Paleolit: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: y.da → yilda, va b. → va boshqa using AWB |
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 5 y. → 5 yil (2), mil. av. → miloddan avvalgi, -a.ni → -asrni using AWB |
||
Qator 1:
'''Paleolit''' (paleo... va lot. "lithos" — tosh) — qad. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: P. — kadimgi va neolit — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari P.ning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davo-mida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan. 20-
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
Qator 11:
Oʻrta P. davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arharlar va boshqa hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib, tomini hayvon terilari bilan yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta P. davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan. Oʻrta Osiyoda 50 dan ortiq oʻrta tosh davrining yodgorliklari topilib, oʻrganildi. Oʻzbekistonda ular Toshkent viloya-tida Obirahmat, Xoʻjakent, Paltov, Koʻlbuloq; Samarqand viloyatida Omon-qoʻton, Qoʻtirbuloq, Zirabuloq, Xoʻjamazgil; Navoiyda Uchtut degan joylarda tekshirilgan. Hatto Surxondaryoning Boysun tumanida Teshiktosh unguridan oʻrta P. davriga tegishli 8-9 yashar bolaning qabri topilgan. Bu, shubhasiz, fan olamida jiddiy kashfiyot edi. Oʻrta P. davrida ming yilliklar osha erishilgan hayotiy yutuqlar urugʻdoshlik jamoasi va uning ilk madaniyatini shakllanishiga asos boʻlgan.
Yuqori P.
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.
|