Ossuariy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: va b. → va boshqa using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr, mil. 8 → milodiy 8 using AWB
Qator 1:
'''Ossuariy''', ostadon ([[lotin tili|lot.]] os — [[suyak]]) — [[zardushtiylik]] [[din]]iga mansub [[xalq|xalk]]larda marhumning suyagi solingan [[sopol]], tosh yoki [[ganch]] idish, suyakdon. Zardushtiylarda oʻlikni yerga dafn etish man etilgan. Bunda ular "Ona yer mukaddas, u barcha jonzotning boquvchisi, tuproqning tarkibini buzmaslik kerak", degan aqidaga rioya qilishgan. Shuning uchun ham har bir [[qishloq|qish-loq]], [[tuman]], [[shahar]]da, [[togʻ]] yon bagʻri yoki baland tepalikda maxsus [[supa]]lar yasab, oʻlikni oʻsha yerga eltib barahna (yalangʻoch) [[tarz]]da qoʻyishgan. Oʻlimtikxoʻr [[hayvonlar|hayvon]] va [[parrandalar]] murda [[goʻsht]]larini yeb ketgach, suyaklarini yigʻishtirib olib, alohida joyda asrashgan. Baʼzi qavmlarda oʻlik [[kuydirish|kuydirilib]], kuli yigʻishtirilib, eʼzozlab asralgan. [[Jamoa]]da [[ajdod]]lar ruhini avaylab, ana shu suyaklarning baʼzi qismini, kulni saqlash maqsadida qopqokli xumga oʻxshatib O. — suyakdonlar yasashgan. Olar loydan kulollar tomonidan kesma [[naqsh]]li tarzda yasalib, maxsus [[xumdon]]larda pishirilgan. Ular turli hajmda boʻlgan. Bosh suyaklar saqlanadigan O.larning qopqogʻi tutqichiga marhum [[kalla (biologiya)|kalla]]sining tasviri tushirilgan. O. oʻta mukammal ishlangan.
 
[[Oʻrta Osiyo]] xalqlarida O.ga solib koʻmish odati [[milod|mil.]] av. 1-ming yillikning 1-yarmida shakllanib, [[VIII asr|mil.milodiy 8-a.asr]]ga-cha (islomiy dafn rusumlari qabul qilinguncha) davom etgan. [[Xorazm]]dan topilgan qad. O. [[haykal]]lar shaklida boʻlib, oʻliklarni ilohiylashtirishni ifodalagan. Oʻrta Osiyo, [[Eron]], [[Falastin|Falas-tin]], [[Misr]] va boshqa joylardan koʻplab O.lar topilgan boʻlib, ular yerga yoki [[novus]]larda saqlangan. Zardushtiylik dini uzil-kesil shakllangach, bu udum barham topgan. Zeroki murdani kuydirish [[havo]]ni bulgʻasa, oʻlik goʻshtini yegan [[darrandalar|darranda]] yoki [[qushlar]] [[daryo]], [[ariq]] va [[hovuz]]lardan [[suv]] ichib, har xil [[yuqumli kasalliklar]]ning vujudga kelishiga sabab boʻla boshlaydi. Bundan [[tashqari]], otash ([[olov]]) mazdoparastlarda mu-qaddas sanalib, pokiza odamni kuy-dirmasligi kerak. Natijada ushbu din [[ulamo]]lari atrof-muhit, suvning tozaligi, [[nasl]]ning asl boʻlishini koʻzlab, oʻlikni kafanga oʻrab, maʼlum chuqurlikka koʻmish, zaxkash [[mavze]]larda esa, sagʻanalarda saqlashni joriy qilganlar; maxsus murdashuy gigiyenasi ishlab chiqilgan. O.lar eng koʻhna udumlarni oʻrganishga, ajdodlar [[amaliy sanʼat]]ining nozik qirralarini aniklashga koʻmaklashadi.
 
Hamidjon Homidov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>