Panda: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ilkhom (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Ilkhom (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
 
'''Katta Panda''' ( lotincha Ailuropoda melanoleuca " oq - qora kotonog" ), bambuk ayig'i sutemizuvchi ayiqlar oilasiga mansub bo'lib, vatani Markaziy Xitoy hisoblanadi. Katta Panda tog'li hududlarda yashaydi, masalan, Sichuan va Tibet. XX asrning yarmidan panda Xitoyning milliy ramzi sifatida qabul qilindi. Ulkan Pandaning uzunligi 1.2 - 1.5 metrgacha va vazni 17 kg dan 160 kg gacha bo'lishi mumkin. Boshqa ayiqlarga nisbatan uzunroq dumga ega ( 12 sm gacha ). Panda o'ziga hos tusga ega bo'lgan ayiqdir. Ulkan Panda Xitoyning tog'li qismlaridagi bambukli o'rmonlarda yashaydi. U juda hurkovich, ehtiyotkor hayvon hisoblanadi. Kunduzlari ular panogoh - inlaridan deyarli chiqmaydi. Qorong'i tushishi bilan ularning jo'shqin faoliyatlari boshlanadi va yemish qidirishga kirishadi. Ular xush ko'rgan oziq bambuk novdalaridir. Panda o'n soatlab to'xtamay bambuk yeyishga qodir. Ba'zida hamma narsani ham tanovul qilaveradilar: qushlarning tuxumlarini, ayrim hasharotlarni vahokazo. Shu sababli uni yirtqichlar guruhiga kiritishadi. Ulkan panda ayiqqa o'xshash bo'lib, tanasi oq rangda, qulog'i, ko'zining atrofi, oyoqlari va qo'llari va burni qora rangda.Baqquvat kalta orqa oyoqlari o'tkir tirnoqlarga ega. Ulkan Pandaning old oyoqlarining bosh barmog'i oldida joylashgan maxsus suyagi yordamida bambukni tutib olishda foydalanadi.
 
[[Image:Lightmatter_panda.jpg|left|250px|Yirik panda San - Diegodagi qo'riqhonada]]
 
    Pandalar o'zlarining hududiga ega bo'lishadi, ular qoyalarga va daraxtlarga o'z belgilarini qo'yadilar. Bir qancha erkak Pandalar bitta moda Panda ustidan talashib, urushishi mumkin. Pandalar qishning oxirida ko'payadilar. Hozirda Panda Jahon Qizil Kitobi ga kiritilgan. Sababi Xitoyning mustamlakachiligi davrida Panda o'zining chiroyli terisi uchun Mustamlakachilar tomonidan ovlangan. Bu esa Pandalarning keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Katta panda yo'qolib borayotgan turlardan hisoblanadi: ularning populyatsiyasi yildan - yilga kamayib bormoqda, chunki ular yovvoyi tabiatdan ham, tutqunlikda ham tug'ilish darajasi juda past. Olimlarning taxminicha, Katta Pandalar soni tabiatda 1600 ga yaqin qolgan.