Paleozoy eratemasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: P.e. → {{subst:FULLPAGENAME}} (17), P. e. → {{subst:FULLPAGENAME}}, va b. → va boshqa (2) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 7 y. → 7 yil using AWB
Qator 1:
'''Paleozoy eratemasi''' (ERASI), paleozoy (paleo... va yun. zoe—hayot) — Yer geologik tarixining 3-erasi (q. [[Geoxronologiya]]). Radiologik tekshirishlarga koʻra, Paleozoy eratemasi 560—570 mln. yil avval boshlanib, 310—320 mln. yil davom etgan. 1837 y.yil ingliz geologi A. Sejvik ajratgan. Hozir Paleozoy eratemasi kembriy, ordovik, silur, devon, toshkoʻmir va perm davrlariga boʻlingan.
 
Yuqori tokembriy davridan bir oz oldin kuchli burmalanish natijasida platforma (Sharqiy Yevropa, Sibir, Xitoy-Koreya, Jan. Xitoy, Shim. Amerika, Braziliya, Afrika, Hindiston platformalari) va geosinklinallar shakllangan. Vaqtvaqti bilan platformalarni suv bosib, sayoz dengizlar paydo boʻlgan. Dengiz ostida uncha kalin boʻlmagan turli tarkibli choʻkindilar toʻplangan. Platformalarning chekkalari tomon choʻkindilarning qalinligi ortib borgan. Geosinklinallar platformalarga nisbatan serharakat boʻlgan. Ularda koʻp miqdorda vulkan va kremniyli jinslar toʻplangan. Paleozoy eratemasida kaledon va gersin burmalanishi boʻlib oʻtgan. Shu davrda togʻlar paydo boʻlib, koʻpgina qizgʻish molasslar hosil boʻlgan. Gersin burmalanishi natijasida Markaziy Yevropa, Ural, Appalachi va boshqa togʻ sistemalari qad. koʻtargan. Buyuk Gondvana qurukligi Jan. yarim shar platformalarini egallagan. Shim. yarim sharda Paleozoy eratemasining 2yarmida Sibir platformasi va unga yondosh togʻ tizmalarini oʻz ichiga olgan ulkan Angarida boʻlgan.