hisoblanadi. O'simlikxo'r hayvon, ammo, ba'zilari chuvalchang va hasharotlar bilan ham oziqlanadi. Yiliga bir marta ko'payadi. Homiladorlik davri juda qisqa - 30 - 40 sutka. 1 - 2 ta to'liq yetilmagan bolani dunyoga keltiradi ( uzunligi 2 metr keladigan gigant Kenguruning yangi tug'ilgan bolasi 3sm atrofida bo'ladi ) va bolasini 6 - 8 oy o'z haltasida olib yuradi. Kenguru bolasi tug'ilayotganda yerga emas, to'g'ri haltaga borib tushadi. Go'daklikning birinchi oyida Kenguru bolasi ona yeliniga qattiq yopishib oladi va sut doimiy ravishda uning og'ziga tushib turadi. Kengurularning soni har xil : yirik turlari kamayib ketgan, ba'zi mayda turlarining soni esa nihoyatda ko'p. Kenguru yaylovlarga katta zarar keltirib, qishloq xo'jaligi ekinlarini nobud qiladi. Teri va go'shti uchun ovlanadi. Kengurular hayvonot bog'i uchun ham ovlanadi, u yerda ular osongina nasl qoldiradilar. Kenguru - xaltalilar orasida eng mashhuri. Kenguru bolasi tug'ilganda bir dyumdan bir oz kattaroq hajmdagi kenguru bolasi uvoqqina, pushti rang, tuksiz, dum - dumaloq bo'ladi! Onasi tug'ilgan zahoti uni xaltachasiga soladi va bola yana ma'lum muddat mutlaq nochor ahvolda bo'ladi. Olti oylik bo'lganda, u kuchukchadek kattalik kasb etadi. U hamma yerga onasining xaltasida boshini chiqarib boradi. Onasi daraxtlar barglarini yeyish uchun to'xtaganda, u ham barglarni uzib yeydi. Kenguru bolasi yurish va yugurishni o'rgangandan keyin ham iliq, xavfsiz xaltachani tark etgisi kelmaydi. Xavf tug'ilganda ona bolasi oldiga sakrab - sakrab keladi hamda uni lablari bilan olib, beto'xtov va ohista xaltachasiga soladi. Kenguru katta bo'lganda bo'yi ikki metrgacha yetadi. Uning old oyoqlari kalta va orqa oyoqlari juda uzun bo'ladi. Bu kuchli orqa oyoqlar Kenguruga 13 metrgacha uzunlikka sakrash imkonini beradi. Kenguru sakrash vaqtida tayanish va muvozanatni saqlash uchun o'zining ulkan, uzun dumidan foydalanadi. Kenguruni xavf - xatardan tezligi va uzoqdan yaqinlashayotgan dushmanni eshitish imkonini beradigan sezgir quloqlari himoya qiladi. Kenguru ovchi itlar ko'magida ovlanganda, u itni old oyoqlari bilan tutib olib, orqa oyog'ining bir zarbasi bilan tepib o'ldirishi mumkin.
 
 
[[ar:كنغر]]
[[bn:ক্যাংগারু]]
[[bs:Kengur]]
[[bg:Кенгурови]]
[[ca:Cangur]]
[[cs:Klokanovití]]
[[da:Kænguru]]
[[de:Kängurus]]
[[el:Καγκουρό]]
[[eo:Kanguruo]]
[[fa:کانگورو]]
[[fr:Kangourou]]
[[hak:Thoi-chhú]]
[[ko:캥거루]]
[[hi:कंगारू]]
[[hr:Klokani]]
[[io:Kanguruo]]
[[id:Kanguru]]
[[he:קנגורו]]
[[la:Macropus]]
[[lb:Känguruen]]
[[jbo:kanguru]]
[[ml:കംഗാരു]]
[[ms:Kanggaru]]
[[nl:Kangoeroes]]
[[ja:カンガルー]]
[[no:Kenguruer]]
[[nn:Kenguru]]
[[oc:Cangoró]]
[[pl:Kangurowate]]
[[pt:Canguru]]
[[ro:Cangur]]
[[ru:Кенгуру]]
[[sq:Kanguri]]
[[scn:Canguru]]
[[simple:Kangaroo]]
[[sk:Kengurovité]]
[[sl:Kenguru]]
[[sr:Кенгур]]
[[fi:Kengurut]]
[[sv:Kängurudjur]]
[[ta:கங்காரு]]
[[th:จิงโจ้]]
[[vi:Kangaroo]]
[[tr:Kanguru]]
[[uk:Кенгурові]]
[[yi:קענגערו]]
[[zh:袋鼠]]