Paragvay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: q.x. → qishloq xoʻjaligi (2), t-ra → temperatura, T. y. → {{subst:FULLPAGENAME}}, Mayd. → Maydoni, y.da → yilda (17), va b. → va boshqa (7) using AWB
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh. → shahri (2), 2 y. → 2 yil (22), -a.lar → -asrlar (12), i.ch. → ishlab chiqarish (2) using AWB
Qator 1:
{{Maʼnolari|Paragvay (maʼnolari)}}
{{Paragvay_info}}
'''Paragvay''' (Paragvay Respublikasi) poytaxti — [[Asunción]] shahri. [[BMT]] aʼzosi. Paragvay (Paraguay), Paragvay Respublikasi (Republika de Paraguay) — Jan. Amerikaning markaziy qismida joylashgan davlat. Maydoni 406,8 ming km². Aholisi 5,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Asunson sh.shahri Maʼmuriy jiqatdan 19 departament (departamento) va poytaxt okrugiga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
P. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992 y.yil 21 iyunda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1999 yildan Luis Gonsales Makki), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y.yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy kongress (2 palatali parlament — senat va deputatlar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Yevropaliklar 1527 y.yil mamlakatga kelishidan avval bu yerda guarani indeyslari yashagan. 1535 i. P. Ispaniya mustamlakasiga aylantirildi. Mahalliy aholi qirib tashlandi, qolganlar qul qilindi. 17—18-a.lardaasrlarda iyezuitlar davlati mavjud boʻldi. Ispaniya mustamlakalarining mustaqillik yoʻlidagi urushi natijasida P. 1811 y.yil mustaqillikka erishdi va respublika deb eʼlon qilindi, mamlakatda inqilobiy xunta hukmronlik qila boshladi. 1842 yilda qullik bekor qilindi. 1844 yilda birinchi konstitutsiya qabul etildi. 1864—70 yillarda P. hududining yarmini Argentina va Braziliya bosib oldi. Yirik latifundiya egalari bilan harbiylar Milliy respublikachilar uyushmasi ("Kolorado")ga birlashdi. P. 1-jahon urushida betaraf turdi. 2-jahon urushida ham betaraflik eʼlon qilsada, Germaniyaga koʻmaklashdi, urushdan keyin nemis har-biy jinoyatchilariga boshpana berdi. Urush davrida yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi, davlat savdo floti tashkil topdi. P. 1945 y.yil fevralda Germaniya va Yaponiyaga urush eʼlon qildi.Urushdan keyin mamlakatda ketmaket davlat toʻntarishi boʻlib turdi va 1954— 89 yillarda A. Stresner (1954—89 yillarda prezident) harbiy politsiyachilar dik-taturasi hukm surdi. 90-yillardan fuqarolar hukumati qokimiyatni idora kila boshladi. P. — 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan 2001 y.yil avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 may — Mustaqillik kuni (1811).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Liberal partiya, 1961 y.yil anʼanaviy liberal partiya parchalanganidan keyin tuzilgan; Liberal-radikal partiya, 1961 y.yil tashkil etilgan: Milliy respublikachilar uyushmasi — "Kolorado" partiyasi, 1887 y.yil asos solingan; P. kommunistik partiyasi, 1928 y.yil tuzilgan; Haqiqiy liberal-radikal partiya, 1977 y.yil tashkil etilgan; Inqilobiy febrero partiyasi, 1951 y.yil fevralda Febrero (fevralchilar) partiyasi nomi bilan tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1965 y.yil asos solingan. Mehnatkashlar birlashgan kasaba uyushma markazi, 1980 y.yil tuzilgan; P. mehnatkashlar konfederatsiyasi, 1951 y.yil tashkil etilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 25:
Mamlakat hududining chorak qismidan qishloq xoʻjaligida foydalaniladi, shundan salkam 90% oʻtloq va yaylov, 10% ekinzor. Yaylov chorvachiligi gusht yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, qoʻy va ot boqiladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajoʻxo-ri, maniok, sholi, bugʻdoy, batat, sha-karqamish, loviya, sitrus mevalar va boshqa Eksport uchun tamaki, choy, paxta, kofe, tung yongʻogʻi, soya yetishtiriladi. Tokzorlar bor. Tropik yogʻochlar tayyorlanadi.
 
Sanoati zaif. Yetakchi tarmoklari: qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash, oziqovqat sanoati (kushxonalar), yogʻochsozlik, toʻqimachilik, koʻn-poyab-zal, oshlovchi kebracho ekstrakti, sement i.ch.ishlab chiqarish va boshqa Neftni qayta ishlash, oʻsimlik moylari, kand-shakar i.ch.ishlab chiqarish korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 2,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qili-nadi. Tuz va ohaktosh qazib olinadi. Xorijiy kompaniyalar yordamida neft va uran konlari oʻrganila boshladi. Mamlakat tashqi savdo yuklarining deyarli hammasi Parana va Paragvay daryolari orqali tashiladi. Eng katta porti — Asunson. Paragvay uzunligi — 1,5 ming km ga yaqin, avtomobil yoʻllari uz. 25,7 ming km. P. chetga goʻsht va goʻsht mahsulotlari, paxta, neft va neft ekstrakti, yogʻoch, tung moyi va boshqa chiqa-radi, chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, transport vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa oladi. Braziliya, Argentina, Germaniya, AQSH bilan savdo qiladi. Pul birligi — guarani.
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Maorif tizimida boshlangʻich maktabning 3 y.likyillik, 5 y.likyillik, 6 y.likyillik turlari bor. Oʻrta mak-tab (oʻqish muddati 6 y.yil) ikkita 3 y.likyillik bosqichdan iborat. Hunar-texnika oʻquv yurtlari boshlangʻich maktab va 1-bos-qich oʻrta maktab negizida ishlaydi. P.da 21 oliy oʻquv yurti bor, yiriklari: Asunsondagi Milliy universitet (1890 y.yil asos solingan), "Nuestra Senora de la Asunson" katolik universiteti (1960). Davlat ilmiy muassasalari: Atom energiyasi milliy komissiyasi (1965), Botanika bogʻi (1914), Harbiy geografiya instituti (topografiya haritalari), Guarani tili madaniyati akademiyasi (1975); xususiy ilmiy muassasalari: P. ilmiy jamiyati (1921), P. pediatriya va bolalar gigiyenasi instituti (1928), P. tarixiy tadqiqot instituti (1937) va boshqa Asunsonda Milliy kutubxona, Nafis sanʼat va kad. yodgorliklar milliy mu-zeyi, Tabiiy tarix va etn. muzeyi bor.
 
Matbuoti, radioeshittirishi va te-lekoʻrsatuvi. P.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: "A Be Se kolor" (kundalik gaz., 1967 yildan), "Adelan-te!" ("Olgʻa!", oylik gaz., 1942 yildan), "Voye de trabaxo" ("Mehnat sasi", 2 qaftada 1 marta chikadigan jur.), "Dia" ("Kun", kundalik gaz.), "Notisias" ("Yangiliklar", 1844 yildan), "Patria" ("Vatan", kundalik gaz., 1946 yildan), "Perspektivas" ("Istiqbollar", jur., 1986 yildan), "Popular" ("Xalq gazetasi", kundalik gaz.), "Progreso" ("Taraqqiyot"), "Pueblo" ("Xalq", haftanoma, 1964 yildan), "Ultima ora"("Soʻnggi soat", kundalik kechki gaz., 1977 yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Radio va televideniye kanallari tijorat asosida ishlaydi.
 
Adabiyoti ispan va guarani tillarida. Mustamlaka davrida yozma adabiyot deyarli boʻlmagan, guarani indeyslarining boy ogʻzaki ijodi rivojlangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan keyingina P. adabiyoti sheʼriyatdan boshlandi. Birinchi romantik shoir N. M. Talaver (1839—67) vatanparvarlik ruhidagi sheʼrlari bilan adabiyot maydoniga chikdi, milliy madhiya ham uning qalamiga mansub. 20-a.asr boshlarida maʼrifatparvarlik gʻoyalari keng tarqaldi, bu sohada M. Dominges, S. Baes kabi yozuvchilar, X. E. O’Liri, M. Ortis Gerrero kabi shoirlarning asarlari diqqatga sazovor. Shoir X. Korrea milliy dramaturgiyaga asos soldi ("Baxtsizlarning zorligi" pyesasi). 20-a.asr 2yarmidan badiiy proza ravnaqtopa boshladi. A. Roa Bastosningoʻz xalqi taqsirini tasvirlovchi hikoyalar toʻplami va "Inson farzandi" romani (1960) P. adabiyotini yuqori po-gʻonaga koʻtardi. Ijtimoiy nizolarni mifologik motivlar orkali tasvirlovchi bu asar jahon adabiyoti xazina-siga munosib hissa boʻlib qoʻshildi. Mamlakatda harbiy-politsiya diktatu-rasi davrida koʻpgina yozuvchilar chet ellarda yashab, ijod qilishga majbur boʻldi. 90-yillardan P. adabiyoti yanajonlana boshladi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
P. aholisi qadimdan somonli xom gʻisht, loy va qamishdan qurilgan kulbalarda yashab kelgan. Mustamlaka davrida barpo etilgan mustahkam manzilgoxlarda yogʻoch va xom gʻishtdan ibodatxona, ustaxona, bozor, lashkargoxlar qurilgan, ularning atrofida indeyslarning kulbalari joylashtirilgan. 17—18-a.lardaasrlarda hashamatli cherkovlar barpo etiddi. 1840—65 yillarda P. poytaxti — Asunson sh.shahri qayta re-jalashtirilib, yevropacha uslubda qurildi. P. mustaqillikka erishgach, yirik shaharlarda saroy va jamoat binolari klassitsizm va italyan uygʻonish davri uslublarida tiklandi, gʻisht va toshdan 2—3 qavatli turar joylar kurila boshladi. Keyingi yillarda AQSH va Braziliya meʼmorlari ishtirokida jamoat majmualari, sanoat inshootlari va uy-joylar zamonaviy binokorlik materiallaridan qurildi.
 
P. hududida qad. zamonlarda yashagan indeys qabilalari ovchilik, baliq ovlash, dehqonchilik bilan shugʻullangan va guldor sopol idishlar yasash, badanga naqsh solish, kashtali kiyimlar tikish sanʼatini rivojlantirgan. Indeys kulbalarida yoshlarga naqshinkorlik va oʻymakorlik sirlari oʻrgatilgan.
 
19-a.asr oʻrtalarida rassomlik maktabi vujudga keldi, ilk mahalliy rassomlar (manzarachi S. Rios, portretchi A. Garsia) xalq hayotini va mamlakat tabiatini aks ettiruvchi asarlar yaratdilar. 20-a.daasrda rassom P. Alborno, haykaltarosh V. Polyarolo, fafik X. dela Erreriya va boshqa sanʼatkorlar ijodida mamlakat tarixi, manzaralari va xalq anʼanalari ifodalab berildi. AQSH va Yevropa sanʼati taʼsirida shaklbozlik, avangardizm oqimlari ham tarqaldi. Hunarmandchilikda badiiy toʻr toʻqish, choyshabga gul, kush, jonivorlar tasvirini tushirish, naqqoshlik, kulollik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, kumush va mis taqinchoqlar yasash sanʼati rivojlangan. Indeyslarning sopol idishlarni qolipaki naqshlash, qush patidan turli bezaklar ishlash sanʼati hamon saqlanib qolgan.
 
== Musiqasi ==
Indeyslarning musiqa janrlari xilma-xil: marosim va meqnat qoʻshiklari, davra oʻyin aytishuvlari, tarixiy aytimlar va ishqiy la-parlar, taronalar va h.k. Fleyta (mim-bi), va hushtak turlari, suyak va yogʻoch trubalar, baraban, shaqildoq kabi chol-gʻular ommalashgan.. Paragvayliklar musiqasi butun Lotin Amerikasidagi kreol musiqasi bilan mushtarak boʻlishiga qaramay, milliy oʻziga xos tomonlari bor (qoʻshiq janrlari — kanson va guaraniya; cholgʻu asboblari — gitara va arfa). Professional musiqa 19-a.danasrdan rivojlana boshladi. 20-a.daasrda konsert faoliyati urf boʻldi. 19a. oxiri — 20-a.asr boshlarida dastlabki musika muassasalari, jamiyatlari, uyushmalari tashkil etildi. Kompozitorlar ora-sida R. Ximenes, E. Ximenes, X. A. Flopec, X. K, Moreno Gonsalesni koʻrsatish mumkin. Asunsonda musiqa bilim yurti, xususiy musiqa maktablari bor.
 
== Teatri ==
Dastlabki teatr tomoshalari 16-a.asr oʻrtalarida koʻrsatildi. Mustamlaka davrida, asosan, diniy mazmundagi asarlar sahnalashtirildi. Milliy teatr sanʼati 19-a.asr oʻrtalaridan rivojlana boshladi. 1858 y.yil Asunsonda teatr binosi qurildi. 20-a.daasrda poytaxtda "Granados", "Nasonal", "Independyente" teatrlari, A. Sunye rahbarligidagi P. drama va komediya truppasi ishladi. Shu davrda guarani teatri ham rivojlandi. X. Korrea bilan bir qatorda F. M. Barrios, R. Senturion Miranda, X. Pla kabi dramaturglarning asarlari, E. Baes, E. Reysofer kabi aktyorlarning ijrosi tomoshabinlarga manzur.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->