Pablo Picasso — versiyalar orasidagi farq

k
qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr (2) using AWB
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: b-n → bilan, y.da → yilda (10), va b.) → va boshqalar) (5), va b. → va boshqa (2) using AWB)
k (qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: -a. → -asr (2) using AWB)
'''Pablo Ruiz Picasso''' (talaffuzi Pablo Ruis Pikasso, [[25 oktabr]] [[1881]], [[Malaga]], [[Ispaniya]] — [[8 aprel]] [[1973]], [[Mujen]], [[Fransiya]]), toʻliq ismi '''Pablo Diego José Francisco de Paula Juan Nepomuceno María de los Remedios Crispín Crispiniano de la Santísima Trinidad Ruiz y Picasso''' (talaffuzi Pablo Diego Hose Fransisko de Paula Huan Nepomuseno Mariya de los Remedios Krispin Krispinyano de la Santisima Trinidad Ruis i Pikasso) — ispan [[rassom]]i, haykaltarosh, grafikchi, keramikachi va dizayner.
 
PIKASSO (Picasso) Pablo (asli Ruis-i-Pikasso) (1881.25.10, Malaga, Ispaniya — 1973.8.4, Mujen, Fransiya) — fransuz rassomi, jamoat arbobi; kelib chiqishi ispan. Dastlabki taʼlimni otasi X.Ruisdan olgan; nafis sanʼat maktabida (1894—95), Barselona (1895 yildan) va Madrid (1897—98) da oʻqigan. 1904 yildan deyarli Parijda muqim yashagan. Yirik asarlarining ilk namunalari 1900 yillarga toʻgʻri keladi ("Keksa gado oʻgʻil bola bilan", 1903; "Shar ustidagi qiz", 1905 va boshqalar). P.ning serqirra ijodi 20-a.asr sanʼa-tidagi qaramaqarshiliklarni oʻzida aks ettirgan, tasviriy sanʼatning koʻp sohalari (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika va boshqalar) rivojiga kuchli taʼsir koʻrsatgan, zamonaviy sanʼatdagi inqirozlar hamda ziddiyatlarni uygunlikda tasvirlagan. 1907 yillarda buyumlarni handasiy shakllarga ajra-tib tekis yuzada uzilgan va hajmli boʻlaklardan tasviriy sanʼat asarlari yaratib kubizmta asos soldi. Bu davrda yaratilgan ayrim asarlari (mas, "Yel-pigichli xonim", 1909 va boshqalar) nafis bezagi va joʻshqin ohangdorligi bilan ajralib turadi. 1910-yillar oʻrtalaridan neoklassika anʼanalari, 1925 yildan syurrealizm, 1929 yildan abstrakt sanʼat taʼsirida boʻlgan.
 
30-yillar 2yarmidan P.ning ijtimoiy mavqei koʻzga tashlanadi. Qarshilik koʻrsatish harakati (Ispaniya, 1936—39; Fransiya, 1939—45)ning faol arbobiga aylanadi, fashizmning mohiyatini fosh etuvchi asarlar yaratdi: "General Frankoning orzu va yolgʻonlari" turkum asarlari (akvatinta, 1937); P.ning joʻshqin usuli eng yuqori choʻqqisiga yetgan "Gernika" pannosi (1937, Zamonaviy sanʼat muzeyi, Nyu-Yorkda) va boshqa 1940-yillar 2yarmidan P. ijodi rang-barang: dastgoxli rangtasvir, haykal-taroshlik, kulollik, ayniqsa, grafikada turkum asarlar yaratdi ("Inson komediyasi" turkumi, 1953—54 va boshqalar). P.ning ilgʻor insonparvarlik karashlari uning asarlarida ("Tinchlik ka-butari", tush, 1947; "Tinchlik" va "Urush" namoyonlari, 1952, Vallorisdagi "Tinchlik ibodatxonasi" kapella-sida va boshqalar) oʻz ifodasini topdi. P. ijodi 20-a.asr ijodkorlariga kuchli taʼsir koʻrsatgan. P. Xalqaro tinchlik muko-foti (1950) va boshqa mukofotlar laureati.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Biografiya ==
197 605

ta tahrir